Mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi psixologik omillar


Download 77.71 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi77.71 Kb.
#1485115
Bog'liq
2-amaliy

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 301- GURUH TALABASI TURSUNBOYEV SUXROBNINGNING PEDAGOGIKA PSIXALOGIYA FANDAN TAYYORLAGAN 2-MUSTAQIL ISHI

  • MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 301- GURUH TALABASI TURSUNBOYEV SUXROBNINGNING PEDAGOGIKA PSIXALOGIYA FANDAN TAYYORLAGAN 2-MUSTAQIL ISHI

Mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi psixologik omillar.

Mehnat unumdorligiga ta`sir etuvchi psixologik omillar

  • Mehnat unumdorligi uning moddiy natijalari va bu natijalarning mehnatkash psixikasiga ta`siri bilan aniqlanadi. Mehnatdan foyda qanchalik ko`p bo`lsa, u shunchalik kuchli ruhlantiradi. Ruhlangan odam tetik va faoldir. U ishda o`zining barcha qobiliyatlaridan maksimal ravishda foydalanadi, uning psixik jarayonlari o`tkirlashgan bo`ladi. Bular o`z navbatida, faoliyatning muvaffaqiyatli bo`lishini ta`minlaydi, yuqori mehnat unumdorligiga erishish imkoniyatini yaratadi. Bunday faol mehnat inson psixikasida mehnat uchun zarur bo`lgan barcha shaxsiy sifatlarni tarkib toptiradi va mustahkamlaydi.

Mehnat unumdorligiga ta`sir etuvchi psixologik omillar quyidagilar:

  • A) ishlab chiqarishdagi ijtimoiy psixologik muhitga;
  • B) ishlab chiqarishdagi tashqi muhit, moddiy sharoit va ish sharoitiga;
  • V) mehnat rejimi, ya`ni mehnat va dam olishning davomiyligiga, intensivligiga, maromliligiga va almashinishiga;
  • G) “jamoa – inson –mashina-muhit”ning o`zaro hamkorlik xususiyatlariga;
  • D) mehnat havfsizligining ta`minlanishiga bog`liq.
  • Muhit – inson psixikasiga ta`sir etadigan barcha narsalardir. Organizmning ichki muhiti hamda tashqi – ijtimoiy va tabiiy muhiti bir – biridan farq qiladi.
  • Mehnat rejimi muammosi kun davomida ish vaqti bilan dam olish vaqti davomiyligiga ko`ra bir-biriga qanday nisbatda bo`lishi mumkinligini aniqlashdan iborat. Mehnat faoliyati jarayonida vujudga keladigan charchash yoki kasbiy toliqish – mehnat psixogigienasining muhim muammosidir.
  • Psixogigiena – psixologiya, gigiena, psixiatriya fanlari uchrashgan joyda turuvchi fan bo`lib, maqsadi – charchashni pasaytirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va asoslash hamda muhitning salbiy ta`siri keltirib chiqaradigan psixopotologiyaning oldini olishdan iborat.

Psixopotologiya – psixikaning kasallanishi.

  • Psixopotologiya – psixikaning kasallanishi.
  • Charchash faoliyat natijasida mehnat qobiliyati vaqtinchalik pasayishining qonuniy jarayonidir. Charchash - faoliyatga normal reaktsiya.
  • Ishga qiziqish tashabbus ko`rsatishga, topshiriqni bajarishning yangi usullarini izlashga da`vat etadi. Bunda ishga layoqatlilik ba`zan pasaymaydi, balki ancha ortadi.

Toliqish va o`ta toliqishning asosiy sababi – mehnat faoliyatining o`zidir. Biroq, ishlab chiqarishda paydo bo`ladigan qo`shimcha omillar tufayli ancha murakkablashishi mumkin. Toliqish va o`ta toliqish uch xil bo`ladi:

  • 1)Jismoniy(o`tin yorish, er ishlari);
  • 2) Aqliy(pedagogik yoki o`quv mehnati );
  • 3) Emotsional(xavfli sharoitlarda ishlash).

Aniq seziladigan toliqish – faqat psixogigiena qoidalari buzilgan hollardagina vujudga keladi.
O`ta og`ir toliqish – bu kasallikdir. Toliqishning juda xarakterli tomoni –kunduzgi uyquchanlik va kechalari uning buzilishidir.

Ish joyi va unga qo`yiladigan psixologik talablar.

  • Mehnatni ilmiy tashkil etish bu mehnatni shunday tashkil qilishdirki, unda muayyan tadbirlar amaliy joriy etilishi uchun oldin mehnat jarayonlari va ularning bajarilish sharoitlari obdon ilmiy tahlil qilinadi, amaliy tadbirlarning o`zi esa hozirgi zamon fani va ilg`or tajribaga asoslanadi. Mehnatni tashkil etishga ilmiy yondashish – ishchilarning mehnat unumdorligini oshirish uchun doim intilish va ishning yangi, eng qulay usullarini qo`llashdir.
  • Ishda yangi eng foydali tomonlarni izlash – fanda nimaiki erishilgan bo`lsa, o`quv va ishlab chiqarish mehnatida qo`llanish va foydalanish, shuningdek, ilmiy metodlardan foydalanib ishlab chiqarishdа ilgari bo`lmagan narsalarni yaratish demakdir.
  • Ergonomika boshqa fanlar ma`lumotlaridan foydalanib hamda jamoa va insonning atrof-muhit bilan o`zaro harakati yuzasidan o`z tekshirishlarini o`tkazib, inson mehnatiga ijobiy va salbiy ta`sir etuvchi barcha omillarni o`rganadi. Mehnat gigienasi tomonidan ishlab chiqilgan mehnatkashlar sog`ligi va ish qobiliyatiga noqulay ta`sir etishi mumkin navbatdagi omillar klassifikatsiyasidan foydalanib, ergonomika bu omillarning zararli ta`sirini yo`qotish yoki pasaytirish imkoniyatlarini izlaydi:

Mehnatni noto`g`ri tashkil etish bilan bog`liq bo`lgan zararlar:

  • 1) ishning haddan ziyod davom etishi;
  • 2) ishning haddan tashhqri intensivligi;
  • 3) mehnatning noratsional rejimi;
  • 4) qomatning uzoq muddat majburan bir holatda bo`lishi;
  • 5) ayrim organlar va sistemalar. Lokomotor apparat, nafas olish organlari, markaziy nerv sistemasi, sezgi a`zolarining zo`riqishi.

Ishlab chiqarish jarayoni bilan bog`liq zararlar:

  • A) Tabiiy omillar.
  • B) Kimyoviy va fizik-kimyoviy omillar.

Tabiiy omillar

  • 1) Noqulay ob-havo sharoitlari; havoning nonormal harorati, nurlanish issiqligi, havo namligining haddan ko`p yoki kam bo`lishi, harorat, nurlanish issiqligi, namgarchilik va havo haroratining noqulay almashinishi;
  • 2) Qisqa to`lqinli ochiq nurlanish, ul’trabinafsha, radioaktiv; nurning haddan tashqari ochiq manbai;
  • 3) Normal havo bosimi (baland, past);
  • 4) Shovqin va titrash.

E`tiboringiz uchun raxmat


Download 77.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling