1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Maxsus ko‘rinishdagi kompleks tekshirish


Download 2.43 Mb.
bet141/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Maxsus ko‘rinishdagi kompleks tekshirish. Buning yordamida turli fanlarni o‘rganish jarayonida bilim, ko‘nikmalarni amaliy xarakterdagi muammo (vazifalar)ni hal etishda o‘quvchilarni qobiliyatlarini aniqlash maqsadida tashhis qilinadi. Ushbu tekshirishning bosh vazifasi - fanlararo, mavzulararo bog‘liqlikni sifat jihatidan amalga oshirilganligini tashhis qilishdan iborat. Kompleks tekshirishning amaliy mezoni bo‘lib, o‘quvchilarning voqea-hodisa, jarayonlarni o‘zi o‘rgangan barcha fanlarni, qo‘shimcha manbaalarga tayangan holda izohlab, tushuntirib bera olish qobiliyati bilan xarakterlanadi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonida o‘quvchining bilimlarini o‘zlashtirganlik darajasini tashhislash kompleks tarzda, mantiqiy asoslangan - mavjud me’zonlarga asoslanib, amalga oshirish, ta’lim jarayonini barcha sohalarini loyihalashda va ularni dasturlashda alohida ahamiyat kasb etadi.


Nazorat savollari

  1. O‘qitishning qanday usullari mavjud?

  2. Tasviriy ko‘rgazmalilik usulini tushuntiring.

  3. O‘z-o‘zini nazorat qilish deganda nimani tushunasiz?

  4. Og‘zaki bayon qilish usulini tushuntiring?

TARBIYA NAZARIYASI
5-AMALIY MASHG’ULOT TARBIYA JARAYONI MOHIYATI VA MAZMUNI
BOLALAR TARBIYA JAMOASI VA YAGONA PEDAGOGIK JARAYONNING ASOSIY SHAKLI. TARBIYANING UMUMIY METODLARI
Reja

  1. 1.Tarbiya jarayoning moxiyati va vazifalari

  2. Tarbiya jarayoning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni.

  3. Tarbiya jarayonida o‘qituvchi faoliyatining xususiyatlari

  4. Zamonaviy milliy tarbiya mazmuni xalq pedagogikasi asosida

        1. Sinf jamoasi.

  5. Jamoani rivojlanish bosqichlari.

  6. O‘quvchilar jamoasini tarbiyalash

  7. Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning

  8. ustunligi qoidasi.

  9. Tarbiyada o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish qoidasi.

  10. Tarbiyada izchillik, tizimlilik tarbiyaviy ta’sirlarning uyg‘unligi va uzluksizligi qoidasi.



Ta’limiy maqsad: Tarbiyaning mohiyati, uning qonun-qonuniyatlari, metod va vositalarini ilmiy asoslash.
Tarbiyaviy maqsad: O‘zbek xalq pedagogikasi, sharq mutafakkirlarining fikrlari, milliy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlar tarbiya metodologiyasi.
Rivojlantiruvchi maqsad: Ijtimoiy xayotdagi tarbiya mezonlarini tarbiyaviy jarayonlarda tadbiq etilishi.

Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, u tarbiyaviy jarayonning mazmuni, metodi va tashkil etilishi masalalarini o‘rganadi. Jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti o‘sib kelayotgan barkamol avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmokda.


Tarbiya nazariyasi O‘rta Osiyo faylasuflarining tarbiya haqidagi fikrlariga va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya fanlari ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog‘langandir.
Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo‘lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo‘ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi.
Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko‘rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir - biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi.
Tarbiya aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e’tiqodli, dili pok, ruhi komil, har tomonlama ma’naviy rivojlangan, vatanparvar, baynalminal, insonparvar barkamol shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Tarbiya mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, milliy an’analar va mintaqalararo xususiyatlarni hisobga olgan holda olib boriladi.
Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, xarakteri, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi.
Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda o‘zlashtiradi: bu o‘zlashtirishda uning ongli harakati, tirishqoqligi ahamiyatga ega bo‘ladi. Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilimni o‘zlashtira olmaydilar. Bolaning ¸shi ulgayib borgan sari bu faollik tobora ko‘prq mustaqillik xususiyatlariga ega bo‘lib boradi: tarbiyalanuvchilar o‘zlarida dun¸qarashni tarkib toptirishga, o‘z- o‘zini takomillashtirish, tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga hamda idrok etilgan narsalarga tanqidiy munosabatda bo‘lishga ko‘nika boradilar.
Hamma davrlarning ilg‘or kishilari tarbiyaga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, Avaz O‘tar, Hamza, Abdulla Avloniy inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb bildilar.
Tarbiya jarayonida kattalar, tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar jamoasi o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat o‘zaro tushunish, ishonch, hamkorlik asosida qurilishi lozim.
Maktab butun tarbiya ishini hayot bilan ko‘nikib, o‘quvchilarga o‘tmish, tarix, san’at haqidagi ma’lumotlarni chuqur o‘rgatishi, xalq pedagogikasi asosida ish yuritishi, buyuk allomalarning farzand tarbiyasi borasidagi pedagogik qarashlari, inson ruhini chuqur urganib, sharqona urf-odatlar, an’analar asosida ¸shlarga mehnat malakasini singdirishi lozim.
2. TARBIYA JARAYONINING QONUNIYATLARI.
Tarbiya o‘z ishida nimalarga intilishi kerak, ko‘zlangan natijalarga erishmoq uchun qanday harakat qilish lozim? Bu pedagogikaning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Tarbiyaning maqsadini pedagoglar ham, ota-onalar ham yaxshi bilishlari lozim.
Umumta’lim maktablarida tarbiyaning asosiy maqsadi sifatida shaxsning har tomonlama kamolotga erishuvi asos qilib olinadi. SHaxsning har tomonlama kamolotga erishuvi, bu uning ayrim qirralari yoki hislatlarining to‘laqonligi, jismoniy, axloqiy, siyosiy, estetik qarashlari yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
Tarbiya moddiy boyliklarni ishlab chiqarish metodiga, jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga, siyosiy tizimga, mafkuraga bog‘liqdir.
Tarbiyaning shaxs rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi uning muhim qonuniyati hisoblanadi.
SHaxsning rivojlanishi tarbiyaning sifatiga bog‘liqdir. Ayni chog‘da tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari shaxsning rivojlanish darajasiga bog‘liq. Tarbiya jarayoni murakkabdir. SHuning uchun ham u tarbiyachidan bolaning ruhiy holati, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olib, mehribonlik bilan yondoshishni talab qiladi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchi shaxsini daqqat bilan o‘rganishi, ularni tushunishi, hurmat qilishi lozim.
Tarbiyalanuvchilarning hayotiy faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali, maqsadga muvofiq va ularning munosabatlari oqilona tashkil qilinar ekan, tarbiya jarayoni shunchalik samarali amalga oshiriladi.
Insonni uning atrofini qurshab turgan vositalar: oila, ota-onasi, maktab, do‘stlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar tarbiyalaydi. Shaxsning rivojlanishi va shakllanish jarayonini boshqarib borishi kerak. Shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor berish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish lozim.
Shunga ahamiyat berish lozimki, amalda tarbiyaviy jarayon umumxalq ishi va uzluksiz bo‘lsin, barcha yoshdagi bolalarni qamrab olsin, turli ijtimoiy, jamoat va davlat institutlari va muassasalarining shaxs kamolotini shakllantirish borasidagi harakatlari mujassamlashishi ta’minlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligi e’tiborda tutilishi zarur.
Tarbiya muayyan maqsad bilan rejali ravishda amalga oshiriladigan davomli ishdir.
Yosh avlodga har bir tarixiy davrdagi jamiyatning o‘ziga xos ishlab chiqarish metodi va ijtimoiy munosabatlarga muvofiq tarbiya beriladi. Bu tarbiyaning asosiy qonuniyatidir.
Tarbiya jamiyat hayoti bilan bog‘liq, jamiyat o‘zgarib rivojlanishi bilan tarbiya ham o‘zgarib, rivojlanib boradi.
Tarbiya jarayoni hayotiy, amaliy xususiyat kasb etmog‘i lozim. Tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari; pedagoglar, ota- onalar, jamoatchilik, yoshlar tashkilotlari va mehnat jamoatlari- hamma kasbiy-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari lozim.

3. TARBIYA QOIDALARI.


Tarbiya qoidasi- pedagog ta’lim va tarbiya jara¸nini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar bo‘lib hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari Sharq va O‘rta Osiyo faylasuf-donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya qoidalari mustaqil xarakterga ega bo‘lib, u tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda bu tamoyillarga rioya qilish uning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi.
Tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, metodlari va ularga qo‘yiladigan talablar shu qoidalari o‘z ifodasini topadi.
Tarbiyaning mohiyati, mazmuni, qoidalari mamlakatimizda yangicha iqtisodiy munosabat sharoitlarining o‘zgarganligi sababli kengayib bormoqda.
Tarbiyaviy jarayonni yaxshilash, uni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun deyarli barcha qoidalarni, metodlarni, g‘oyalarni qaytadan ko‘rib chiqishimiz, bola shaxsiga e’tiborni qaratishimiz, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanishimiz zarur.
Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarlik va demokratiya, hayot bilan, mehnat bilan bog‘liqligi, tarbiyada ilmiy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi, tarbiyada o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning birligi va uzluksizligi qoidalari va boshqalar.

Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling