1-Maruza: Oraliq stansiyalar uchun alohida boshqarishli blokli elektr markazlashtirish (bem) tizimida terish guruhi. Knopka relesi (“K”), yo‘nalish relesi (“Н, Ч, нм, чм”), qayta qo‘shishga qarshi rele (“ПП, мп”) sxemalari Reja


Download 110.78 Kb.
bet4/4
Sana28.10.2023
Hajmi110.78 Kb.
#1730237
1   2   3   4
Bog'liq
1-Maruza ССТ 7-сем

Takrorlashga qarshi rele sxemasi

ППВ relesi sxemasida yo’nalish relelarining «frontal-orqa» kontaktlari juftliklari bilan uzelga birlashtiriladigan to’rt elektr simni ajratib ko’rsatish mumkin (3.5-rasm). Ushbu uzelga rezistor R va ПП, ВВ relelarining kontaktlari orqali sxema bo’yicha ППВ relesining chap tarafidagi cho’lg’ami ulangan. ППВ relesining sxema bo’yicha o’ng cho’lg’amining simiga esa НM, ЧM relelari kontaktlari orqali ta’minot manbai qutblari (П, M) ulangan. Ta’minot manbai qutblarini НM va ЧM relelari kontaktlari orqali ulash zarurati ЭЦ signal relelariga ta’minot uzatish xususiyatlari bilan bog’liq.



3.5-rasm. Takrorlashga qarshi relelar sxemasi

3.5-rasmdagi sxemada ППВ, ПП, ВВ relelarining dastlabki (boshlang’ich) holati qo’zg’atilmagan (o’chirilgan) holat bo’lib hisoblanadi. Ushbu relelarning ishi quyidagi ketma-ketlikda yuz beradi. Masalan, svetofor M5 bo’yicha manevr marshrutini o’rnatishda signal knopkasi bosilganidan keyin M5K va НM relelari qo’zg’aladi (3.4-rasmga qar.). Qo’zg’algach, ana shu relelar ПГ va МК ta’minot simlarini (shinalarini) ППВ relesi cho’lg’amiga ulaydi va u qo’zg’aladi. Qo’zg’alish funksiyasi f(ППВ) quyidagi ko’rinishda yozib olinadi


f(ППВ) = M5K Λ M5 Λ M5K Λ Λ Λ Λ Λ M5K Λ Λ Λ Λ…Λ НM Λ Λ НM
Ushbu qo’zg’alish funksiyasi mantiqiy algebra qonunlariga muvofiq bir necha bir xil ko’paytmalarni ( Λ , M5K Λ M5K, …) bittasi bilan almashtirish yo’li bilan minimallashtirilishi ham mumkin. Biroq, bu kabi minimallashtirishda ПГ simi va uzel o’rtasida ulangan tarmoq (3.5-rasmga qar.) bir yo’nalish va toifa marshrutlarini to’sib turgan svetoforlarni boshqarish ikki signal knopkasini bir vaqtda bosib yuborishdan himoya qilish xossasini yo’qotgan bo’lar edi.
Manevr marshrutini o’rnatishda ППВ relesining qo’zg’alishi ПГ simidan (shinasidan), poyezd marshrutini o’rnatishda esa – MГ simidan (shinasidan) yuz beradi. Ko’rsatilgan shinalar ДСПning marshrutni bekor qilish (svetoforlarni yopish) bo’yicha harakatlarida mos ravishda ta’minot manbaining plyus va minus chiqish simlaridan uzib qo’yiladi. ДСПning svetoforlarni yopish harakatlarida knopkali relelarning qo’zg’alishi ППВ relesining qo’zg’alishiga olib kelmasligi lozim.
Qo’zg’algandan so’ng, ППВ relesi ПП relesini yoqadi va u, o’z navbatida, R rezistorni ППВ relesi yoqilish zanjirida ВВ relesi kontaktlari juftligiga parallel tarzda ulaydi. Bundan tashqari, ПП relesi НМ relesi bilan birga ВВ relesini yoqadi. ВВ relesining qo’zg’alish funksiyasi quyidagicha (3.5-rasmga qar.)
f(ВВ) = Λ Λ НM Λ ПП
ВВ qo’zg’algan relening «frontal-orqa» kontakt juftligi bilan ВВ relesi zanjiridagi ПП relesining «frontal-orqa» kontakt juftligi shuntlanadi. SHu sababli, НМ relesi qo’zg’algan holatda ekan, ВВ relesi ham, ya’ni M5K va НМ relelari qo’zg’alish zanjiridagi signal knopkasining kontaktlar juftligi ajralmagunicha qo’zg’algan holida qolaveradi (ya’ni ДСП signal knopkasini dastlabki holatga qaytarmaguncha yoki elektromexanik knopkali rele yoki yo’nalish relesining qo’zg’algan holati tarzida namoyon bo’lgan shikastlanishni bartaraf etmaguniga qadar).
Qo’zg’algan ВВ relesi, ППВ relesi zanjiridagi o’zining «umumiy-orqa» kontaktlari juftligini ajratish bilan (3.5-rasmga qar.) R rezistorning ППВ relesi ta’minot zanjiriga qo’shilishini ta’minlaydi. SHuning uchun bu zanjirdagi tok kamayib, bu uning MI, MII, MIII, ВI, ВII, ВIII signal bloklarida yoki erkin montaj stativida o’rnatilgan C relesining «umumiy-orqa» kontaktlari juftligi bilan o’chirilishi uchun qulay sharoit yaratadi (qulay ta’sir ППВ relesi ta’minot zanjiriga qo’shilgan C relesi kontaktlarining uchqunlanishi kamayganligida namoyon bo’ladi).
ПП, ППВ, ВВ relelarining qo’zg’algan «frontal-umumiy» kontaktlari juftliklari bilan П va M ta’minot manbai qutblari boshlang’ich va signal relelari qo’zg’atilish shinalariga (simlariga) ulanib (3.4-rasmga qar.), bu bilan ЭЦga svetoforni ochish komandalari uzatilishi ta’minlanadi. Ko’rib chiqilayotgan misolda M5 signali МII tipidagi blokda o’rnatilgan signal relesi qo’zg’alishi ro’y beradi. «Umumiy-orqa» kontaktlari juftligi bilan ПП relesini o’chirib, ППВ relesi ta’minot zanjiri uziladi (3.5-rasmga qar.). ПП va ППВ relesining ajralgan «umumiy-frontal» kontaktlari juftliklari ta’minot manbai П va M qutblarini boshlang’ich va signal relelarining qo’zg’atilish shinalaridan (simlaridan) uzib qo’yadilar (3.4-rasm). SHuning uchun M5K signal knopkasi bosilganicha qolgan, yoki u shikastlanganiga (kontakt juftliklari bukilib tushib qolgan yoki prujinalari ekvivalent payvandlanib qolgan) qaramay, «svetofor ochilsin» komandasini ЭЦ qurilmalariga uzatish to’xtatiladi. ДСП knopkani dastlabki holatga qaytarmas yoki M5K knopkasining shikastlanishi bartaraf etilmas ekan, M5K, НМ va ВВ relelari qo’zg’algan holatda, ПП va ППВ relelari esa o’chgan holatda bo’ladi. ПП va ППВ relelari «frontal-umumiy» kontaktlari juftligining ajralgan holati tufayli M5 svetoforining boshqa harakatlanuvchi birlik uchun takroran ochilishi bilan birga, shuningdek boshqa istalgan svetoforning ochilishi istisno etiladi.


Nazorat savollari:

  1. Knopka relesi vazifasi?

  2. Yo’nalish relesi vazifasi?

  3. Yo’nalish shinalarining vazifasi?

  4. Takrorlanishga qarshi relesi vazifasi?

  5. Takrorlanishga qarshi relesi sxemasi ishi?

  6. Signal knopkasi bosilib qolganda takrorlanishga qarshi relening ishi?

Download 110.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling