1 ma’ruza mexanika asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Умумий-физика-даволаш-1
4.10-rasm. Fazoviy burchakning ifodalanishi.
S nuqtada turuvchi nuqtaviy yorug`lik manbaining atrofida markazi shu nuqtada bo`lgan r radiusli shar chizamiz. Unda fikran shunday shar sektori (uchi shar markazida bo`lgan konus) qirqib olaylikki, uning asosi shar sirtida yuzni hosil qilsin. Bu konus sirti bilan chegaralangan fazo fazoviy burchak deb ataladi (4.10-rasm) va u quyidagicha topiladi: . (4. 13) Fazoviy burchak tayanib turgan shar sirtining yuzi kattalik jihatidan shar radiusining kvadratiga teng bo`lsa, ya`ni bo`lsa, fazoviy burchak 1 ga teng bo`ladi va bu burchak steradian (sr) deb ataladi. Sharni to`liq sirti bo`lgani uchun nuqta atrofidagi butun fazoni qamrab oluvchi to`liq fazoviy burchak quyidagicha ifodalanadi: sr. (4.14) Demak, nuqta atrofidagi to`la fazoviy burchak steradianga teng bo`lar еkan. Yorug`lik oqimini bu oqim tarqalayotgan fazoviy burchak kattaligiga nisbati bilan o`lchanadigan kattalikka manbani yorug`lik kuchi deb ataladi: . (4.15) Demak, yorug`lik kuchi 1 steradian fazoviy burchak ichida tarqaladigan yorug`lik oqimi bilan o`lchanadi. Yorug`lik jismga tushib, ularni yoritadi. Yorug`likni baholash uchun yoritilganlik deb ataladigan kattalik kiritilgan. Yorug`lik oqimining o`zi tushayotgan sirt yuziga nisbati bilan o`lchanadigan kattalik yoritilganlik deyiladi. Agar E – yoritilganlik, F – yorug`lik oqimi, S – yoritilayotgan sirt yuzi bo`lsa, u holda ular orasidagi bog`lanish quyidagicha ifodalanadi: (4.16) Bundan, yorug`lik oqimi sirt bo`yicha bir tekis taqsimlanganda yoritilganlik son qiymati jihatdan yuza birligiga tushayotgan yorug`lik oqimiga teng еkan. Mehnat unumini orttirish va ko`zning ko`rish qobiliyatini saqlash uchun, ish joyining yaxshi yoritilgan bo`lishi katta ahamiyatga еga. Quyidagi jadvalda har xil ishlar uchun yoritilganlikni turli mezonlari belgilangan.
Shu vaqtgacha biz nuqtaviy yorug`lik manbalari haqida gapirdik. Biroq, ko`p hollarda yorug`lik manbalari biror o`lchamga еga bo`ladi, ya`ni yoyilgan bo`ladi. Bunday manbalarning shakli va o`lchamlari ko`z bilan ko`rib farq qilinadi. Yoyilgan yorug`lik manbalari uchun yorug`lik kuchi etarli xarakteristika bo`la olmaydi. Shuning uchun qo`shimcha xarakteristikalar – yorqinlik va ravshanlik tushunchalari kiritiladi. Yorug`lik manbaining yuza birligidan barcha yo`nalishlar bo`yicha nurlanayotgan yorug`lik oqimiga son jihatdan teng bo`lgan kattalik yorqinlik deyiladi: , (4.17) bu erda S – manbaning yorug`lik sochayotgan yuzi. Yorug`lik manbalari katta o`lchamli bo`lganda ko`z manba sirtini alohida qismlarining ma`lum yo`nalishdagi nurlanish kuchini ajratadi. Manba sirtining yuza birligidan ma`lum yo`nalishda yuzaga normal ravishda chiqayotgan yorug`lik kuchiga son jihatdan teng bo`lgan kattalik ravshanlik deyiladi: . (4.18) Agar yorug`lik ixtiyoriy yo`nalishda chiqayotgan bo`lsa, ravshanlik quyidagicha ifodalanadi: , (4.19) bu erda – nurlanayotgan sirtga o`tkazilgan normal bilan kuzatish yo`nalishi orasida burchak. Еndi yuqorida ko`rib o`tilgan fotometrik katttaliklarning o`lchov birliklari bilan tanishib chiqaylik. Birliklarning xalqaro SI sistemasida fotometrik kattaliklarning asosyoiy birligi qilib yorug`lik kuchi birligi kandela (lotincha sham) – kd qabul qilingan. Kandela temperaturasi plataning normal bosimdagi qotish tumperaturasi (17690S)ga teng bo`lgan to`la nurlagich kesimining 1/600000 m2 yuzidan bu kesimga perpendikulyar yo`nalishda chiqargan yorug`lik kuchidir. Yorug`lik oqimining birligi qilib lyumen (lm) qabul qilingan. (4.5) formulaga binoan , ya`ni yorug`lik kuchi 1 kandela bo`lgan nuqtaviy manbaning bir steradian fazoviy burchak ichida chiqargan yorug`lik oqimi bir lyumen deyiladi. Agar nuqtaviy manba yorug`likning hamma yo`nalishlari bo`yicha tekis tarqatayotgan bo`lsa, uning to`liq yorug`lik oqimi (4.20) ga teng bo`ladi. Yoritilganlik birligi qilib lyuks (lk) qabul qilingan. Ya`ni 1 m2 sirtga 1 lyumen yorug`lik oqimi normal tushib, tekis taqsimlanganda hosil bo`lgan yoritilganlik 1 lyuks deb ataladi. Yorqinlik ham yoritilganlik o`lchanadigan birliklarda, ya`ni lyukslarda o`lchanadi. Ravshanlik birligi qilib nit (nt) qabul qilingan. (4.8) formulaga asosan u quyidagiga teng: . Buyumlarni yoritilganligi manbaning yorug`lik kuchiga va manbadan yoritilayotgan sirtgacha bo`lgan masofaga bog`liq holda o`zgarar еkan. Yoritilayotgan r radiusli shar bo`lib, uning markazida yorug`lik kuchi I bo`lgan nuqtaviy manba turgan bo`lsin. Bu holda nurlar yoritilayotgan sirtning har qanday еlementiga perpendikulyar bo`ladi. Yorug`lik kuchi I bo`lgan manbaning barcha yo`nalishlar bo`ylab sochayotgan to`liq yorug`lik oqimi bo`ladi. Butun shar sirtining yuzi bu sirtning yoritilganligi quyidagicha bo`ladi: . (4.21) Bu bog`lanish yorilganlikning birinchi qonunini ifodalaydi. Nuqtaviy yorug`lik manbaidan chiqayotgan nurlar sirtga perpendikulyar tushganda sirtning yoritilganligi manbaning yorug`lik kuchiga to`g`ri proportsional va undan yoritilayotgan sirtgacha bo`lgan masofa kvadratiga teskari proportsionaldir. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling