1-Maruza: Oraliq stansiyalar uchun alohida boshqarishli blokli elektr markazlashtirish (bem) tizimida terish guruhi. Knopka relesi (“K”), yo‘nalish relesi (“Н, Ч, нм, чм”), qayta qo‘shishga qarshi rele (“ПП, мп”) sxemalari Reja


Knopka va yo’nalish relesi sxemasini ishi va vazifasi


Download 110.78 Kb.
bet2/4
Sana28.10.2023
Hajmi110.78 Kb.
#1730237
1   2   3   4
Bog'liq
1-Maruza ССТ 7-сем

2. Knopka va yo’nalish relesi sxemasini ishi va vazifasi;

Stansiya bo’g’izi (3.3-rasm) uchun 3.4-rasmda taqdim etilgan birlashtirilgan sxema bo’yicha knopkali relelar va yo’nalish relelarini namunaviy yechimlar yordamida qo’shish tavsiya etiladi.



3.4-rasm. Knopkali rele va yo’nalishlar relelari sxemalari

3.4-rasmda ko’rsatilgan barcha relelar to’rt guruhga bo’lingan. Bir guruhga bir toifali va bir yo’nalishdagi harakatga ruxsat beradigan barcha svetoforlar signal knopkalarining knopkali relelari kiritiladi. Guruh knopkali relelarini yo’nalish relesi bilan shunday birlashtiriladiki, bunda yo’nalish relesi cho’lg’ami knopkali rele cho’lg’ami bilan oldinma-ketin yoqilsin (ulansin). Masalan, (3.4-rasm) toq yo’nalishdagi manevr harakatlariga ruxsat beradigan svetoforlarni boshqarish komandalari manbalari bo’lib kelgan M1, M3, M5, M13, M15, M17 kabi signal knopkalari guruhining istalgan knopkali relesining cho’lg’ami manevr (НМ) yo’nalish relesining cho’lg’ami bilan oldinma-ketin ulanadi.


Boshqa knopkali relelar juft manevr yo’nalish (ЧM), toq poyezd yo’nalishi (Н) va juft poyezd yo’nalishi (Ч) relelarini birlashtiradilar.
3.4-rasmdagi sxemada knopkali rele va yo’nalish relelarining boshlang’ich holati deb ularning qo’zg’atilmagan (toksiz) holati olingan. Umuman olganda, o’zgacha holatni dastlabki holat sifatida olinadigan sxemalarni ishlab chiqish ham mumkin. Biroq ana shu sxemalar bo’yicha yig’ilgan qurilmalarda biron-bir elektr zanjir uzilgan holda ДСП ruxsatisiz svetoforni boshqarish komandasi yuzaga keladi. Bu harakat xavfsizlik darajasini pasaytirmaydi, biroq harakat to’xtalishlariga, va shuning oqibatida, stansiya o’tkazish va qayta ishlash imkoniyatining tushib ketishiga olib kelishi mumkin. 3.4-rasmdagi sxema bo’yicha bajarilgan qurilmalardagi relelarning boshlang’ich holatining tanlanishi aynan ana shu fikrlar bilan bog’liq.
3.4-rasmdagi qurilmalar ishlashi quyidagi tarzda kechadi. Svetoforni boshqarish zarurati yuzaga kelganida, masalan M7 ni, M7 knopkasi bosiladi. Natijada M7K va ЧМ relelari qo’zg’aladi. Ana shu relelarning ТП va M ta’minot qutblaridan (3.4-rasm) qo’zg’atish funksiyasi f (M7K, ЧМ) quyidagi ko’rinishga ega
f(M7K, ЧМ) = knopka M7K Λ Λ Λ
3.4-rasmdagi , , mantiqiy o’zgaruvchilarning qaydlari keltirilgan ifodasiga «И» mantiqiy operatsiyasi sxemasi bo’yicha ЧM yo’nalish relesining qo’zg’alish zanjiriga qo’shilgan НM, Н, va Ч relelarining «umumiy - orqa» kontaktlari juftliklari tasviri mos keladi.
M7K knopkasi bosilgan holatda bo’lganda, M7K va ЧМ relelari ham qo’zg’atilgan holatda qolaveradi. Agar knopkadan barmoq olinganidan so’ng u pastga tushganligicha qolsa (ya’ni prujina ta’sirida dastlabki holatiga qaytmasa), bu holda uning «frontal - umumiy» kontaktlari juftligi tutashgan holida, M7K va ЧМ relelari esa qo’zg’atilgan holatida qolaveradi. Bunday vaziyatda, boshqa toifa va yo’nalish guruhlaridan (Ч, Н, НM) istalgan biriga oid signal knopkasini bosish tegishli knopkali rele va yo’nalish relesining qo’zg’atilishiga olib kelmay, balki bu ularni qo’zg’atish zanjiriga ЧМ relesining ajralgan «umumiy – orqa» kontaktlari juftligini qo’shish bilan ta’minlanadi. Shu tarzda bir vaqtning o’zida ЭЦ ga yo’nalishlar va toifa marshrutlarini to’sib turgan svetoforlar tomonidan ro’para (“xavfli”) bo’lgan komandalarni uzatish imkoni yo’qligi ta’minlanadi. Ko’rsatilgan imkoni yo’qlik istalgan yo’nalish relelarini qo’zg’atish zanjiriga qolgan yo’nalish relelaring «umumiy-orqa» kontaktlarini qo’shish hisobiga ta’minlanadi.
Agar M7K signal knopkasi tushib qolgan holida ДСП harakatning qayd etilgan yo’nalishi va toifali marshrutini to’sib turgan svetoforning boshqa signal knopkasini, masalan, M9K ni, yoki bir vaqtning o’zida bir xil yo’nalish va toifali svetoforlarning ikki signal knopkasini bosib yuborsa, shunda yo’nalish relesidan tashqari 2ta knopkali relelar, masalan, M7K, M9K va ЧM qo’zg’alib ketadi. Bunday holda ЭЦda bir vaqtning o’zida o’zaro qarama-qarshi (“xavfli”) marshrutlarni to’sib turgan ikkita svetoforning ochilishiga komandalar berilishi ham mumkin. Shunday qilib, knopkali va yo’nalish relelarini yoqish sxemasida bir harakat yo’nalishi va toifa marshrutlarini to’sib turgan svetoforlarning signal knopkalarini bir vaqtda bosib yuborishdan himoya qilish ko’zda tutilmagan bo’lib, buni uning kamchiligi deb ko’rsatish mumkin.
SHikastlanishlar bo’lmaganda va ДСП to’g’ri harakat qilgan holatlarda knopkali relelar va yo’nalish relelari uning barmog’i signal knopkasidan olinishi bilan, «umumiy - frontal» kontaktlari juftligi ajralishi natijasida ular o’chadi.



Download 110.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling