1-Ma`ruza: Ovqatlanishning ahamiyati
Hazm shiralari va ularning fermentlari
Download 27.81 Kb.
|
Маъруза 1
Hazm shiralari va ularning fermentlari. Ovqat hazmi kanalining bezlari tomonidan ajraladigan hazm shiralari suvdan va uncha katta bo’lmagan miqdorda organik moddalar va tuzlar aralashmasidan iborat bo’ladi. Hazm shiralarining asosiy tarkibiy qismini – fermentlar tashkil etadi. Bundan tashqari fermentlar tarkibida shilimshiq modda va suv saqlanganligi sababli ozuqani yumshatadi va shilliq modda bilan o’rab, uning mexanik qayta ishlanishini va ovqat hazmi kanali bo’ylab harakatini ta’minlaydi.
Fermentlar quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: 1.O’z-o’zidan bajariladigan ximiyaviy jarayonlarni katalizator sifatida tezlashtiradi yoki susaytiradi. 2.Faqatgina moddalarning parchalanishida – analiz (tahlillash) katalizatorlik qilmasdan, balki moddalarning birikishiga – sintez (umumlashtirish) ham katalizatorlik qiladi. 3.Spesifik ta’sir ko’rsatish qobiliyatiga ega. Har bir ferment ma’lum ximiyaviy tarkib va tuzilishga ega moddalarga ta’sir ko’rsatadi. 4.Qizdirilganda parchalanadi. 5.Ma’lum muhitda: kislotali, ishqorli yoki neytral muhitlarda ta’sir ko’rsatadi. Fermentlarning faolligi muhit reaksiyasiga bog’liq holda o’zgarib turadi: masalan, pepsin ishqorli muhitda o’z faolligini yo’qotsa, kislotali muhitda esa tiklaydi. Hazm fermentlari gidrolazlar guruhiga ya’ni H+ va OH- ionlarini biriktirib olgan fermentlarga kiradi, ya’ni suv eritmalaridagi moddalarni hazmlovchilardir. Ular, uglevodlar, kraxmalni parchalovchi amilolitik yoki amilazalar, proteinlar, oqsillarni parchalovchi proteolitik yoki proteazalar, lipidlar, yog’larni parchalovchi lipolitik yoki lipazalarga farqlanadi. Organizmda uzluksiz sodir bo'ladigan modda va energiya almashinuvi oziqa moddalarni doimo sarflanishini talab qiladi. Organizmning ichki resursi chegaralangan bo'lgani sababli, hayot faoliyatini quvvatlash uchun ovqat tarkibida oziqa moddalar kelib turishi zarur. Ovqatning asosiy komponentlari - oqsil, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar va suv bo'lib, nativ (o'zgarmas) holatda organizm tomonidan suv, eriydigan mineral tuzlar va vitaminlar so'rilishi mumkin. Yuqori molekulyar birikmalar bo'lgan (polisaxaridlar) oqsillar, yog'lar va uglevodlar membranalar orqali o'tishi uchun, avval, nisbatan oddiy molekulalargacha parchalanishi kerak. Erimaydigan mineral tuzlar va vitaminlar, ovqat hazm qilish jarayonida eriydigan shaklga aylanadi. Ovqat hazm qilish - bu mexanik, fizik-kimyoviy va biologik jarayonlarning birligi bo'lib, ovqat bilan kelib tushgan murakkab oziqa moddalarni organizm assimilyatsiya qilish mumkin bo'lgan, nisbatan oddiy birikmalargacha parchalanishni ta'minlaydi. Ovqat hazm qilish tizimi tarkibiy tuzilishi bilan va bajaradigan vazifasiga qarab effektor (ijrochi) va boshqaruv qismlarga bo'linadi. Effektor qism - qisqarish (silliq mushaklar hujayralari), sekretsiya (sekretor hujayralar), membranali gidroliz va transport (ichak hujayralari - enterotsitlari) jarayonlarini amalga oshiruvchi hujayralar elementlarini o'z ichiga oladi. Ushbu ijrochi elementlar, ovqat hazm qilish nayiga birlashgan bo'lib, unga kompakt bez hosilalari (so'lak va me'da osti bezlari, jigar) yondoshgan va ularni umumlashtirib - ovqat hazm qilish trakti deb nomlanadi. Bu traktning funktsiyasi, ovqat hazm qilish tizimi faoliyatining yakuniy natijasi - oziqa moddalarni (oqsillar, uglevodlar, yog'lar) monomerlargacha (aminokislotalar, monosaxaridlar, monoglitseridlar va yog' kislotalar) gidroliz bo'lishiga va ularni, ovqat hazm qilish yo'lidan organizmning ichki muhitiga transport qilinishiga yo'naltirilgan. Ushbu yakuniy natijani ta'minlovchi fizik - kimyoviy jarayonlar, ovqat hazm qilishning va so'rilishning mohiyatini tashkil qiladi. Bu jarayonlar me'da-ichak traktining sekretor va motor funktsiyalari ishtirokida amalga oshadi. Sekretor hujayralar hazm enzimlarini me'da-ichak traktiga ajratadi va oqsillar, uglevodlar, yog'lar hamda nuklein kislotalarning gidrolitik parchalanishini (hazm bo'lishini) ta'minlaydilar. Oziqa moddalarning gidrolizi me'da-ichak traktining bo'shlig'ida boshlanib, hazm bo'lish va so'rilish jarayonlari birgalikda o'tadigan ichak hujayralarining membranalarida tugaydi. Me'da-ichak traktining motor funktsiyasi qabul qilingan ovqatni mexanik qayta ishlash, hazm bo'ladigan moddalarni gidrolitik enzimlar bilan kontaktini ta'minlovchi me'da-ichak trakti ichidagi ovqat massasini aralashtirishga va uni hazm kanali bo'ylab siljishiga, hamda ekskrementlarni tashqariga chiqarib yuborishiga yo'naltirilgan. Silliq mushaklarning faolligi jigar va me'da osti bezining sekretini me'da-ichak trakti bo'shlig'iga chiqarish uchun ham zarurdir. Ovqat hazm qilish tizimining boshqaruv qismida maxalliy va markaziy pog'onalar mavjud. Boshqaruvning mahalliy pog'onasi, me'da-ichak traktining enteral asab tizimi va diffuziyali endokrin tizimi tomonidan ta'minlanadi. Boshqaruvning markaziy pog'onasiga, ovqat markazi tarkibiga kiruvchi, MAT ning qator tarkibiy tuzilmalari (orqa miya va miya ustuni) kiradi. Enteral asab tizimi me'da-ichak trakti devorlarining chuqur qatlamida intramural joylashgan, o'zaro bog'langan mikroganglionar hosilalarning majmuidir. U, metasimpatik asab tizimining bo'lagi hisoblanadi va anatomik jihatdan bir qator asablar o'ramidan iborat bo'lib, ularning ichida me'da-ichak trakti funktsiyasini boshqarishda ko'proq ahamiyatga ega bo'lgani mushaklararo (mienteral, Auerbax) va shilliq pardaosti (Meyssner) o'ramlardir. Ularning tarkibida sezuvchan (sensorli), effektor va oraliq neyronlar mavjud. Sut emizuvchi hayvonlar me'da-ichak traktidagi neyronlar soni taxminan orqa miyasidagi neyronlar soniga teng. Enteral asab tizimi ishtrokida, intramural gangliyalar darajasida tugaydigan mahalliy reflekslar sodir bo'ladi. Me'da-ichak traktining effektor hujayralariga boshqaruv ta'sirini o'tkazishda, xolinergik va adrenergik neyronlar qatnashadi. Enteral asab tizimi doirasidagi intramural gangliyalarda, AATning kranial va sakral bo'limlariga taalluqli xolinergik neyronlarning o'simtalari tugaydi. Ushbu preganglionar o'tkazuvchilardan, N - xolinoretseptorlar vositachiligida, axborot, effektor xolinergik neyronlarga o'tadi. Bu neyronlarning aksonlari me'da-ichak traktining effektor hujayralari bilan maxsus xildagi simpatik kontakt hosil qiladi. Me'da-ichak tizimi a'zolarining qon tomirlari o'rami tarkibida o'tadigan adrenergik asab tolalari, chegaradosh simpatik ustunning vegetativ gangliyalarida joylashgan neyronlar o'simtasi hisoblanadi. Adrenergik tolalar asosan intramural ganliyalarning neyronlarida tugaydi. Enteral asab tizimi neyronlarida peptid tabiatli moddalar borligi ham aniqlangan bo'lib, ularning soni 10 dan ortiq. Bu neyropeptidlarga xoletsistokinin, gastrin bo'shatuvchi peptid, somatostatin, R modda, enkefalin, neyrotenzin, galanin va boshqalar kiradi. Funktsional jihatdan, enteral asab tizimining hujayralari, yo qo'zg'atuvchi yoki tormozlovchi hisoblanadi. Me'da-ichak traktida neyronli tizim bilan bir qatorda endokrin hujayralar ham mavjud bo'lib, ular shilliq pardaning epitelial qatlamida va me'da osti bezida joylashgan, tarkibida monoaminlar hamda peptid tabiatli moddalar (gastrointestinal gormonlar) mavjud. Endokrin hujayralar, me'da-ichak trakti bo'ylab tarqoq joylashganligi tufayli, ularning majmuasi - diffuziyali endokrin tizim deb nomlangan. Bir xil hujayralarda (YES1, YES2) peptidlar bilan bir qatorda serotonin ham borligi aniqlangan. Me'daning shilliq pardasida, tarkibida gistamin bo'lgan hujayralar gormonlarning ajralishi, ularga, me'da-ichak trakti bo'shlig'idan endokrin hujayralarga mexanik va kimyoviy ta'sir ko'rsatilgan paytda, boshqa boshqaruv peptidlar ta'siri ostida sodir bo'ladi. Me'da-ichak traktining diffuziyali endokrin tizimi hujayra-nishonlariga boshqaruv ta'siri ikkita yo'l, ya'ni endokrin va parakrin yo'l bilan amalga oshiriladi. Endokrin yo'l bilan boshqarishda fiziologik faol modda hujayradan ajralib qon tashuvchi kapillyarlarga kelib tushadi, so'ngra, jigarning portal tizimidan, qon aylanishining kichik doirasidan o'tadi va katta qon aylanish doirasiga o'tgandan keyingina, arterial qon bilan hujayra-nishonlarga yetib keladi. Parakrin yo'l bilan boshqarilganda hujayralararo bo'shliqqa ajralgan modda qon oqimiga tushmaydi va shu tufayli, yaqin joylashgan hujayra-nishonga ta'sir ko'rsatadi. Ovqat hazm qilish tizimini neyrogumoral boshqarish ko'p omilli ta'rifga ega, ya'ni me'da-ichak traktining effektor hujayralari neyrogen ta'sirga, hamda gormonal tabiatli bir qator moddalar ta'siriga uchrashi mumkin. Ovqat hazm qilish tizimining asab va endokrin elementlari o'zaro bog'liq va neyroendokrin boshqaruv zanjiriga birlashgan. Ovqat hazm qilish tizimi boshqaruv ta'sirlarining funktsional intengaratsiyasi turli xil samaralar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Masalan, neyronga yoki boshqa Qo'zg'aluvchan hujayralarga, neyrogen yoki gormonal rag'bat kelib tushgan paytda, ular faolligining initsiatsiyasi yoki modulyatsiyasi sodir bo'lishi mumkin. Birinchi holda rag'bat, tinch holatdagi hujayralar faolligini ishga tushirib yuboradigan trigger vazifasini bajaradi, ikkinchi holda esa, u, funktsiya qilayotgan hujayralarning faollik darajasini o'zgartiradi. Effektor hujayralarga gormonal omillar birgalikda ta'sir ko'rsatgan paytda, funktsional samaralarning potentsiallashuvi yoki ingibirlashuvi namoyon bo'lishi mumkin. Ikkita rag'batning birgalikda ta'siri tufayli chaqirilgan samara kattaligi, har bir rag'bat alohida chaqiradigan samara yig'indisidan ortiq bo'lganda - potentsiallashuv namoyon bo'ladi. Ingibirlashuv esa, bir rag'bat chaqirgan samarani, ikkinchi rag'bat bir vaqtning o'zida ta'sir qilganda kamaytirishida namoyon bo'ladi. Ovqat hazm qilishning mohiyati va tiplari. Me'da-ichak traktidagi mexanik jarayonlar ovqatning tarkibiy tuzilishini va fizikaviy xossalarini, ya'ni zichligini, konsistentsiyasini, zarrachalarining kattaligini va boshqalarni o'zgarishiga olib keladi. Bu hol, chaynash, me'da-ichak trakti mushaklarining qisqarishi, hazm shiralarini suyuq qismlarining ta'siri oqibatida yuzaga keladi. Fizik-kimyoviy jarayonlar (masalan, me'dada xlorid kislotaning yoki ichakda o'tning yuzaki-faol moddalarining ta'siri) ovqat zarrachalarining bo'rtishiga, ular yuzasining tarangligini ortishiga, enzimlarning faollashuviga, tuzlarning eruvchanligini ortishiga yordam beradi. Biologik jarayonlar - ovqatni me'da-ichak trakti bo'limlari orqali sekin-asta o'tishi paytida, uning oziqa polimerlarini enzimli gidroliz oqibatida, avval oraliq mahsulotlargacha, so'ngra monomerlargacha parchalanish jarayonlaridir. Ovqat hazm qilish traktidagi enzimli tizimga quyidagilar kiradi: 1. Ovqat hazm qilish sekretlarining enzimlari, ular devor ichidagi yoki devor ortidagi bezlar tomonidan ajratiladi; 2. Ovqat hazm qilish traktidagi mikroorganizmlar tomonidan hosil qilinadigan enzimlar; 3. O'simlik ozuqalari tarkibidagi enzimlar. Oqsillarni parchalashda proteazalar (endo - va ekzopeptidazalar), uglevodlarni parchalashda - karbogidrozalar (amilaza, glyukozidoza, invertaza, galaktozidaza), nuklein kislotalarni parchalashda - nukleazalar (ribonukleaza, dezoksiribonukleaza), yog'larni parchalashda - karboksil esterazalar (lipaza, fosfolipaza, xolinesteraza) qatnashadi. Oziqa moddalar gidrolizining yakuniy mahsulotlari monomerlar, ya'ni oqsillar gidrolizida - aminokislotalar, yog'lar gidrolizida - yog' kislotalari va glitserin, uglevodlar gidrolizida - oddiy geksozlar, asosan glyukoza hisoblanadi. Nuklein kislotalar purinlar, pirimidonlar, ribozalar, dezoksiribozalar va fosfatlargacha parchalanadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda yakuniy metobolitlar o'zgacha bo'lishi mumkin. Ovqat hazm qilish enzimlarining spektri va faolligi hayvonlarni ovqatlanish xarakteriga bog'liq bo'lib, etxo'r va yirtqich hayvonlarda proteazalar, o'txo'rlarda - karbogidrazalar ustunlik qiladi. Enzimlar spektri hayvonlarning yoshiga qarab ham o'zgaradi. Ovqatni mikroblar tomonidan qayta ishlash (bu ham enzimli) me'da-ichak traktining turli bo'limlarida yashaydigan bakteriyalar va oddiy jonzotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonlar kavsh qaytaruvchi hayvonlarning me'da oldi bo'limida, ayniqsa, jadal sodir bo'ladi. Mikroorganizmlarning faol ishtirokida sodir bo'ladigan ovqat hazm qilish tipi simbiont deb nomlanadi (grekchadan sym-hamkorlikda, biontos-yashovchi). Bunda, mikroorganizmlarning enzimlari yordamida, xo'jayin yutgan ovqatning komponentlari parchalanadi va utilizatsiya qilinadi, xo'jayinning o'zi esa, mikroorganizmlar hayot faoliyatining mahsulotlaridan hamda simbiontlar tarkibiy tuzilmalaridan iborat ikkilamchi ozuqadan foydalanadi. Oxirgisi, asosan kavsh qaytaruvchi hayvonlarga taalluqli. Download 27.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling