Fuqaro va oila kodeksi. Unda oila huquqining yoritilishi


Download 21.59 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi21.59 Kb.
#1344992
Bog'liq
FUQARO VA OILA KODEKSI. UNDA OILA HUQUQINING YORITILISHI


FUQARO VA OILA KODEKSI. UNDA OILA HUQUQINING YORITILISHI
Reja:

1.Oila huquqi tushuncha va predmeti


2.Oila huquqi asoslari
3.Oila huquqi.Uning manbalari va prinsiplari.
4.Oila tushunchasi.Oila a’zolarining majburiyatlari
Adabiyotlar

Oila yuridik tushuncha sifatida-shunchaki odamlarning o’zaro er-hotin yoki qarindoshlik rishtalari bilan mustahkamlangan guruhi emas, balki qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarga ega bo’lgan shaxslar guruhidir. Binobarin,oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlar oila huquqi normalari bilan belgilangan bo’lib,ular oilaviy-huquqit munosabatlar deyiladi.


Oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy qununiy hujjatlar quyidagilar: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqorolik kodeksi, Oila kodeksi va munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlar. O’zbekiston Respublikasining yangi Oila kodeksi 1998 yil 30 aprelda qa’bul qilingan.
Oila huquqi sohasida halqaro shartnomalar va halqaro huquq ham oila qonunchiligining manbai bo’lib hisoblanadi.Fuqorolarnning O’zbekiston Respublikasining oila qonunchiligida nazarda tutilgan huquqlari, erkinliklari, manfatlari va albatta,majburiyatlari tarkibiga kiradi:
Er-hotin (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari;
Ota-onaning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari tva majburiyatlari;
Nikoh tuzishga teng huquqlar;
Voyaga yetmagan bolalarning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari;
Ota- onalar va bolalar er-hotin va sobiq er-hotin,qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari;
Nikoh tugatilish asoslari (OK 37-m);
Er-hotinning umumiy mol-mulkka egalik qilish, foydalanish, va uni tasarruf etish huquqlari;
Nikoh shartnomasini tuzishda er-hotinniing huquqlari va majburiyatlari;
Farzandlikka olish tartibi;
Bolaning huquqi va manfatini himoya qilish bo’yicha ota-onaning huquq va majburiyatlari;
Ota-onaning tarbiyalash hamda unga ta’lim berishga doir huquq va majburiyatlari;
Ota-onaning huquqidan mahrum qilish asoslari va tartibi(Ok 79,80-m);
Vasiylik va xomiylikka murojat etish huquqi;
Yuqorida sanab otilgan oila huquqlari, manfaatlari va majburiyatlari shular bilan cheklanmaydi.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish instituti oilaviy huquqiy munosabatlarda alohida o’rin tutadi.
Shunday qilib, oilaviy huquqiy munosabatlar deganda, fuqoralar o’rtasida bo’ladigan va oilaviy huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
Har qanday boshqa munosabatlarda bo’lganidek, oilaviy huquqiy munosabatlarda quyidagi uch element mavjud:
-subekti;
-subektiv huquq va majburiyatlar;
Oilaviy huquqiy munosabatlarning subekti bo’lib er-hotin, ota-ona, bolalar, vasiylar va homiylar, boshqa qarindosh urug’larhamda oila qonunchiligi soxasida u yoki bu munosabatlarni hal etishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar, fuqorolar uyishmasi, muassasalar, o’rganlar, ijtimoiy birlashmalar hisoblanadi.
Oila a’zolariga yoki oilaning sobiq a’zolarida tegishli, qonun bilan himoya qilinadigan axloqiy va moddiy qadiryatlar yuzasida oila huquqi subektlari qabul qiladigan harakat va qarorlar oilaviy huquqiy munosabatlarning obektlari bo’lishi mumkin;
Bir-biriga nisabatan uyzaga kelgan muommolarni hal qilish jarayonida oilaviy huquqiy munosabatlarning subektlariga ega bo’lgan huquq va majburiyatlarning yig’indisi huquqiy subektlardir.
Ma’lumki ibtidoiy jamoa tzumidan boshlab nikoh munosabatlari mavjud. Ilk davrda odamlar bilar-bilmas er-hotin, farzand tuyg’ularini his qilib, bir-birlari orasida burchlarini ham bajarar edilar. Avvalo, bu munisabatlar “guruh nikoh”, keyinchalik “juft nikoh”deb ataladi. Jamiyatda inson ongi rivoj topgan sari nikoh munosabatlarida ham o’zgarishlar yuzaga keldi. Jamiyatdagi urug’chilik davri-onalik davridan patriarxat-otalik davriga o’ta boshladi.Bu davrga kelib erkaklar o’z hotiniga, ulardan tug’ilgan farzandlarga, topilgan daromadiga o’zi ega bo’lishi tuyg’usi vujudga keldi. Bu davr sivilizatsiya deb atalib yakka nikoh monogamiyaning kelib chiqishiga asos soladi. Shunday qilib, nikoh munosabattidagi o’zgarishlar, oilada ham ulkan o’zgarish tug’dirdi.
Urug’chilik davrida ham,bugun ham oilaviy munosabatdagilarning asosiy maqsadi bir-birlariga yordam berish,tarbiyalash,g’amxo’rlik qilsh hysusiyatlari bilan bog’liq bo’lib, bu tashkilotda eng yaqin insonlar birlashadi. Ma’lumki, kishi oilada rivojlanadi,kamol topadi.Mustaqil Respublikamiz kelajagiga o’z hissasini qo’shadigan shaxs eng avvalo oilada tarbiyalanadi. Oila, nikohdailarning o’rtasida ahillik bo’lsagina,mustahkam bo’la oladi. Shuning uchun nikph nima, qanday tuziladi, jamiyatimizda uning o’rnini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Oila bu ota-ona,er-hotin,farzand va qarindosh-urug’lardan tuzilgan uyushma bo’lib,oila a’zolari o’rtasida mulkiy va shaxsiy huquq,majburiyatlarni vujudga keltiradi. Oila, davlat himoyasidadir.
Oilaning davlatimizning kelajagidagi o’rniga keng baho berib,asosiy qonun Konstitutsiyaning “jamiyat va shaxs” bobida oila jamiyatning asosiy bo’g’ini ekanligi,u davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega ekanligi tasdiqlangan.
Oila munosabatlari “O’zbakiston Respublikasi oila kodeksi”bilan tartibga solinadi.Bu munosabatlarni nikoh,er-hotin, ota-ona, farzandlar, oilaning boshqa a’zolari o’rtasidagi munosabatlardir.
Oila qonunlarning asosiy vazifalari oilani mustahkamlashdan,oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat,ishonch va hurmat,hamjihatlik,bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ullik hissi asosida ko’rishdan,biron bir shaxsning oila masalalariga o’z boshimchalik bilan aralashishga yo’l qo’ymaslik,oila a’zolari o’z huquqlarini to’sqinliksiz amalga oshirishni hamda bu huquqlarnig himoya qilishdan iboratdir.
Oila bu- jamiyatning bir bo’lagi,kichik bir vatan,insoniy muhabbat ifodasi,insonni dunyoga keltiradigan makon,ilk tarbiya o’chog’I yurt boyligi va tayanchi,mehr-muhabbat ramzi.bu barcha fuqorolardan o’z oilasini mustahkamlash, uning har bir a’zosini vatanparvar,davlatimiz uchun sidqidildan xizmat etuvchi,sodiq farzand qilib tarbiyalashni talab qiladi.
Oila-jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida vujudga keladigan ichtimoiy hodisa bo’lib, u muayyan ijtimoiy munosabatlarni o’zida aks ettiradi.Respublika Prezident I.A.Karimov takidlaganidek:”Oila-bu jamiyatning asosi va boshlang’ich zarrachasidir.Oila farovonligi,bolalarni ma’naviy va jismoniy jihatdan sog’lom qilib tarbiyalash mamlakat boyligining va kuch-qudratining negizidir”.
Respublikamizda oilaning jamiyatdagi tutgan o’rni va ishtirokini yanada oshirish oilaning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy ma’naviy-axloqiy manfatlarini va farovonligini davlat tomonidan qo’llab-quvatlashni kuchaytirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Ma’lumki,1998-yil”Oila yili”deb e’lon qilindi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oila manfatlarini taminlash borasida 1998-yilda amalga oshiriladigan tadbirlar borasida davlat dastiri tasdiqlandi.Shunigdek 1998-yil 2-fevraldagi qarori bilan Respublika “oila” ilmiy-amaliy markaziy tashkil etildi.Mustaqil O’zbekistonimiz 1995-yil 6-martda “Onalikni muhofaza qilish to’g’risida”gi Konvebsiya qo’shildi.
Davlat tomonidan oilalarga kun sayin g’amxo’rlik qilsh unga har taraflama yordam berish insonparvar demokratik davlatning muhim vazifalaridan biriga aylangandir.Oilaning davlat muhofazasida ekanligi Respublikamiz Prezidentimizning farmonlari o’z asini topmoqda.Prezidentning 1990-yil 3-maydagi Farmoni “Ko’p bolali oilalarga nafaqa miqdorini ko’paytirish to’g’risida”deb nomlangan edi.
Yurtboshimiz I.A.Karimov bu borada:”eng muhim vazifa xalqchilik,adolatparvar jamiyatni vujudga keltirish.Bu jamiyatb poydevirini, ens avvalo,boy va badavlat, mehnat qadrini biladigan,ma’naviy sog’lom hamda madaniy saviyasi baland minglab milllionlab oilalar tashkil etildi” degan edi.
Oila to’g’risidagi qonunlar davlat tomobnida izga solinishi talab etiladigan munisabatlarni tartibga solib turadi.Bu munosabatlar nikoh tuzish tartibi va shartnomalarni belgilaydi; oilada er-hotin o’rtasida ota-onalar (farzandlikga oluvchilar) bolalar, oilaning boshqa a’zolari o’rtasida paydo bo’ladigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga solib turadi; boshqalarning bolalarni o’ziga farzand qilib olish;vasiylikga olish; homiylik qilsh; bolalarni o’z tarbiyasiga olish munosabati bilan vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solib turadi; nikohni bekor qilish tartibi shartlarini belgilaydi; fuqorolik holati to’g’risidagi hujjatlarni ro’yhatdan o’tkazish qoidalarini belgilaydi.
Oila huquqi boshqa huquq sohalaridan farq qiluvchi hususiyatlarga qaramay fuqorolik huquqi bilan chambarchast bog’liqligini sezish mumkin. Bu farqlar quyidagilardan iborat:
-Oilaviy munosabatlar fuqorolik huquqiga xos bo’lmagan yuridik faktlardan (nikoh, qarndoshlik, onalik, otalik, farzandlikga olish va boshqalardan vujudga keladi;)
-Oilaviy munosabatlar fuqorolik huquqidan farqli o’laroq, ko’proq shaxsiy-huquqiy mohiyatga ega.
-Oliaviy huquq subektlaring huquq va majburiyatlari begonalashtirilmaydigan, yangi boshqalarga topshirib bo’lmaydigan huquq va majburiyatlardan iborat.
Olia huquqi predmeti-oilaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarni tashkil etadi.
Nikoh,qarindoshlik,bolalarni oilaga tarbiyaga olish kabilardan yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlardan iborat bo’lib oila huquqi inson va fuqorolarning fuqorolik huquqining normalari bilan tartibga solinadi.
Oila huquqining manbalari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi:
-O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi (1998-yil 30-aprelda №607-1sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan va 1998-yil 1-sentabrdan boshlab kuchga kiritilgan);
O’zbekiston Respublikasining fuqorolik kodeksi.
-O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qa’bul qilingan oila huquqiga oid qonunlar;
-O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig oila huquqiga oid farmon va farmoyishlar qarorlar:
-O’zbekiston Respublikasi hukumatning normative huquqiy hujjatlari;
-Xalqaro huquq normalari kabilar hisoblanadi.
Oila- jamiyatning tabiiy va asosiy bo’g’inidir. Har bir oila, har bir fuqoro tinch-hotirjam va tokin-sochin yashasa, davlatimiz obod, boy bo’ladi, gullab yashaydi.
Davlatimizni harakatda bir oila deb tushunish mumkin. Bundan o’zaro hurmat va tartib-intizom bo’lmasa,oiling barcha a’zolaro o’z burchlarini ado etmas, bir-birida nisbatan mehr-oqibat ba ezgulik ko’rsatmasa, hotirjam va munosib tarizda yashash mumkin emas. Oila o’zinig ko’p arslik mustahkam va ma’naviy tayanchlarga ega bo’lib, turmush vijdon qonunlari asosida quriladi. Oilada kishilarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. Xalqimizning aksaryat qismi o’zining shaxsiy farovonligidan jo’ra oilasining omon-esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa oily darajadagi qadriyat, inson qalbining gavharidir.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi 1992-yil 2-iyul qonunida ham oiladagi ta’lim masalasiga alohida e’tibor berilgan. Uning 16-moddasida qayd etilganidek, ota-onalar va oilaning boshqa a’zolari shaxsning jismoniy, ma’naviy kamoloti va aql zakovato rivojlanishiga g’amxo’rlik qilshlari lozim.
Ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchilar bolaning ma’lumotini oilada oilsh uchun imkoniyat yaratib berishga haqlidir. Bunday hollarda o’quvchilar ota-onalar yoki ularni o’rnini bosuvchi shaxslar bilan ta’lim muassasasi Ta’lim boshqaruvchi tegishli idoralar o’rtasida shartnoma tuzilib, unda bola, oila va jamiyatning manfatlarini hisobga olgan holda tomonlarnong huquqiy, iqtisodiy va boshqa majburiyatlarina belgilab qo’yiladi.
Oilada ta’lim olayotgaqn shaxslar tegishli atstatsitadan o’tkach ta’limning istalgan bosqichidan boshlab ta’lim muassasasida o’qishni davom ettirishga haqlidir.
Davlat oiladagi ta’limga yordam ko’rsatsadi. Tegishli davlat muassasalari tomonidan qonunlarda belgilangan tartibda metodik deagnostik maslahat yordamlari beriladi. Qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda oilaga koppensiyatsiya to’lanishi mumkin. Mamlakatimizda qa’bul qilingan ko’pchilik qonunchilik hujatlarida oila, farzand tarbiyasi masalalariga katta etibor beriladi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O’zbekiston Respublikasida yoshlariga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi 1991-yil 20-noyabr 16-moddasida fuqorolar va yosh oilalarga ijtimoiy omtiozlar chunonchi:yakka tartibga uy qurush uchun yer ajratish, uy joy sotib olish,uy joy qurush, kopirativlarga a’zo bo’lish uchun pay badallari to’lash, ro’zg’or buyumlari (shu jumladan chorvo mollari), uzoq muddat foydalanadigan kundalik uy jihojlari sotib olish, tijorat sosida amal qiladigan o’quv yurtlarida ta’lom olish uchun hqa to’lash va boshqa maqsadlarga amal qiladigan uzoq muddatli kreditlar beriladi. Yoshlarga kreditlar banklar tomonidan kam foiz sharti bilan belgilab “O’zbekiston Respublikasida qonunlarida belgilangan imtiyozli tartibda tuziladi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasinig 63-moddasida takidlanganidek, ”Oila jamiyatning asosoy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huququga ega”. Asosiy qonunimizda belgilangan ijtimoiy tuzum yangi jamiyat bilan oila o’rtasida uzviy aloqodorlik mavjud. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan barcha prinsiplar va qoidalar, oila hayoti oilaviy munosabatlari ularni tartibga spladigan boshqa nornativ huquqiy hujjatlar Oila Kodeksining mazmuni va tabiatini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Oilaning davlat muhofazasida bo’lishi haqidagi qoida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida keltirilganidek, davlatlar zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalardan biri hisoblanib keng ma’noga ega bunda oilani jamiyatninh tabiiy va asosiy quyi bo’g’ini sifatida ulug’lanadi.Bolalarga ta’lim tarbiya berish,onalar va mehnatga layoqatsiz oila a’zolariga zarur moddiy imtiyozlar yarating hamda oilani mustahkamlash borasida muhim bo’lgan boshqa masalalar nazarda tutiladi.
Oila huquqi- Fuqorolik huquqi fanining ajralmas qismi hisoblanib,u asosan erkak va ayol o’rtasida nikoh tuzish tartibi va shartlari,er-hotinning mulkiy va mulkiy bo’lmagan shaxsiy munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlari nikohning tugatilishi va uning haqiqiy hisablanmaslik oqibatlari, asoslari va tartibi, qon-qarindoshlik va farzandlarning nasl-nasabini belgilash qoidalari, ota-onalar hamda farzandlarning shaxsiy va no’mulkiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlari farzandlikga olish,vasiylik va homiylik belgilash qoidalari va shu kabi boshqa bir munosabatlarni tartibga soladi.
Oila huquqining asosiy manbai hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-aprel qarori bilan qa’bul qilindi va 1998-yil 1-sentabrdan kuchga kiritildi. O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi 8-bo’lim, 30-bob, 238ta moddadan iborat. O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksiga O’zbekiston Qonunchiligi uchun yangilik bo’lgan nikoh shartnomasi, qon-qarindosnlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash,alimentlar to’lash to’g’risida kelishish bolalarning oiladagi huquqlari va ota-onalarni moddiy taminlash to’g’risidagi majburiyatlar hamda ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlash majburiyatlari,ota-ona qamrog’dan mahrum bo’lgan bolalarning huquq va manfatlarini himoya qilish va shunga o’xsgasg muhim yangi qoidalar kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksing qa’bul qilishni bilan oila munosabatlarining huququy tartibga solinishi O’zbekiston Respublikasining Konstitrusiyasi va boshqa qonunlari, yangi fuqorolik kodeksi bilan muvofiqlashtirildi shuningdek, Oila Kodeksi O’zbekiston Respublikasi Oily Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilingan BMTning “Bola huquqlari to’g’risida”gi BMT Konvensiyasi ba boshqa xalqaro huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan qoidalar bilan boyitiladi. Shu bilan birga Oila kodeksining chet el fuqorolari ishtirokida vujudga keladigan oila munosabatlarini tartibga solish bag’ishlangan qoidalari O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan yoki rativikatsiya qilgan xalqaro bitimlar va konvensiyalar hisobga olingan holda ishlab chiqildi.
Oilaga g’amxo’rlik qilish,unga har taraflama moddiy yordam berish insonparvar huquqiy davlatning muhim vazifalaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 1998-yilni Oila yili, 1999-yil Ayollar yili 2000-yil Sog’lom Avlod yili 2001-yilini Onalar va bolalar yili deb e’lon qilinishi bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Olia jamiyatning o’ziga xos ijtimoiy muassasasidir.Oilaning bu hususiyati birinchi galda unin g jamiyat manfatlari bilan bog’liqligida hamda ijtimoiy vazifalarda ifodalanadi.
Oilaning umumiy(ijtimoiy)va mahsus(yuridik)tushunchasi mavjud.
Ijtimoiy ma’noda oila kishilarning nikohga,qarindoshlikga,bolalarni tarbiyalash uchun qa’bul qilishga,umumiy hayot maqsad,o’zaro g’amxo’rlikga asoslangan ittifoqdan iboratdir oilaviy ittifoqda kishilar o’rtasida axloqiy,pisixalogik,jismoniy va maishiy xo’jolik aloqalari yuz berib ular hayotda va oila maqsadlarda umumiylikni vujudga keltiradi.Oilaviy ittifoq mahsus va shu bilan birga murakkab ijtimoiy munosabatlardan tashkil topadi. Odatda, oilaning vujudga kelishi nikoh asasida bo’ladi, shu bois oilada bola tug’ilmagan bo’lsa ham nikoh munosabating o’zi yoq oilani tashkil etadi. Oilada er-hotin bilan bir qatorda bolalarning ham bo’lishi tipik oilani vujudga keltiradi. Ota-onani va bolalar har taraflama jipislashgan oila birligini hosil qiladi. Ular o’rtasida juda yaqin oilaviy munosabatlar bo’ladi. Bu shaxslar oilaning yadrosini tashkil etadi. O’zining ijtimoyi mazmuniga qarab oila, odatda, uch o’zaro aloqadagi ijtimoyi guruh, uning asasi sifatida nikoh, nikohning natijasi sifatida farzandlardan tashkil topadi. Tipik oilaviy munosabatlardan tashkari bolali yolg’iz ona va uning farzandi boshqa qarindoshlar o’rtasidagi munosabatlar, ayrim holarda esa tug’ishmaganlar o’rtasidagi (farzandlikka olganlar) munosabatlar ham oilaviy munosabatlarni tashkil etadi.
Huquqiy ma’noda oila-yuridik alaqadir. Oilaviy munosabatlardagi yuridik harakter huquqiy no’rmalar bilan oila a’zolarining hulqiga ta’sir etadi, oilani jamiyat hohlagan asasida rivojlantirishga yordam beradi. Yuridik faqat sifatida qilgan nikoh va yaqin qarindoshlik oilaviy-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishida muhim huquqiy asas bo’ladi. Maxsus huquqiy adabiyotda huquqshunos olimlar tamonidan oilaga tariff berilgan. Inson parvar huquqiy davlatdagi oilaga quydagicha tariff berish mumkin: Oila jamiyatning tabiiy va asasiy bo’g’ini bo’lib yuridik ma’noda nikoh, qarindoshlik, farzandlika olish yoki boshqa shakillarda bolalarda doimiy tarbiyaga oilishga kelib chiqqan tegishli huquq va majburiyatlar bilan bog’langan shaxslar doirasidan iborat. Milliy mustaqillik mafkurasiga, umuminsoniy qadiriyatlar va sharqona an’analariga asaslangan oilaviy munosabatlarni rivojlantirib uni mustahkamlashga qaratilgan fuqorolar ittifoqida iborat.
Oilaviy munosabatlar aksariyat hollarda axloqiy no’rmalar bilan tartibga solinadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar nikoh va oila doirasidagina aniq ijtimoyi munosabatlarni nikoh va oila qonunchilik nuqtayiy nazardan tadbiq etishdir. Oilaviy-huquqiy munosabatlar davomli huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Bu hususiyat huquqiy munosabatning maqsadlari bilan belgilanadi. Nikohdan maqsad oila qurish bo’lib, u er-hotinning butun umri davomida birga yashashga mo’ljallanadi. Ota-onalik huquqiy munosabati bolalarning tarbiyasi va taminotiga qaratilad. Oilaviy huquqiy munosabatlar ko’pincha muddatsiz bo’ladi. Er-hotinning huquq va majburiyatlari nikohdan ajralish holatini hisobga olmaganda butun umr davom etadi. Ayni paytda shunday oilaviy huquqiy munosabatlar ham mavjudkiy, ular ma’lum muddat bilan cheklanadi, biroq belgilangan davirgacha albbatda davom etadi. Masalan, ota-onalarning o’z bolalarini tarbiyalash majburiyatlari farzand 18 yoshga to’lgunga qadar davom etadi. Qonunchilik, oilaviy-huquqiy munosabatlarni huquqiy munosabatlarning mahsus turi deb hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi bilan huquqiy jihatdan tartibga solinadigan munosabatlar ikki turga bo’linadi:shaxsiy va mulkiy munosabatlar. Shaxsiy munosabatlar- qiz bilan nikohga kirayatgan familiya tanlash, turmush davrida esa kasb, mashg’ulot va turar-joy tanlash huquqlari, shuningdek, bolalarni farzandlikka olish, vasiylik va homiylik masalalari yuzasida kelib chiqadigan munosabatlardan iborat. Bu sohada qonunlar oilaviy munosabatlarda er-hotinning huquqiy tengligi, bolalarni to’g’ri tarbiyalash, oilada to’g’ri sharoit yaratish kabilardan iborat. Mulkiy munosabatlar- er-hotinning shaxsiy va umumiy mulk huquqidan, aliment majburiyatlardan kelib chiqadigan, ota-onalari bilan bolalari shuningdek, boshqa qarindosh-urug’larning bir-biriga moddiy ta’minot berish majburiyatlaridan, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik masalalaridan kelib chiqadigan mulkiy harakterga ega bo’lgan munosabatlardan iborat.
Foydanilgan adabiyotlar ro’yhati.

1. O’zbekiston Respublikasi qonunchilik asoslari-Xrestomatiya T Toshlent”Adolat”.


2. O’zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi-Toshkent”Adolat” 3. Fuqarolik va oila huquqi. T.Xolmoo’minov. N.S.Narmatov N.A.Qo’ldoshev.
4. O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga sharxlar. Toshkent”adolat”.
5.www.ziyonet.uz
Download 21.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling