1 Ma’ruza: Qutqaruv ishlari fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazishning huquqiy asoslari


Download 52.72 Kb.
bet1/5
Sana10.02.2023
Hajmi52.72 Kb.
#1184973
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 мавзу


1 Ma’ruza: Qutqaruv ishlari fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazishning huquqiy asoslari.
Reja:
1. Qutqaruv ishlari fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari.
2.Fanning hayot-faoliyati havfsizligi-muxandisi tayyorlashdagi o’rni.
3. Qutqaruv va shoshilinch avariya-tiklash ishlari
Iqtisodiyot tarmoqlari jadal rivojlanayotgani, ishlab chiqarish texnologiyalarining murakkablashib borayotgani, ishlab chiqarish obyektlarining aholi punktlariga yaqin joylashtirilayotgani, aholi soni ko’payib, urbanizatsiya jarayoni tezlashayotgani, xavfli tabiiy jarayonlarning tez-tez sodir bo’layotgani va ko’lami kengayib borayotgani, shuningdek, transchegaraviy xavflarning mavjudligi tabiiy hamda texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar paydo bo’lish xavfini yanada oshirmoqda.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: “Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va kafolatlari” kitobida, quyidagilarni yozadi:
Bizning avlodimiz doimo xaflar va tahdidlar qamrovida yashamoqdalar. Bunday xaflar va tahdidlar: global va mahalliy, to’g’ridan-to’g’ri va oldindan puxta o’ylangan, barqaror va o’tkinchi xillarga bo’linib, ulaning biri paydo bo’lsa, uning o’rniga boshqasi keladi va o’rinlari almashinib turadi.
Insonlar kundalik hayoti va faoliyati davomida har kuni ko’chada, ishda transportda va hatto o’z uyida aniq bir xavfga duchor bo’ladi.
Turli-tuman xavflardan har biri favqulodda vaziyat manbai bo’lib xizmat qiladi va ayni bir paytda favqulodda vaziyat holatiga aylanishi mumkin.



FV


Xavf
(FV manbai)

Favqulodda vaziyat oldin ham bo’lgan va keyin ham bo’ladi, afsuski ularning miqdori va ko’lami doimo rivojlanib, o’sib bormoqda.
BMT ma’lumotlariga ko’ra:
o’tgan asrning 60-yillarida yer yuzining 1,6 % aholisi FV lardan aziyat chekdi.
80-yillarda yer yuzining 3,5 % aholisi aziyat chekdi.
Shu bilan birga, amaldagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi faoliyatining tahlili mamlakat aholisi va hududlarini tabiiy ofatlar, texnogen avariya va halokatlardan muhofaza qilishga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan bir qator muammoli masalalar mavjudligini ham ko’rsatmoqda.
Xususan, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash tizimini yanada modernizatsiya qilish talab etiladi. Ushbu tizim bugungi kunda xavfli gidrometeorologik holatlarning mavjud xavf-xatarlarini hamda ular yuz berganda harakat qilish mexanizmlarini manzilli aniqlash imkonini bermaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2022 — 2026 yillarda mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 92 maqsadida «Yong’in-texnik vositalarini ishlab chiqarishga xususiy sektorni jalb yetish.»1 favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish borasida ham aniq ustivor masalalar belgilab berilgan.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish sohasidagi muammolarni hal qilish uchun mamlakatimizning mavjud ilmiy salohiyatidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti. Qutqaruv tuzilmalarining moddiy-texnik ta’minoti, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlarda himoya qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash, fuqarolarni bunday vaziyatlar ro’y berganda to’g’ri harakat qilishga o’rgatish, xavfli tabiiy jarayonlar kuchayishi bilan bog’liq mavjud xatarlar, shuningdek, texnogen avariya va halokatlar xavfi to’g’risida o’z vaqtida va aniq xabardor qilish tizimi bugungi kun talablariga to’liq javob bermaydi.
Shu boisdan ko’pgina mamlakatlarda tabiiy ofatlardan so’ng vayronalar orasidagi jabrlangan kishilarning qariyib yarmiga, yaqin kishilari va qo’shnilar yordam beradilar, ularning taxminan 30 foizini jamoat ko’ngilli qutqaruvchilari qutqaradilar. Boshqacha qilib aytganda, ofatdan keyingi dastlabki damlarda qutqaruv tadbirlarining 80 foizi ko’ngilli qutqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Bugungi tabiat injiqliklari ko’p kuzatilayotgan bir vaqtda aholining yuz berishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlar, ularning xususiyatlari, keltirishi mumkin bo’lgan talofatlarini kamaytirish usullari haqida bilim va ko’nikmaga ega bo’lishligi o’ta muhim masaladir.
Avariya –qutqaruv ishlari tabiiy ofatlarni kelib chiqish sabablarini, nazariy masalalari va amalda ularni oldini olish, muxandislik-qutqaruv ishlarini va avariyalardan keyin tiklash ishlarini olib borish ishlarini o’rganishni o’z ichiga oladi.
Korxona avariyalarida va tabiiy ofatlarda (zilzilalarda, to’fonlarda, suv toshqinlarda, tog’ ko’chkinlarida, o’rmon yong’inlarida va boshqalar), har xil tabiiy va iqlim sharoitlarida, ulardan kelib chiqqan asoratlarni bartaraf qilish masalalarini o’rganadi. Shu bilan bir qatorda xavf xatar oldini olish, kechiktirib bo’lmaydigan yordamlarni ko’rsatish bo’yicha bilimlarni o’rgatishdan iborat.
Qutqaruv hamda shoshilinch avariya-tiklash ishlari murakkab sharoitlarda vayronagarchilik va nurab tushishi ehtimoli bo’lgan hollarda, kuchli yong’inlarda, yer qimirlaganda, radioaktiv, kimyoviy va bakteriologik zararlanganda, takroriy zarba ostida hududni suv, zaharli moddalar bosganda o’tkaziladi.



Download 52.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling