1-ma’ruza moddiy nuqtaning ilgarilanma harakati
Download 152.03 Kb.
|
Anvarova M 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1- rasm. Fazoviy sanoq tizimida moddiy nuqtaning koordinatalari
Ilgarilanma harakat– bu shunday harakatki, unda harakat qilayotgan jism bilan mustahkam bog’langan istalgan to’g’ri chiziq boshlang’ich holatiga nisbatan parallelligini saqlab qoladi.
Aylanma harakat – bu harakatda jismning barcha nuqtalarining harakat traektoriyalari aylanalardan iborat bo’lib, ularning markazi esa aylanish o’qi deb ataladigan to’g’ri chiziqda yotadi. Jismlar harakatini tekshirishda, ularning vaziyatini boshqa, shartli ravishda qo’zg’almas deb qabul qilingan jismning holatiga nisbatan aniqlash kerak. Jismlarning fazodagi vaziyatini aniqlashga imkon beradigan, qo’zg’almas jism bilan bog’langan koordinatalar tizimifazoviy sanoq tizimideb ataladi. Tanlab olingan fazoviy sanoq tizimidagi har bir nuqtaning o’rnini uchta x,y, z koordinatalar orqali ifodalash mumkin (1.1-rasm). 1.1- rasm. Fazoviy sanoq tizimida moddiy nuqtaning koordinatalari Koordinata boshidanA nuqtagacha yo’naltirilgan kesma radius-vektor deb ataladi. Radius- vektor ning koordinatalari x, u, zo’qlardagi proektsiyalaridan iborat, ya’ni: bu yerda, , , koordinata o’qlari bo’ylab yo’nalgan birlik vektorlardir. Agar A moddiy nuqtaning biror sanoq tizimidagi radius - vektori bo’lsa, uning x, y, z koordinatalari t vaqtning funktsiyasi ko’rinishida ifodalanadi: ; ; ;
uch o’lchamli – jismning holati uchta son – koordinatalar bilan to’liq aniqlanadi; izotrop – ajratilgan yo’nalishlar bo’yicha barcha xossalar bir hil va o’zgarmaydi; bir jinsli – barcha nuqtalarida fazoning xususiyatlari bir hil. Vaqt ham fizikaviy kattalik bo’lgani uchun uning miqdoriy qiymatlari ayrim sonlardan iborat bo’ladi. Ammo, uzunlikka o’xshash vaqtning absolyut qiymati yo’q.Vaqt deganda qandaydir vaqt oralig’ini tushunish kerak. Vaqtning tavsiflari: -bir o’lchamli - vaqt o’qini yo’nalishni ko’rsatuvchi strelka bilan ta’minlash mumkin; - bir jinsli - vaqt yo’nalishi o’qidagi barcha nuqtalarda vaqtning xususiyatlari bir xil; - birxil o’tuvchi. Vaqtni amaliy o’lchash usullaridan biri Yerning o’z o’qi atrofidagi aylanishdagi Quyosh sutkasidan iborat.Unga ketgan vaqtning 86400 dan bir ulushi sekunddir. Vaqtni o’lchash usullarining eng anig’i deb Tseziy atomining asosiy holatlariga tegishli ikki energetik sathlar orasini o’tishda elektromagnit nurlanishning 9192631770 marta tebranishiga ketgan vaqt olinadi. Bu vaqt bir sekundga tengdir. Download 152.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling