1-Maruza: Oraliq stansiyalar uchun alohida boshqarishli blokli elektr markazlashtirish (bem) tizimida terish guruhi. Knopka relesi (“K”), yo‘nalish relesi (“Н, Ч, нм, чм”), qayta qo‘shishga qarshi rele (“ПП, мп”) sxemalari Reja
Download 110.78 Kb.
|
1-Maruza ССТ 7-сем
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo’nalish shinalari va vazifasi Takrorlashga qarshi rele vazifasi; Takrorlashga qarshi rele sxemasi.
1-Maruza: Oraliq stansiyalar uchun alohida boshqarishli blokli elektr markazlashtirish (BEM) tizimida terish guruhi. Knopka relesi (“K”), yo‘nalish relesi (“Н, Ч, НМ, ЧМ”), qayta qo‘shishga qarshi rele (“ПП, МП”) sxemalari Reja: Knopkali relesi sxemasiga bo’lgan talablar va qurish tamoyillari; Yo’nalish relesi sxemasini ishi va vazifasi; Yo’nalish shinalari va vazifasi Takrorlashga qarshi rele vazifasi; Takrorlashga qarshi rele sxemasi. 1. Knopkali relesi sxemasiga bo’lgan talablar va qurish tamoyillari; Boshqarish apparatlariga ЭЦ xizmat ko’rsatish vaqtini qisqartirish maqsadida, signal knopkachalari svetoforlarini boshqarish komandalari manbai sifatida qayd etilmaydigan, faqat bir juft kontaktiga ega bo’lgan (bir kontaktli), knopka bosilganida tutashadigan fiksatsiyasiz knopka qo’llaniladi. Kirish (poyezd) va manevr svetoforlari uchun boshqarish apparatida svetoforlari nomlanishiga muvofiq ravishda belgilab qo’yiladigan bitta signal knopkasi o’rnatiladi. Birlashtirilgan svetoforlar (chiqish, marshrut) uchun boshqarish apparatida ikkitadan signal knopkasi o’rnatiladi. Knopkalardan biri svetoforning nomlanishiga ko’ra belgilab qo’yiladi va svetoforning poyezd uchun ko’rsatmalarini boshqarish uchun xizmat qiladi. Yana bir knopka ham svetofor nomlanishiga muvofiq belgilanib, unga «M» harfi qo’shiladi va svetoforning manevr ko’rsatmalarini boshqarishga xizmat qiladi. Svetoforni ochish ДСП ning bir harakati bilan amalga oshiriladi. Buning uchun svetoforni boshqarish knopkasini qisqa muddat (2-3 s) bosish talab etiladi. Agar ДСП svetoforni yopishi (berkitishi) zarur bo’lsa, u ikki harakatni bajarishi shart. Birinchi harakat bekor qilish guruhli knopkasi (OГ) deb nomlanadigan maxsus knopkani qisqa muddat bosishdan (1-2 s) iborat. Ikkinchi harakat svetoforni boshqarish knopkasini bosish va uni svetofor yopilishiga qadar shunday tutib turishdan iborat. Shunday qilib, OГ knopkasidan foydalanish tufayli svetoforni boshqarishning birgina knopkasi «Svetofor ochilsin» komandasi bilan birga, «Svetofor yopilsin» komandasi manbai ham bo’lib kelishi mumkin. Komandalar manbalariga har qanday ta’sirlar ko’rsatilganida ham svetoforlarni boshqarish avtomatiga faqat bitta komanda uzatilgan, yoki komandalar uzatilmagan sharoitlarda nisbatan yuqoriroq harakat xavfsizligi darajasi ta’minlanadi. Haqiqatdan ham, biron-bir shikastlanishlarda (masalan, knopka kontaktlari tushib yoki kavsharlanib qolishida) svetoforlarni boshqarish avtomatiga bir vaqtning o’zida qarama-qarshi marshrutlar svetoforlarini ochishga komandalar berilishiga yo’l qo’yilishi mumkin emas. SHuning uchun komandalar manbalarini svetoforlarni boshqarish avtomatiga bog’lash qurilmalari ДСП ning ba’zi noto’g’ri harakatlarida, shuningdek knopka tushib qolishida ro’y berishi mumkin bo’lgan bir vaqtda ikki yoki undan ortiq knopka ta’siridan himoya qiladigan vositalarga ega bo’lishi talab etiladi. Ushbu himoyani amalga oshirish va komandalarni svetoforlarni boshqarish avtomatiga va marshrutlarni bekor qilish avtomatlariga uzatish uchun signal knopkalari (komandalar manbalari) bir necha guruh kontaktlarga ega bo’lib, knopkalar bir kontaktli bo’lgani sababli, har bir signal knopkasi uchun knopkali relesi deb nomlanishi olgan maxsus rele o’rnatilishi talab etiladi. Shunday qilib, knopkali relelarni o’rnatish zarurati bir kontaktli knopkadan foydalanish va ularga himoya funksiyalarining bir qismi o’tkazilishi bilan izohlanadi. Himoya funksiyalari nisbatan to’liq hajmda yo’nalish relelari yordamida ro’yobga chiqariladi. Ular qarama-qarshi bo’lishi mumkin bo’lgan turli yo’nalishli (juft va toq) va toifali (poyezd yoki manyovr) marshrutlar o’rnatish komandalarini bir vaqtning o’zida uzatish imkoniyatining oldini olish uchun mo’ljallangan. Komandalar uzatilishining yuqorida aytib o’tilgan kabi istisno etilishiga qo’zg’alish zanjiriga yo’nalish relesining “frontal-umumiy” kontakt juftligining boshlang’ich, yakuniy va signal relelarini qo’shish hisobiga erishiladi. Download 110.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling