1-Maruza: O‘lchash axborotlarini uzatish tizimlari. Umumiy tushunchalar. Pnevmatik o‘lchash axborotini masofaga uzatish tizimi. Reja


Download 166.57 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi166.57 Kb.
#1567571
1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza

PNEVMATIK O‘ZGARTKICHLAR
O‘lchanayotgan kattalikni pnevmatik chiqish signaliga o‘zgartirish va ko‘rsatishlarni masofaga uzatish uchun qo‘llaniladigan pnevmatik o‘zgartkichlar ichida kuch kompensatsiyali o‘zgartkichlar va siljish kompensatsiyali o‘zgartkichlar eng ko‘p tarqalgan. Yong‘in va portlash xavfi bor korxonalarda pnevmatik o‘zgartkichlar keng ishlatiladi.
Kuch kompensatsiyali o‘zgartkichlar. Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‘zgartkichlar o‘lchash bloki sezgir elementining kuchini 20— 100 kPa (0,2—1 kGk/sm2) miqdoridagi unifikatsiyalangan pnevmatik chiqish signaliga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.
Pnevmatik kuch o‘zgartkichlarining ishlash prinsipi pnev­matik kuch kompensatsiyasidan foydalanishga asoslangan.
Kuch kompensatsiyasiga ega pnevmatik o‘zgartkichning prinsipial sxemasi 18.2-rasmda ko‘rsatilgan. O‘lchanayotgan parametr o‘lchash blokining sezgir elementiga ta’sir ko‘rsatadi va F proporsional kuchga aylanadi. F kuch ta’sir kilayotgan richag 1 orkali to‘siq 2 soplo 3 ga nisbatan siljiydi. Soplo va to‘siq orasidagi tirqishning o‘zgarishi natijasida o‘zgarmas kesimli drossel 7 orqali keladigan havo bosimi o‘zgaradi. Shy bilan birga, kuchaytirish pnevmorelesining a kamerasidagi bosim ta’sirida membranalar 8 va 9 ning egilishi na­tijasida kiritish 10 va chiqarish 11 soqqali klapanlarning holati o‘zgaradi. Natijada b va v kameralarda bosim o‘zgaradi.
18.2-rasm. Kuch kompensiyali
pnevmatik o’zgartkich sxemasi.
To‘sik 2 silfon 4 ta’sirida soploga nisbatan shunday holatni egallaydiki, silfondagi kuch o‘lchash blokining F kuchiga tenglashib, b va v kameralardagi bosim shunga qarab o‘zgaradi. O‘zgartkich berilgan o‘lchash diapazoniga silfonni richag 5 bo‘ylab siljitish orqali sozlanadi. O‘zgartkichning chiqish signalida 20 kPa (0,2 kGk/sm2) boshlang‘ich bosim nol korrektorning prujinasi 6 yordamida o‘rnatiladi.
O‘zgartkich chang, nam va yog‘dan tozalangan havo bilan ta’minlanadi. Havoning nominal bosimi 140+14 kPa. Chiqish signalini 300 metr masofaga uzatish mumkin. O‘zgartkichning aniqlik klassi 1,0.

Download 166.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling