1-Maruza: O‘lchash axborotlarini uzatish tizimlari. Umumiy tushunchalar. Pnevmatik o‘lchash axborotini masofaga uzatish tizimi. Reja


Download 166.57 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi166.57 Kb.
#1567571
1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza

uchun o’lchash komplekti sxemasi.
Misol sifatida 18.1-rasmda bosim o‘lchash komplektining sxemasi keltirilgan. R bosim o‘zgarganda membrana 1 (sezgir element) egiladi, bunda uning markazining siljishi X statik xarakte­ristika X = f(P) ga mos ravishda bosim bilan bir qiymatli bog‘langan bo‘ladi. Agar bunday asbob faqat ko‘rsatuvchigina bo‘lsa edi, unda bosimni aniqlash uchun strelkani membra­na markazi bilan kinematik aloqa yordamida ulash yetarli bulardi. Bosimni masofadan o‘lchashda mexanik kattalikni — X siljishni, uni aloqa liniyasi 4 bo‘yicha ikkilamchi asbob 5 ga uzatish uchun, proporsional elektr signalga o‘zgartish zarurati tug‘iladi. Bu o‘zgartishni birlamchi asbob 3 ning oraliq o‘zgartkichi 2 yordamida bajariladi.
Chiziqli siljishni unifikatsiyalangan chiqish signaliga o‘zgartish uchun differensial-transformatorli va magnit kompensatsiyali o‘zgartkichlar keng qo‘llana boshlandi. Burchak siljishlarni o‘zgartish uchun ferrodinamik va chastotali, kuchlarni o‘zgartish uchun kuchli kompensatsiyali (elektr va pnevmatik) o‘zgartkichlar qulay. Uzgartkich turi o‘zgartirilayotgan signalning ko‘rinishi va aloqa liniyasi bo‘yicha uzatiladigan signalning berilgan ko‘rinishiga bog‘liq (tok, kuchlanish, bosim va h.).
Zamonaviy o‘zgartknchlar va asboblarning muhim xususiyati ularning chiqarish signallarining unifikatsiyalanganidir. Bu o‘lchov vositalari o‘zaro almashinuvchanlikni, markazlashtirilgan nazorat qilishni ta’minlaydi va ikkilamchi asboblar nomenklaturasini qisqartishga imkon beradi.
Uzgarmas tokning unifikatsiyalangan chiqarish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartkichlar eng istiqbollidir. Shu bilan birga o‘zgarmas tok kuchlanishining chiqish signaliga, chastotali elektr chiqish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartkichlar ham qo‘llaniladi. Uzgaruvchi tokning chiqish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartkichlar keng qo‘llanayapti. Bunday signal yo o‘zaro induksiyaning o‘zgarishi ko‘rinishida yoki o‘zgaruvchan tok kuchlanishining o‘zgarishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ximiya sanoatida unifika­siyalangan pnevmatik chiqish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartkichlardan foydalaniladi. Pnevmatik chiqish signallari o‘zgarishining ish diapazoni ta’minlash bosimining nominal qiymati 140 kPa bo‘lganda 20–100 kPa chegarasida bo‘ladi.
Normalashtiruvchi o‘zgartkich tabiiy chiqish signalini uni­fikatsiyalangan signalga o‘zgartiradi. Normalashtiruvchi o‘zgartkich alohida mustaqil qurilmadan iborat.
DAS sistemasida o‘zaro almashinuvchan pnevmatik va elektr o‘zgartkichlarning blok tipidagi unifikatsiyalangan qatori ishlab chiqilgan. Shunday turdagi o‘zgartkichlar katta sondagi turli o‘lchanayotgan parametrlarni nisbatan soddalik va yetar­li aniqlik bilan bitta chiqarish kattaligiga — kuchga o‘zgartiradi.
Unifikatsiyalangan o‘zgartkichlarning aniqlik klassi 0,6; 1,0 va faqat ba’zilari uchungina 1,6; 2,5.

Download 166.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling