1-Ma’ruza: Neft va gaz sanoati rivojlanishi tarixi, hozirgi kundagi holati va istiqbollari


Neft beruvchanlikni oshirish hozirgi kunning eng dolzarb muammosi


Download 22.19 Kb.
bet2/3
Sana03.06.2024
Hajmi22.19 Kb.
#1846118
1   2   3
Bog'liq
Ma\'ruza №1

Neft beruvchanlikni oshirish hozirgi kunning eng dolzarb muammosi.
Maqsadimiz hozirgi zamon tehnika va tehnologiyasidan mohirona foydalangan holda uyum va qatlamning neft beruvchanligini oshirishga yerishmoqdir.
Ma'lumki hozirgi kunda qatlam va uyumning neft beruvchanligi ancha pastligicha qolmoqda. Bu masala tahminan 40-50 yil davomida kun tartibida turibdi, chunki 50- yillardan buyon neft beruvchanlikni jiddiy oshirish borasida katta yutuqlarga yerishilgani yo'q. Tavsiya qilingan ba'zi usullar (masalan, mitsillyar yeritmalar bilan neft chiqarib olish) o'zining anchagina qimmatligi bilan hozirgi kundagi talabga javob berolmay turibdi.Neftberuvchanlikni oshirish maqsadida qatlamga suv haydash ham uni 5-10 % gacha oshiradi va uyumda hali ham anchagina neft qolib ketishi kuzatiladi
Neftberuvchanlikni oshirishga qaratilgan jami urinishlar hozirgi kunda jiddiy muvaffaqiyatlarga keng ko'lamda yerishilmayotganligi oldimizdagi muhim muammolardan biri bo'lib qolmoqda.
Asrning o'rtalarida I.M. Gubkinning aytgan quyidagi gaplari hali ham o'z mohiyatini yo'qotganicha yo'g’ u shunday degan edi:
“Hozirgi usullar bilan yyer bag’ridagi neftning yarmidan ortig’ini olishga yerisholmayapmiz.Demakki, yyer bag’rida tahminan 50% neft bo'lgan vaqtda hozirgi zamon neftchilari bu kondan neft olib bo'lingan, deyishadi.Bunday ishlatish tizimini qo'llash vahshiylik emasmiq Kelajak neftchilari bu ahvolga ko'nisharmikanq Albata yo'q. Bugungi kun fan tehnika darajasi yyer bag’rida qolayotgan katta miqdordagi neftni umidsiz yo'qolgan deb qaramaymiz”
Albatta biz bu gaplarga amal qilgan holda qazib olinib, eski hisoblangan konlarni jonlashtirish imkoniyatlarini ahtarishimiz lozim.
Buning uchun yangidan-yangi izlanish va kashfiyotlarni qo'lga kiritishimizni taqozo etadi.
Bugun o'tmoqchi bo'lgan fanimiz, tabiiyki qator geologik va tehnologik fanlar bilan chambarchas bog’langan.Ushbu fan geologik va geofizik fanlar bilan juda uzviy bog’langan, chunki qatlam , uyum, tuzilmaning dastlabki holatlari va ularning tabiiy sharoitlarini o'rganmay, aniq bilmay turib ulardan neft chiqarib olishni tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu ishlarni biz burg’ulash natijasida o'rganamiz. Qatlamdagi suyuqliklar, ularning fizik hossalari, qatlamdagi suyuqlik va gazlarning harakati yyer osti gidravlika va gidrodinamikasi, qatlam fizikasi fanlari bilan chambarchas bog’lanadi.



Download 22.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling