1-Maruza: Oraliq stansiyalar uchun alohida boshqarishli blokli elektr markazlashtirish (bem) tizimida terish guruhi. Knopka relesi (“K”), yo‘nalish relesi (“Н, Ч, нм, чм”), qayta qo‘shishga qarshi rele (“ПП, мп”) sxemalari Reja


Download 110.78 Kb.
bet3/4
Sana28.10.2023
Hajmi110.78 Kb.
#1730237
1   2   3   4
Bog'liq
1-Maruza ССТ 7-сем

3. Yo’nalish shinalari va vazifasi.

Svetoforlarni ochish komandalarini uzatish ta’minot manbai simlarini ЭЦ avtomatiga knopkali relelar va yo’nalish relelari kontaktlari orqali ulash bilan amalga oshiriladi. Yo’nalish relelari kontaktlari (3.4-rasm) yakuniy (ВНМ, ВЧM), boshlang’ich (Н, Ч, НM, ЧM) va signal (НС, ЧС, НМС, ЧМС) relelarini qo’zg’atish shina(sim)larini hosil qiladilar. Aytish lozimki, hosil qilish zanjiriga rele kontaktlari yo’nalishlarini qo’zg’atish shinalarining qo’shilishi natijasida:


a) ПП, ППВ, ВВ – avval yakuniy, so’ng boshlang’ich, hamda shundan so’ng signal relelari qo’zg’alishi ta’minlanadi;
b) БГ - ДСП ning svetoforlarni yopish bo’yicha harakatlari paytida svetoforni ochish komandasi uzatilishiga yo’l qo’yilmaydi;
v) ВMK - elektrmexanikning strelkani bog’liqlikdan o’chirish maketi bilan bog’liq harakatlari tugamay turib, svetoforni ochish komandalarini uzatish istisno etiladi (yo’l qo’yilmaydi).


Takrorlashga qarshi rele vazifasi

Svetoforni ochish komandasi ЭЦ qurilmalariga bir marta va qisqa muddatda uzatilishi shart. Agar bu ta’minlanmasa, signal knopkasini uzoq vaqt bosib turish, uning tushib yoki kontaktlari kavsharlanib qolishi (ya’ni «svetofor ochil» komandasining uzoq vaqt kelib tushishi), svetofor ishini yarim avtomat rejimdan avtomat rejimga o’tkazib (ДСП ishtirokisiz qayta ochiladi), bu harakatni boshqarish imkonini qoldirmaydi, yoki svetoforning barcha chiroqlari o’chib qolishiga olib kelib, bu juda xavfli ishdan chiqish deb hisoblanadi. Signal knopkasiga bir martalik ta’sirdan bir komandaning qisqa muddatli kelib tushishi takrorlashga qarshi relelar komplekti bilan ta’minlanadi. U takrorlashga qarshi yoquvchi (ishga tushiruvchi) (ППВ), takrorlashga qarshi (ПП) va yoqib-o’chiruvchi (ВВ) relelardan tashkil topadi. Bu relelarning 3.3-rasmda tasvirlangan stansiya uchun mo’ljallangan sxemasi 3.5-rasmda ko’rsatilgan. Bu sxemaning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda bir yo’nalish va toifa marshrutlarini to’sib turgan svetoforlarni boshqarishning ikki signal knopkasini bir vaqtda bosib yuborishdan himoya qilish ko’zda tutilgan bo’lib, bu knopkali rele va yo’nalish relelari sxemasida ko’zda tutilmagan edi (3.4-rasm).





Download 110.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling