1-m’aruza. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari Maruza rejasi


Download 31.12 Kb.
bet1/6
Sana28.10.2023
Hajmi31.12 Kb.
#1729076
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-m’aruza. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslar


1-m’aruza. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari


Maruza rejasi



  1. Qurilish materiallari va buyumlari tayyorlashning asosiy prinsiplari

  2. Qurilish materiallari ishlab chiqarish tarixi

  3. Ikkilamchi resurslardan foydalanish

  4. Qurilish materiallari tasnifi va standartlari

Qurilish materiallari va buyumlari tayyorlashning asosiy prinsiplari, ishlab chiqarish tarixi. Hozirda kashf etilgan materiallar, materiallar hom ashyo bazasi, ikkilamchi resurslar materiallari tasnifi va standartlari, me`yorlari va qoidalaridan iboratdir.


Qurilish materiallari - binolar (inshootlar) qurish va taʼmirlashda ishlatiladigan tabiiy va sunʼiy ashyolar hamda buyumlardan iborat. Umumiy ishlarga moʻljallangan tarkibiy, sement, beton, yogʻoch materiallar va maxsus akustika materiallari, issiqlik izolyatsiya materiallari, oʻtga chidamli materiallar shular jumlasidandir.
Qurilish materiallari va buyumlari tayyorlashning asosiy prinsiplari
Tabiiy tosh materiallar - mexanik ishlov beriladigan togʻ jinslari qoplama plitalar, chaqiq tosh, shagʻal va boshqalardan iboratdir.
Keramik materiallar va buyumlar tuproqli xom ashyolardan qoliplash, pishirish yoʻli bilan tayyorlanadi.bunga misol qilib keramika ashyolari va g’ishtni olishimiz mumkin.
Anorganik bogʻlovchi moddalar suv bilan aralashganda plastik boʻtqaga, keyin toshsimon holatga aylanadi. Beton va qorishmalar bogʻlovchi moddalar, suv va toʻldirgichlar aralashmasidan olinadigan, maʼlum fizik-mexanik va kimyoviy xossalarga ega boʻlgan tabiiy tosh materiallar, yirik oʻlchamli yigʻma konstruksiyalar va buyumlar tayyorlashda yengil betonlar ishlatiladi. Konstruktiv elementlarning egilish va choʻzilishga mustahkamligini oshirish uchun beton poʻlat armaturalar bilan birgalikda tayyorlanadi ( Temirbeton, Temir-beton konst-ruksiyalar).
Metallardan qurilishda, asosan, poʻlat prokatlar ishlatiladi. Poʻlatdan armaturalar, bino karkaslari (sinchlari), quvurlar, trubo-provodlar, yopma materiallar va boshqalar tayyorlanadi. Shu bilan birga alyuminiy qotishmalaridan ham foydalaniladi. Issiqlik izolyatsiya materiallari (mineral paxta, penobeton, asbest, penoshisha, fib-rolit va boshqalar) bino, inshoot, sanoat jihozlarining oʻraladigan konstruksiyalari uchun, quvurlarning issiqlik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi. Organik bogʻlovchi moddalar va gidroizolyatsiya materiallari bitumlar, ruberoid, to’l, asfalt-beton va boshqa polimerat sintetik polimerlar asosida tayyorlanadigan materiallarning katta guruhiga kiradi. Ular pollarga toʻshashda (linoleum, relin va boshqalar), konstruksion va pardozlash materiallari (shisha-plastlar, bezak plyonkalar), issiqlik va tovush izolyatsiya materiallari (pe-noplastlar, shishaplastlar) sifatida ishlatiladi.
Lak va boʻyoqlar — boʻyaladigan konstruksiya sirtida bezak va himoya qoplamasi hosil qiladi. Ular organik va anorganik bogʻlovchi moddalar asosida tayyorlanadi..
Oʻzbekistonda qurilish materiallaridan bo’z tuproq, sement, alebastr, ganch, qum, shagʻal, marmar va yogʻoch mavjud. Qurilish materiallari uchun O’zbekiston Respublikasi standartlarida jami 120 tadan koʻp standart qabul qilingan (2005 yilgacha).

Download 31.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling