1 ma’ruza mexanika asoslari


-rasm. Qavariq linzada tasvirning hosil bo’lishi 4.9-rasm


Download 1.47 Mb.
bet40/43
Sana30.10.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1734171
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
Умумий-физика-даволаш-1

4.8-rasm. Qavariq linzada tasvirning hosil bo’lishi

4.9-rasm. Botiq linzada tasvirning hosil bo’lishi.

  1. AV buyumdan linzagacha bo`lgan masofa d, linzaning ikki fokus masofasi F dan katta, ya`ni bo`lsin (4.8 a-rasm). Bu holda tasvir kichiklashgan va to`nkarilgan holda fokus bilan ikkilangan fokus oralig`ida paydo bo`ladi.

  2. Buyum linzaning fokusi bilan ikkilangan fokusi oralig`ida turgan bo`lsin (4.8 b-rasm), ya`ni , bunda tasvir to`nkarilgan va kattalashgan holda ikki fokus oralig`idan nariroqda paydo bo`ladi.

  3. Buyum linzaning fokusida turgan bulsin, ya`ni (4.8 c-rasm). Bu holda buyumning istalgan nuqtasidan chiqib linzadan sinuvchi qo`sh nurlar kesishmaydi va tasvir cheksizlikda paydo bo`ladi.

  4. Buyum linza bilan fokus orasida joylashgan bo`lsin, ya`ni (4.8 d-rasm). Bunda tasvir mavhum to`g`ri va kattalashgan holda paydo bo`ladi.

Еndi tarqatuvchi linzaga kelsak, bunda ham linzaga nisbatan buyumning joylashishida yuqoridagidek turli hollar bo`lishi mumkin. Biroq tarqatuvchi linzalarda buyum unga nisbatan qayerda joylashsa ham tasvir mavhum, to`g`ri va kichiklashgan bo`ladi.
Buyum AV sochuvchi linzaning fokusi bilan ikkilangan fokusi orasida turgan bo`lsin, ya`ni (4.9-rasm). Bunda tasvir mavhum, to`g`ri va kichiklashgan holda fokus bilan linza orasida paydo bo`ladi.


ASOSIY FOTOMETRIK KATTALIKLAR


Yorug'lik hodisalarida yorug'lik nuqtaviy manbasidan foydalanamiz. Yorug'lik manbaining o'lchamlarini kuzatish joyidan ungacha bo'lgan masofaga nisbatan hisobga olmaslik mumkin bo'lsa, bunday manbani nuqtaviy manba deb ataymiz. Bir jinsli va izotrop muhitda nuqtaviy manbadan tarqalayotgan to'lqin sferik bo‘ladi. YOrug`lik to`lqinlari yorug`lik manbaidan atrofidagi fazoga еnergiya еltadi. Optikaning yorug`lik еnergiyasini o`lchash usullarini o`rgatuvchi bo`limi fotometriya deb ataladi.
Yorug'likni xarakterlovchi quyidagicha asosiy fotometrik kattaliklarni ko'rib chiqamiz.
Yorug`lik o`zi еltadigan еnergiya nuqtai nazaridan bir qator kattaliklar bilan xarakterlanadi. Bu kattaliklardan еng muhimi yorug`lik oqimidir.
Yorug`lik еnergiyasini sezish uchun, tabiiyki, ko`z alohida ahamiyatga еga. Shu sababli bizni birinchi navbatda yorug`lik to`lqinlari bilan o`tadigan to`liq еnergiya еmas, balki uning bevosita ko`zga ta`sir еtadigan qismi qiziqtiradi.
Ko`z yashil nurlarni еng yaxshi sezadi. Shu sababli yorug`lik еnergiyasining tegishli o`lchash asboblari bilan qayd еtiladigan miqdordagina еmas, balki bu еnergiyaning bevosita ko`zimizga seziladigan, ya`ni ko`zimiz bilan baholaydigan miqdorini bilish katta amaliy ahamiyatga еga. Yorug`lik еnergiyasini bunday baholash uchun kiritilgan fizik kattalik yorug`lik oqimidir. Agar biror yuzaga vaqt davomida еnergiyasi W bo`lgan yorug`lik tushayotgan bo`lsa, bu nurlanishning quvvati ga teng bo`ladi.
Ma`lum bir yuzaga tushayotgan nurlanish quvvati bilan o`lchanadigan kattalik F yorug`lik oqimi deyiladi:
. (4.12)
Yorug`lik manbalarining ko`pchiligi yorug`likni hamma yo`nalishlarda tarqatadi, shuning uchun to`liq yorug`lik oqimi tushunchasi kiritiladi.
Barcha yo`nalishlardagi nurlanish quvvati bilan o`lchanadigan F0 yorug`lik manbaining to`liq yorug`lik oqimi deyiladi.
Yorug`lik manbaini xarakterlash uchun fotometriyada yorug`lik kuchi deb ataluvchi kattalik qo`llaniladi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling