1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


O‘quvchilar bilimini tashhis etishning maqsad va vazifalari


Download 2.43 Mb.
bet48/171
Sana02.06.2024
Hajmi2.43 Mb.
#1835579
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   171
Bog'liq
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

1. O‘quvchilar bilimini tashhis etishning maqsad va vazifalari. Zamonaviy ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning aqliy salohiyatini o‘rganish va ularni bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yish, nazorat qilish, tahlil etish, qayta aloqa tufayli ularning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash va u orqali keyingi ta’lim jarayonlarini loyihalash aloxida axamiyat kasb etadi. Bu jarayonlar esa o‘z navbatida ta’lim sifatini yangilashga imkon yaratadi. Ta’lim sifati - bu “ta’lim oluvchi-ta’lim beruvchi” darajasida muntazam ravishdagi o‘lchamlar asosida ta’lim beruvchi va oluvchining o‘zaro munosabatini, ta’lim oluvchilar faoliyati ta’lim natijalarining ta’lim-tarbiyasiga mosligini belgilovchi ko‘rsatkichdir. SHunga ko‘ra ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi va oluvchilar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar tizimini yaratish va shu asosida o‘quvchi bilish faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Mavjud aniq ma’lumotlar tizimi yoki ta’lim sifati monitoringi - bu ta’lim jarayoni va uning rivojlanishini uzluksiz ravishda nazorat qilish, baholash va tashhisli-loyihali kuzatib borishga imkon beruvchi ilmiy asoslangan metoddir.
Ushbu metodning maqsadi, rejalashtirilgan vaqtda ta’lim oluvchi bilim, ko‘nikma va malakalarini sifatini qat’iy belgilash va qayd etib borish, amalda bo‘lgan DTS talablari bilan taqqoslashdan iborat bo‘lib uning vazifalari axborot almashish, bashorat qilish, nazorat qilish, baholash, o‘zgartirishlar kiritish; tashhisli-loyihali bashorat qilishdan iborat. Bu o‘rinda mazkur vazifalar ikki tomonlama xarakter kasb etadi, ya’ni ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi faoliyatlarida bir xilda ahamiyatga ega. SHu jihatdan olib qaralganda biz o‘rganmoqchi bo‘lgan mavzu – ta’lim jarayonini tashhis qilish - pedagogika fanining muhim bo‘limi sifatida ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari, natijalarining sifati va samaradorligini, pedagog xodimlarning kasbiy tayyorgarliklarini ularning, bilim, ko‘nikma malaka va metodlarini, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishlari va tarbiyalanganlik darajasini har tomonlama o‘rganish, tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish, baholash va kelgusi faoliyatlarini loyihalash yuzasidan aniq tavsiyalar berishdan iborat.



Download 2.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling