1-ma’ruza. “O‘zan oqimi dinamikasi. O‘zanni rostlash fanining maksadi va vazifalari


Download 139.75 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi139.75 Kb.
#1470975
1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza

Toshqin tartiboti

Daryolar oqim tartibotining asosiy ko‘rsatkichi sifatida ularning gidrografi hisoblanadi, u har bir berilgan kesimda suv sarfining vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ko‘rsatadi.


Gidrograflarni taxlil qilish asosida daryo faoliyatidagi uchta mavsumni ajratish mumkin:
1) qishki mavsum - suv sarfi kichik va o‘zgarishi kam bo‘ladigan mavsum;
2) toshqin mavsumi - bahorgi erigan qor, yomg‘ir-jala suvlari, muzliklar va yuqorida joylashgan qorlar erishidan oziqlanish davri;
3) yozgi- kuzgi mavsum past suv kelish davri, vaqti- vaqti bilan uncha katta bo‘lmagan toshqin suvlari asosan yomg‘ir yog‘ishidan hosil bo‘lishi mumkin.
Tekislikdagi daryolarda toshqin davri ancha cho‘zilgan bo‘lib (aprel - may - iyun), toshqin vaqtida suv sarfining o‘zgarish miqyosi daryoning oziqlanish sharoitiga hamda suv yo‘lida oqimni boshqarib turadigan ko‘l yoki suv omborlari bor yo‘qligiga qarab o‘zgarishi mumkin

1-расм. Текисликдаги дарёларнинг намунавий гидрографи.

Tog‘ daryolari gidrografida daryoning oziqlanishi yomg‘ir hisobiga bo‘lsa toshqin suvi birdaniga ko‘tarilib, maksimal qiymat toshqin cho‘qqisiga yetib keyin tushishi mumkin. Agar daryoning oziqlanishi qor va muz erishi hisobiga bo‘lsa gidrografda ikkita yuqori toshqin cho‘qqisini ko‘rsatish mumkin: birinchisi qorlar erishi paytida (aprel - may), ikkinchisi muzliklarning erishi paytida (iyun - iyul - avgust) (2.2-rasm).
Gidrograflarning har-xilligi daryolarning turlicha oziqlanish sharoitiga mos tushadi, u oqim tezligi tartibotiga qattiq ta’sir qiladi. Oqim tartiboti o‘zgaruvchan bo‘lib, daryoning turli kesimlarida toshqinning jadalligi va davomiyligi bir xil qiymatga ega bo‘lavermaydi. Buning sababi daryodagi oqimga kelib tushgan muz va yomg‘ir suvlarining bir qismi daryo b’efida ushlanib qoladi, natijada suv sathi ko‘tariladi; bu daryodagi suv sarfining tabiiy yig‘ilishi qancha ko‘p bo‘lsa, daryoning suv bilan qoplangan maydoni va poymasi shuncha katta bo‘ladi. Volga, Kama, Don, Amudaryo, Sirdaryo va boshqa shu kabi daryolarda suv sathining birdan ko‘tarilishi va poymalarning suv bosishi, yig‘ilgan suvlar hajmi katta qiymatga ega bo‘ladi.
Toshqin qaytayotgan paytda esa teskari jarayon yuz beradi: quyi kesimdagi suv sarfi yuqori kesimdagi suv sarfiga nisbatan ortiq bo‘ladi. Shunday qilib, toshqin daryo oqimi bo‘ylab tekislanadi, yuqori qismiga nisbatan davomiyligi katta bo‘ladi. 2-rasmda daryoning ikkita turli kesimlari uchun gidrograf keltirilgan bo‘lib, yuqorida bayon qilingan jarayonning to‘g‘riligini ko‘rsatadi. Oqim bo‘yicha toshqin harakatida shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, toshqin sarflarining maksimal qiymatlari ketma-ket joylashgan kesimlarda bir vaqtga to‘g‘ri kelmaydi, vaqt bo‘yicha bir-biriga nisbatan surilib keladi. Jarayonni kuzatib, shunday xulosa qilish mumkin: oqim tartiboti vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan, turg‘unmas (beqaror) xususiyatga ega bo‘ladi, toshqin vaqtida suv sathi qanchalik tez ko‘tarilib tushsa, daryoning turli kesimlarida oqim tartibotining bir xil emasligi shuncha ko‘p namoyon bo‘ladi; toshqin davri qancha uzoq va poymaning o‘lchamlari katta bo‘lsa oqim harakatida o‘zgaruv-chanlik kamroq kuzatiladi.4-rasmda uchta kesimdagi toshqin to‘lqinlarining maksimal qiymatlari birgalikda keltirilgan. Qishki va kuzgi mavsumlarda suv sarfining tartibotida yetarlicha turg‘unlik kuzatiladi, vaqt bo‘yicha o‘zgarish kichik.


2-расм. Тоғ дарёларининг намунавий гидрографи.

Toshqin oqimi harakatini o‘rganishda ikki xil yondoshish mumkin:


1- beqaror oqim xarakati qonuniyatlarini mukammal o‘rganish bu holda toshqin davrida daryodagi suv sathining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi kuzatiladi;
2- suv sarfi o‘zgarishi har-xil kesimlarda va vaqt bo‘yicha oz deb hisoblab, barkaror harakat mavjud demakdir, bunda suv sarfining ko‘payishi va kamayishi-dagi o‘zgarishlar hisobga olinmaydi.

Daryoning berilgan ikkita kesimi uchun beqaror tartibot uchun oqimning uzluksizlik tenglamasini quyidagi ko‘rinishda yoziladi (5-rasm):


a) S oraliqda yon tomondan suv kelishi yo‘q bo‘lgan holat uchun


Download 139.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling