5.Tashhis va nazorat qilish prinsiplari.
O‘quvchilarning o‘zlashtirganlik darajasini tashhis qilish va nazorat qilishni muhim prinsiplari bo‘lib ob’ektivlik, sitsemalilik, ko‘rsatmalilik hisoblanadi.
A) Obyektivlik prinsipi. U ilmiy asoslangan tashhisli testlar mazmuni (topshiriq, savollar), tashhisli jarayon, barcha o‘quvchilar bilan teng, do‘stona munosabatlar bilim, ko‘nikmalarni baholash aniq, adekvativ tarzda belgilangan munosabatlar, bilim ko‘nikmalarni baholash aniq, adekvativ tarzda belgilangan baholash mezonlarida o‘z ifodasini topadi. Tashhisning ob’ektivligi amalda qo‘yilgan baholar, nazorat qilishning metod va vositalari hamda pedagogdan qat’iy nazar, tashhisni amalga oshirish maqsadini belgilaydi.
B) Sitsemalilik prinsipi. Ushbu prinsip zamirida tashhisli nazorat didatik jarayonlarning barcha bosqichlarida bilimni idrok qilishdan boshlab uni amaliy qo‘llashgacha bo‘lgan tizimda amalga oshirilishi kerak. Sitsemalilik o‘quvchilarni mazkur o‘quv muassasasiga kelganining birinchi kunidan, to uni bitirib ketguniga qadar doimiy tashhis qilishni talab etadi. Maktab nazorati o‘quvchi nimani bilishi va uddalashi zarur bo‘lgan muhim bilim va ko‘nikmalarni ma’lum oraliqda amalga oshirishni taqozo etadi. Sitsemalilik prinsipi tashhis o‘tkazishga kompleks yondashishni taqozo etadi, ya’ni nazorat qilishning turli shakl, metod va vositalari, tekshirish, baholash o‘zaro bog‘liq holda bitta maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi.
V) Ko‘rsatmalilik prinsipi (yoki oshkoralik prinsipi). Mazkur prinsip barcha o‘quvchilarni bir xil va mavjud me’zon asosida oshkoralikka asoslangan holda sinovdan o‘tkazishni taqozo etadi. Tashhis jarayonida belgilangan har bir o‘quvchining reytingi ko‘rgazmali, oshkoralik, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik yoki ko‘rsatmalilik bahoni e’lon qilish va tahlil etishni talab etadi.
Baho - bu o‘quvchiga bo‘lgan talablar etaloni haqida fikr yuritish, pedagog ob’ektivliliga baho berish imkonini beruvchi mo‘ljal deb hisoblash mumkin.
Ushbu prinsipni zaruriy sharti, tashhis natijalarini qiziqqan insonlarga e’lon qilish, muhokama va tahlilni o‘tkazish va shu asosda kamchiliklarni tugatishning kelajak rejalarini ishlab chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |