Hujayra ichida va tashqarisida ovqat hazm qilish.
I.I.Mechnikov tomonidan kashf etilgan hujayra ichidagi ovqat hazmi oddiy hayvonlarda kuzatiladi. Oziq modda hujayra tomonidan singdirib olinadi va ularning hazmlanishi hujayra ichidagi fermentlar ishtirokida yuz beradi.
Hayvonot dunyosining rivojlanish darajasiga qarab hazmlash kanalining ham tabaqalanishi yuz beradi, chaynash apparati va hazmlash kanaliga hazm shiralari ajratadigan bezlar yuzaga keldi. Oziq-ovqatlar, ovqat hazmi bo’shliqlarida qayta ishlanadi, bunday ovqat hazmi hujayradan tashqarida hazmlanish deyiladi.
Hujayralardan tashqaridagi ovqat hazmi uchta kelishilgan fiziologik jarayonlardan iborat bo’ladi: 1) ovqat hazmi kanalining harakat ishlari, 2) hazm kanalining sekretorlik ishlari va 3) so’rilish ishlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |