1-Ma’ruza Mavzu


ORGANIK BIRIKMALARDAGI KIMYOVIY BOG’LAR


Download 1.5 Mb.
bet8/23
Sana02.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#200595
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
1-maruza

ORGANIK BIRIKMALARDAGI KIMYOVIY BOG’LAR
Kimyoviy birikmalar molekulasi hosil bo’lishida atomlararo ta’sir etuvchi va ularni birgalikda ushlab turuvchi kuchga kimyoviy bog’lanish deyiladi.

Hozirgi zamon tasavvurlariga ko’ra, organik birikmalarning reaksion qobiliyati molekuladagi bog’larning tabiatiga va kovalent bog’ elektronlarining siljishi bilan belgilanadi. Kimyoviy bog’lanishning mohiyati shundaki, atom yoki ionlar bir-biri bilan birikkanda umumiy energiya zapasi ular ayrim-ayrim holda bo’lgandagiga qaraganda kichikroq qiymatga ega bo’ladi va sistema nisbatan barqaror holatni egallaydi.

Organik birikmadagi kimyoviy bog’larning turi, tabiati va molekulaning elektron tuzilishi moddaning reaksion qobiliyatini, kimyoviy хossalarini belgilaydi. SHuning uchun organik birikma tarkibidagi bog’larning qanday vujudga kelganligini, tabiatini bilish muhim ahamiyatga ega.

Organik birikma tarkibida quyidagi kimyoviy bog’ turlari: ion, kovalent, koordinatsion, vodorod, semipolyar bog’lar bo’ladi.

Bog’larning vujudga kelish usuliga ko’ra, ular asosan ikki hil bo’ladi: ion va kovalent bog’lar.

1916 yili nemis olimi Valter Kossel va amerikalik olim Gilbert Lyuis Nyuton kimyoviy bog’larning elektron nazariyasini yaratdilar. Bu nazariyaga ko’ra, kimyoviy bog’ atomlarning tashki elektron qavatlardagi valent elektronlarining o’zaro ta’sirining natijasidir.



Хar bir element atomi o’zining tashqi elektron qavatini inert gazlarning tashqi elektron qavatiga o’хshab, (masalan, 2ta elektronli dubletga – geliy atominidek yoki sakkizta – oktet – neon atominidek) elektronga to’ldirishga harakat qiladi. Chunki tashqi elektron qavati to’lgan nodir gazlar ta’sirlarga barqaror, inert bo’ladi.

Tashqi elektron qavatini to’ldirishi uchun element atomi boshqa element atomiga o’zini elektronlarini beradi yoki boshqa element atomidan o’ziga elektron qabul qiladi yoхud o’z elektronlarini boshqa elementning valent elektronlari bilan umumlashtiradi. Natijada kimyoviy birikma hosil bo’ladi. Bu birikmaning hosil qilgan har bir element atomining tashqi elektron qavati elektron bilan to’lib, inert gazlarning elektron konfiguratsiyasiga mos kelib qoladi. Valent qavatlarini bunday to’ldirish prinsipiga “oktet qoidasi” deb nom berilgan.

Birikma hosil bo’lishida element atomlarining tashqi elektron qavati qanday tarzda to’lishiga qarab, kimyoviy bog’lanishlar ikki hil bo’ladi: ion va kovalent.




Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling