1-ma’ruza. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Reja


Psixologiyasining asosiy tamoyillari


Download 37.86 Kb.
bet4/7
Sana31.01.2023
Hajmi37.86 Kb.
#1144382
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 мавзу Психологиянинг ривожланиш тарихи

4.Psixologiyasining asosiy tamoyillari

Psixologiya fanining rivojlanishi qator bosqichlarni oʻz ichiga qamrab olib, bu davrlarda samarali tadqiqot ishlari olib borilgan. Aynan tadqiqot ishlarini samarali boʻlishi uchun fan doirasida tamoyillarni ishlab chiqish uchun zarurat sezila boshladi. Bu boradagi ishlar Amerika va boshqa chet el psixologiyasi yoʻnalishlari namoyondalari tomonidan ilgari surildi. XX asr boshlarida bixeviorizm, freydizm yoʻnalishlari vujudga kelgan edi.


Bixeviorizm yoʻnalishi hayvonlarda oʻtkazilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan boʻlib, uning namoyondalari E.Torndayk va Dj.Uotsonlar hisoblanadi. "Bixeviorizm" ingliz tilida "xulq-atvor" degan ma’noni bildiradi. Bu oqim psixika va ongni inkor qilib, xulq bilan tashqi muhit oʻrtasidagi munosabatlarni, qonuniyatlarni tekshirishni taklif qiladi. Ularning fikricha, psixologiyaning vazifasi stimulga (qoʻzgʻatuvchi), ya’ni sezgi a’zolariga ta’sir qilayotgan qoʻzgʻatuvchiga oʻq otish, unga qanday javob reaksiyasi boʻlishini, yoki bunday reaksiyani qanday stimul tugʻdirishini oldindan aytib bera olishdan iborat. Bixevioristlarning formulasi "S -> R" dir.
Freydizm yoʻnalishiga venalik psixiatr Z.Freyd asos solgan. Uning fikricha, odam mohiyatiga koʻra hayvonga oʻxshaydi. Odamning xulq-atvori va xarakatlari ikkita tamoyilga: rohatlanish va reallik tamoyiliga boʻysundirilgan boʻladi. Bu oqim ham insonning ongiga ishonmaydi Z. Freyd oʻzining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta’limotga aylantirib, qarb mamlakatlarida katta e’tibor qozondi.
1923-yilda psixologlarning birinchi yigʻilishida K.N.Kornilov psixologiyani qayta qurish vazifasini ilgari surdi. Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol oʻynagan psixologlar quyidagilar: B.Ananev, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, LS.Vigotskiy, R.S.Nemov va boshqalar, shuningdek keyinchalik oʻzbekistonda ham yirik olimlar yetishib chiqdi. Ular jumlasiga M.G.Davletshin, E.Gʻ.Gʻoziyev, M.Voqidov, V.A.Tokareva. R.Z.Gaynutdinov, V.M.Karimova, Gʻ.B.Shoumarov, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqorida nomlari tilga olingan olimlar oʻzlarining gʻoyalari va milliy mafkuralar bilan yoshlarda tafakkur sifatlaridan "mustaqillik", "tanqidiylik" kabilarni shakllantirishga e’tibor bermoqdalar.
Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga boʻlgan talab-ehtiyoj juda kuchayib ketdi. Yoshlar ma’naviyatini boyitish uchun ularning dunyoqarashi, tafakkuri, irodasi, umuman olganda ongini oʻstirish zarur. Buning uchun eksperimental ishlarni kuchaytirishi, ta’lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida qayta qurishi lozim. hozirda Respublikamiz universitetlarining psixologiya boʻlimlari, kafedra, laboratoriyalari ilmiy fikrlar markaziga aylantirildi.


Download 37.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling