1-Ma’ruza: Neft va gaz sanoati rivojlanishi tarixi, hozirgi kundagi holati va istiqbollari
Download 22.19 Kb.
|
Ma\'ruza №1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch sozlar
1-Ma’ruza: Neft va gaz sanoati rivojlanishi tarixi, hozirgi kundagi holati va istiqbollari. Ma'ruza rejasi 1.1. Hozirgi kunda neft va gazning xalq xo'jaligidagi ahamiyati 1.2. Neft beruvchanlikni oshirish hozirgi kunning eng dolzarb muammosi. 1.3. Neft va gaz sanoati va tabiat muhofazasi. Tayanch so'zlar: Neft beruvchanlik, gazkondensat, gaz beruvchanlik, suvga shimilganlik, suv haydash, uyum, burg’ilash, qatlam fizikasi, gidravlika, gidrodinamika, qatlamni ishlatish, atrof muxit muxofazasi, ochiq fontan va sh.k. Hozirgi kunda neft va gazning xalq ho'jaligidagi ahamiyati Hozirgi kunda dunyo miqyosida neft va gaz yoqilgi enyergetikasining birlamchi manba'lari sifatida 61 %, ya'ni neft 39 % va gaz 22 % tashkil etadi. Bu ko'rsatgich shu darajada katta qadamlar bilan o'sib, ko'mir va boshqa yoqilg’i enyergetika manba'larini siqib chiqarib, birinchi o'rniga chiqib olganligining boisi-ular,neft va gazlar boshqa enyergiya beruvchi manba'larga nisbatan ancha ko'p enyeregiyaga ega, ikkinchi tomondan ularni qazib chiqarish va halq ho'jaligiga taqdim qilish nisbatan juda arzon va uchinchidan ularni iste'molchiga uzatish harajatlari ham ancha kam bo'lganligidir. Chunonchi, agar biz 1 kg yoqilg’i yonganda 7000 kkal enyergiya beruvchi yoqilg’ini shartli deb qabul qilsak, unda ( ma'lumotlar prof. A.I. Shirkovskiydan keltirilayotir) 1 kg benzin yonganda 1,49 shartli yoqilg’iga teng bo'ladi. 1 kg oddiy neft yonganda 1,43 shartli yoqilg’iga teng bo'ladi. 1 kg mazut yonganda 1,37 shartli yoqilg’iga teng bo'ladi. 1 m3 tabiiy gaz yonganda 1,17 shartli yoqilg’iga teng bo'ladi. 1 kg ko'mir yonganda 0,7 shartli yoqilg’iga teng bo'ladi. 1 kg torf yonganda 0,35 shartli yoqilg’iga teng bo'ladi. 1 kg o'tin yonganda 0,27 shartli yoqilg’iga teng bo'ladi. 1 m3 tabiiy gaz 1 kg neft va neft mahsulotlariga ekvivalent hisoblanadi. Keltirilgan ma'lumotlarga razm solsak, neft va gaz qolgan enyergiya manba'laridan ancha Yuqori enyergiya ekanligi ma'lum bo'ladi. Neft va gazni qazib olish masalan ko'mirni qazib olishdan ancha arzonga tushadi,chunonchi mehnat unumdorligi neftni qazib olishda ko'mirga nisbatan 6 marta ortiq, gaz chiqarishda esa bu ko'rsatgich 55 marta ortiqdir. Misol tariqasida keltiradigan bo'lsak, 1965 yilda ishlab turgan gazkondensat koni Shebelijkada 24,6 mlrd m3 gaz olingan (30 mln.t. shartli yoqilg’iga teng) va o'sha konda shu vaqtda 632 kishi ishlagan (shulardan 464 tasi ishchi), qolganlari muhandis-tehnik hodimlar. Shuncha enyergiya berishi mumkin bo'lgan ko'mirni esa 50 ta shahtadan olish mumkin bo'lar edi. Ko'rinib turibdiki, gaz kondensat konida ishlaydigan bitta ishchi-hizmatchi ko'mir konida ishlaydigan 100 ta shahtyerga tahminan to'g’ri kelar ekan. Neft va uning mahsulotlarini uzatish ko'mirga nisbatan 1,7 marta arzon tushishi ma'lum, gazni uzatish esa ko'mirga nisbatan 3,37 marta arzon ekanligi qayd etiladi. ( Ma'lumotlar A.I. Shirkovskiydan olindi.) Sanoat korhonalarida ko'mir o'rniga neft mahsulotlari yoki gazning ishlatilishi ko'p tomondan foyda keltirishi aniqlangan. Chunonchi, mis yeratuvchi pechlarni ko'mirdan gazga o'tkazilishi 3 tomonlama foyda keltirar ekan, masalan, bunday pechlar gazlashtirilganida ko'mirning shlaki bilan birga chiqib ketuvchi mis miqdori 17 % kamayar va pechning ish unumdorligi 10-12 % ortar ekan. Albatta, gaz mavjud bo'lgan holda pechlarning ishini ko'mirdan gazga o'tkazish maqsadga muvofiqligi yaq qol ko'rinib turibdi.Yuqorida keltirilgan misollardan aniq bo'lmoqdaki hozirgi kunda enyergiya manbai sifatida eng Yuqori holatni egallab turgan neft va gazning bu o'rnida hali ko'p yillar barqaror turishini bashorat qilish mumkin.Fikrimizcha eng kami 2050 yillarga qadar neft va gaz o'z lidyerligini boshqa enyergiya manbalariga bo'shatib bermasa kyerak. quyida sizga o'tishni mo'ljal qilayotgan fanimizning istiqboli katta, uning oldida ulkan vazifalar mavjud. Download 22.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling