1-ma’ruza. Moliyaviy rentalar. Tushumlar oqimi. Noregulyar tushumlar oqimi. Moliyaviy rentalar ko’rsatkichlarini kompyuter dasturlari orqali hisoblash. Reja
Download 0.7 Mb.
|
1-ma’ruza. Moliyaviy rentalar. Tushumlar oqimi. Noregulyar tushu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariyma’lumot. Moliyaviy hisob-kitoblarda eng asosiy tushunchalardan biri moliyaviy renta tushunchasidir. Renta
- (vaqt qatori)
1-ma’ruza. Moliyaviy rentalar. Tushumlar oqimi. Noregulyar tushumlar oqimi. Moliyaviy rentalar ko’rsatkichlarini kompyuter dasturlari orqali hisoblash. Reja: Annuitetlarning oshgan qiymati. Annuitetning hozirgi qiymati. Renta hadini aniqlash. Muddatsiz annuitet (abadiy renta). Noregulyar tushumlar oqimi. Moliyaviy rentalar ko’rsatkichlarini kompyuter dasturi orqali hisoblash Nazariyma’lumot. Moliyaviy hisob-kitoblarda eng asosiy tushunchalardan biri moliyaviy renta tushunchasidir. Renta – fransuzcha so’z bolib, orqaga qaytarish, foyda ma’nolarini anglatadi. Shu vaqtgacha biz moliyaviy operatsiyalarda alohida olingan, bir martali to’lovlarni, ya’ni uzoq va qisqa muddatli qarzlar va ularni boshlang’ich va oxirgi oshgan qiymatlarini ko’rdik. Shu bilan birga qarzlarni so’ndirish (qaytarish) nafaqat bir marotaba, balki ko’p marotabali to’lovlar bilan mos ravishda to’lov muddatlari oraliqlarining qandaydir taqsimot ketma-ketligi (vaqt qatori) asosida amalga oshirish ham mumkin. Moliyaviy adabiyotlarda vaqt qatori bo’yicha taqsimlangan to’lov va tushumlarni to’lovlar (tushumlar) oqimi,to’lovlar ketma-ketligiga oqim hadlari deb ataladi. To’lovlar (tushumlar) oqimi barcha mumkin bo’lgan moliyaviy operatsiyalarning ajralmas qismidir. Bunday moliyaviy operatsiyalarga qimmatli qog’ozlarda, moliyaviy tashkilotlarni boshqarishda, investitsion loyihalarni amalga oshirishda, kredit, lizing operatsiyalarida, biznesni, ko’chmas mulkni baholashda, moliyaviy operatsiyalarni muqobil variantlarini tanlashda va hokazolarda duch kelamiz. Oqim hadlari musbat (tushum) yoki manfiy (to’lov) miqdorlar bo’lishi mumkin. Oqim hadlari oralig’idagi vaqt qatori (ketma-ketligi) bir xil yoki har xil taqsimlangan bo’lishi mumkin. To’lov (tushum) oqimining hadlari bir xil ishorali, vaqt oralig’lari teng taqsimlangan, to’lov (tushum) miqdori o’zgarmas bo’lsa, u holda bunday to’lov (tushum) oqimiga moliyaviy renta yoki annuitet (lotincha yillik tushum) deyiladi. Moliyaviy rentalarda quyidagi asosiy kategoriyalardan foydalaniladi: Renta hadi (R) – har bir alohida renta (to’lov, tushum) qiymati; Renta davri (t) – renta hadlari orasidagi vaqt intervali; Renta muddati (n) – moliyaviy rentalarni boshlanishidan oxirgi muddatigacha bo’lgan vaqt, yillarda; p – yillik to’lovlar soni; Foiz stavkasi (r) – tushum (to’lov)ni amalga oshirishda foydalaniladigan stavka (rentani tashkil qiluvchi stavka); m – foizlarni yillik hisobga olishlar soni. Moliyaviy bitimlarning shartlari juda xilma-xilligidan tushumlar (to’lovlar) oqimi ham xilma-xildir. Moliyaviy rentalarni klassifikatsiyalashning asosida har xil sifat alomatlari yotadi: 1. Moliyaviy rentaning davomiylik davriga nisbatan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: yillik renta, ya’ni to’lovlar yilda bir marotaba amalga oshiriladi, renta davri bir yilga teng. shoshilinch (tezkor) renta, bunda renta (tezkor muddatli) davri bir yildan katta ham, kichik ham bo’lishi mumkin (1yilga teng emas). 2. Rentalar foizlarni o’tkazish (hisobga olish) soniga qarab ham farqlanadi: renta har bir yilda bir marotaba hisobga olinadi; renta bir yilda m marotaba hisobga olinadi; renta uzluksiz hisobga olinishi mumkin. 3. Renta to’lov (tushum) qiymati bilan ham farqlanadi: o’zgarmas renta, ya’ni har bir alohida olingan to’lov (tushum) qiymatlari teng, ya’ni teng hadli rentalar; o’zgaruvchan rentalar, ya’ni hadlari teng bo’lmagan rentalar. 4. Renta hadlari soni bo’yicha ham farqlanadi: chekli sondagi hadli rentalar, bu holda renta hadlari soni chekli va avvaldan ma’lum (kelishilgan) bo’ladi; cheksiz hadli rentalar (abadiy renta), bu holda renta hadlarining soni (oxiri) oldindan ma’lum emas. 5. Rentalar to’lash ehtimolligi (kafolatlanganligi) bo’yicha ham farqlanadi: - ishonchli rentalar so’zsiz to’lanadigan, ya’ni hech qanday shartlarga, sharoitlarga bog’liq bo’lmaydi, masalan kreditni so’ndirish; - shartli rentalar: ya’ni qandaydir tasodifiy, favqulotda hodisa ro’y berishiga bog’liq bo’ladi. 6. Rentalar to’lovni to’lash usuliga qarab ham farqlanishi mumkin: - oddiy renta, amaliyotda ko’p uchraydi – bu rentada har bir davrning oxirida to’lov to’lanadi (postnumerando); - to’lovlar renta davrining boshida to’lanadigan rentalar prenumerando deyiladi. Moliyaviy oqimlarning umumlashgan xarakteristkalari quyidagilardan iborat: Oshgan qiymat. To’lov oqimining hozirgi qiymati. Annuitet (lotincha - “yillik tushum”). Postnumerando – to’lov turi, bunda to’lovlar renta muddati oxirida to’lanadi. Prenumerando – to’lov turi, bunda to’lovlar renta muddati boshida to’lanadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling