O‘zbekiston Respublikasi qonunlari:
- Axolini va xududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish to‘g‘risida (1999 yil 20 avgust - 5 bo‘lim va 27 moddadan iborat). Qonun axolini va xududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish soxasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar yuzaga keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni maqsad qilib qo‘yadi.
- Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida (2000 yil 26 may - 4 ta bo‘lim va 23 moddadan iborat). Ushbu qonun fuqaro muhofazasi soxasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.
Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida (2008 yil 26 dekabr - 5 ta bob, 31 ta modda). Ushbu Qonunning maqsadi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi soxasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonuni 2006 yil 28 sentyabr. Xavfli ishlab chiqarish obektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori:
Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va er ko‘chki xodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida (2007 yil 19 fevral, PK-585-sonli). Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va er ko‘chki xodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan axoli va xududlarni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni o‘z vaqtida va samarali tashkil etish, shuningdek ularning oqibatlarini tezkorlik bilan tugatish maqsadida qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |