1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi qoidasi
Download 2.43 Mb.
|
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi.
Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi qoidasi.
Tarbiyaning asosiy maqsadi, har tomonlama ma’naviy rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. SHunga ko‘ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va metodlari shu maqsadga erishishni ko‘zda tutadi. Umumiy ta’lim maktabining asosiy vazifasi-shaxsning aqliy, axloqiy, his-tuyg‘uli va jismoniy rivojlanishi, qobiliyatlarini har tomonlama kamol toptirish uchun imkoni boricha qulay sharoitlar yaratishdan iborat. SHuningdek, o‘quvchilarda milliy g‘urur va milliy axloq odobni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko‘zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Ko‘pincha bir necha maqsad va vazifa birdaniga bajariladi, bu esa ko‘pincha o‘quvchilar jamoasini aqliy va axloqiy o‘sishini ta’minlaydi. Maqsadga intilish va maqsad bir xil narsa emas. Yaxshi bir maqsad izhor qilingan bo‘lsada, ammo bu maqsadni amalga oshirish uchun hech qanday ish qilinmagan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun aniq ravshan maqsadni amalga oshirishga harakat qilish lozim. Shaxsning shakllanish manfaatlari har bir pedagogik tadbirni tarbiyani umumiy maqsadlari bilan ko‘nikishni, uni rejali tarzda va qat’iy suratda amalga oshirishga harakat qilishni talab etadi. ¨shlarda jamiyatimiz g‘oyalarining kuchiga ishontirish, yangi jamiyatni barpo etishda o‘z hissalarini qo‘shishga, ijtimoiy-foydali mehnatda bevosita ishtirok etishga intilishni rag‘batlantirish juda muhimdir. Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganlik qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko‘ra bilishga yordam beradi. Har bir tarbiyaviy tadbir oldindan puxta o‘ylangan, muayyan maqsadni amalga oshirishga buysindirilgan bo‘lsa, uning g‘oyaviy-siyosiy darajasini ko‘taradi, tanlangan metod va vositalar maqsadga muvofiq keladi, ularning tarbiyaviy ta’siri yuqori bo‘ladi. Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi. Umumiy ta’lim maktabi yangi pedagogik tafakkur egasi, munosib shaxs o‘z ishining ustasi bo‘lgan o‘qituvchiga muhtoj. O‘qituvchining bilim saviyasi, ma’naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotga eltuvchi etakchi omillardan biridir. O‘qituvchi yurish-turishi, xatti-harakati, qiyinishi, muomalasi bilan o‘quvchi qalbiga kirishi, uni ezgulik sari yo‘naltirish kerak. Tarbiyani insonparvarlashtirish-bu maktabning, o‘qituvchi-tarbiyachilarning bola tomon yuz burishlari, uning shaxsini hurmat qilish uchun mumkin kadar etarli sharoitlar yaratib berish, turli yosh bosqichlari ruhiy-fiziologik mustaqillikni hisobga olish demakdir. Maktabda ruhiy xizmatdan foydalanish bolalar kayfiyatini, qiziqishini, intilishini va qobiliyatlarini aniqlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga ijodiy yondoshishga imkon beradi. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob «Qur’oni karim», «Hadis»i sharifdan foydalanish juda muhim. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk», YUsuf Xos Hojibning «Qobusnoma», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar»i, Sa’diy Sheroziyning «Guliston va Bo‘ston», Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan maktabda o‘quvchilarga gumanitar-ijtimoiy fanlardan ta’lim berishda tarbiyaga ko‘proq e’tibor berish lozim. Ayniqsa, hozirgi sharoitda O‘zbekiston tarixi, adabiyoti, madaniyati va boshqalarni o‘qitish jarayonida bevosita tarbiyaga oid bo‘lgan milliy ma’naviyatga, milliy ruh, urf-odat va shuningdek umumbashariy qadriyatlarga alohida urg‘u berish zarur. O‘qituvchi o‘quvchi qalbiga yo‘l topish uchun bilimi va ishi bilangina emas, ayni paytda odob-axloq, madaniyati, rostgo‘ylik va shirinsuxanligi bilan namuna bo‘lishi lozim. SHundagina o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida haqiqiy do‘stona munosabat qaror topadi. YAxshi o‘qituvchi o‘quvchilarning so‘zini daqqat bilan tinglaydi, ularga dalda beradi, tinchlantiradi, to‘g‘ri baho qo‘yadi, hammani teng ko‘radi, bolalarni sevadi. Tarbiyani demokratiyalash–bu ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan shaxsning ehtiyoj va qiziqishlarini yuqori qo‘yish, demakdir. Bu tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasida o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoa omilini kiritish demakdir. SHaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish lozim. Maktab osoyishtalik, insonga mehr-muhabbat beshigi bo‘lishi lozim. Download 2.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling