1-ma’ruza. O’simliklarning fiziologik faol moddalari faniga kirish
Biologik faol moddalarni o’simliklardan ajratib olishning ilmiy asoslari
Download 40.08 Kb.
|
1.majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Efir moylari
- Fenolli birikmalar
- Alkaloidlar
- Glikozidlar.
- Saponinlar
Biologik faol moddalarni o’simliklardan ajratib olishning ilmiy asoslari
1. Tabiiy xom ashyolar tarkibidagi biologik faol moddalar 2. Xom ashyo biologik faol moddalarni ekstraktsiya yo’li bilan olish usullari Tabiiy xomashyolar tarkibida bir qancha biologic faol moddalar bo’ladi.Bularning asosiylariga quyidagilar kiradi 1.Lipidlar 2.Efir moylari 3.Fermentlar 4.Alkoloidlar 5.Glikozidlar 6.Oshlovchi moddalar 7. Saponinlar 8. Polisaxaridlar 9. Fenolli birikmalar 10.Fitonsidlar Bu biologik faol moddalarning har biri alohida hususiyatga,turli xil biologic faollikka egadir Efir moylari - Ko’pchilik o’simliklar uzidan xushbuy hid tarkatish xususiyatiga ega. Bunday hidni efir moylar deb ataladigan va tarkibida 5, 10, 15, 20 ta uglerod atomi bo’lgan birikmalar tutuvchi moddalar tarkatadi. Efir moylar, odatda, maxsus hujayralar yoki hujayralar tuplamida hosil buladi. Bunday hujayralar butun o’simlik buylab diffuziya holda tarkalgan ayrim bez xujayralaridan yoki ko’pincha barg va poyani koplab oladigan bezli tukchalardan iborat. Bunday hollarda efir moylar hujayralarda bir yoki bir necha tomchi sifatida tuplanadi. Masalan, karag’ay daraxtidan ajratib olinadigan smola daraxt pustlaridagi smola yullarini koplab olgan hujayralarda hosil buladi. Fenolli birikmalar - Fenollar o’simliklar olamida keng tarkalgan xilma-xil moddalarni uz ichiga oladigan katta gruppani tashkil kiladi. Tarkibida bitta yoki bir nechta gidroksil gruppa tutuvchi aromatik yoki benzol halka bulishi fenollarga xos umumiylikdir.Barcha fenol birikmalari fenol (S6N5ON)ning hosilalari hisoblanadi. Benzol halkada ikkita va undan ortik gidroksil gruppa tutuvchi birikmalar polifenollar deb ataladi. Yakin vaktgacha fenol birikmalari moddalar almashinuvining oxirgi mahsuloti, yahni uziga xos chikindi sifatida mahlum edi. Birok keyingi yillarda olib borilgan tadkikotlar natijasida ular (lignindan tashkari) xujayrada sodir buladigan moddalar almashinuviniig aktiv metabolitlari ekanligi to’la isbotlangan. Alkaloidlar-faqat o’simliklarda uchraydigan geterostiklik organik birikmalar bo’lib, tarkibida asos xossasiga ega bo’lgan azot atomi tutadi. O’simliklarda alkaloidlar, asosan, malat, tartarat, stitrat va boshka kislotalarning tuzlari sifatida uchraydi. Ko’pchilik alkaloidlar maxsus reaktivlar — fosfovalg’framat, fosfomolibdat, pikrinat, dubilg’ kislota va boshkalar yordamida chukmaga tushiriladi. Erkin holdagi alkaloidlar suvda erimaydi, ammo opganik erituvchilarda yaxshi eriydi. Ko’pchilik alkaloidlar xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida, jumladan, medistina, veterinariya, qishlok xo’jaligida va boshqa sohalarda ko’p ishlatiladi. Glikozidlar.Monosaxaridlar va oligosaxaridlarning yukori reakstion kobilnyatga ega bo’lgan gidroksil gruppasi biron-bir uglevod tabiatiga ega bulmagan modda bilan uzaro reakstiyaga kirishishi natijasida hosil buladigan birikmalar glikozidlar yoki geteroglikozidlar deb ataladi. Bu gruppaga kiradigan birikmalarning ximiyaviy tabiati turlicha bo’lib, umumiyligi fakat hammasi ham shakarlarning va ko’pincha monosaxaridlarning hosilasi bulishidir. Glikozidlar tarkibidagi uglevod tabiatiga ega bulmagan moddalar aglikonlar yoki geninlar deb ataladi. Aglikon sifatida turli spirtlar, aromatik birikmalar, tarkibida oltingugurt tutuvchi moddalar, steroidlar, polifenollar va pigmentlar uchraydi. Saponinlar – murakkab tuzilishga ega bo’lgan glikozidlar, ular suv bilan chaykatilganda turg’un ko’pik hosil kiladi. “Sapo” – lotincha – sovun degan mahnononi bildiradi. Parchalanganda kandlar va aglikon – sarogenin moddasini hosil kiladi. Mana shu birikma dorivorlik xususiyatini namoyon kiladi va medistinada saponin tutuvchi dorivor o’simliklar balg’am ko’chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Download 40.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling