1-ma’ruza metrologiyaning asosiy tushunchalari reja
Download 14.26 Kb.
|
1-ma’ruza metrologiyaning asosiy tushunchalari reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metrologiya va texnikaviy o‘lchovlar. Umumiy tushunchalar
1-MA’RUZAMETROLOGIYANING ASOSIY TUSHUNCHALARI REJA:Metrologiya va texnikaviy o‘lchovlar. Umumiy tushunchalar. 2.Metrologiyaning xalq xo‘jaligidagi roli. O‘lchovlar turlari. O‘lchov vositalarining metrologik tavsifnomalari. 5.O‘lchovlarning aniqligi va xatoligi. Metrologiya va texnikaviy o‘lchovlar. Umumiy tushunchalarInsoniyat ko‘p asrlardan beri o‘zining atrof-tevaragidagi moddiy olamni miqdoriy jihatdan tavsiflash, tabiatda mavjud bo‘lgan qonuniyatlarni ochish, narsalar bilan voqea-hodisalarning bog‘lanishini aniqlashga harakat qilib keladi va buni o‘lchovlar yordamida amalga oshiradi. Insonning har qanday aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati moddiy resurslarning hisobga olinishi uchun xizmat qiladigan ilmiy bilimlarning negizi bo‘lib hisoblanadigan o‘lchovlarsiz, mahsulotlarning talab qilinadigan sifatini, detallar va uzellarning o‘zaro almashinuvini, texnologiyalarning takomillashtirilishini, ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi, standartlashtirish, odamlar salomatligining muhofaza qilinishini va mehnatning xavfsizligini ta’minlamasdan amalga oshirilishi mumkin emas. Metrologiyaning asoschisi D.I.Mendeleev o‘lchovlarning roli to‘g‘risida shunday degan edi: «Fan o‘lchov boshlangan paytdan boshlab boshlanadi». Angliyadagi metrologiya asoschisi Tomson shunday deb yozgan edi: «Har qanday buyum faqat uni o‘lchab bo‘ladigan darajadagina ma’lum bo‘ladi». Mashhur rus olimi metrologiya to‘g‘risida yana shunday bir fikrni bildirgan: «O‘lchash san’ati tabiat qonunlarining qa’riga kirib borish va uni insonning hukmronligiga bo‘ysundirish uchun odamzotning tafakkuri tomonidan yaratilgan qudratli qurol hisoblanadi». Metrologiya nuqtai nazaridan olganda o‘lchov nima degani? O‘lchov (ГОСТ-16263-70) - bu jismoniy miqdor mohiyatining maxsus texnika vositalari yordamida tajriba yo‘li bilan topilishidir. Download 14.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling