1. Ma’ruza. Quymakorlik texnologiyalari faniga kirish


Ferrit- uglerodning va boshqa elementlarning


Download 30.68 Kb.
bet2/5
Sana01.11.2023
Hajmi30.68 Kb.
#1738571
1   2   3   4   5
Bog'liq
1- маруза

Ferrit- uglerodning va boshqa elementlarning- temirdagi singish qattiq yoeritmasidir. 727oS gacha xaroratda -ferrit (S = 0,006...0,025 %), yuqori xaroratlarda esa - ferrit (S ≤ 0,1 % gacha) mavjud bo’ladi. Ferrit X.M.Q panjaraga ega; uning asosiy mexanikaviy xossalari quyidagicha:
v = 250 N1sm2; = 50 %; = 80 %; NV = 80...90.
Temir - tsementit (temir-uglerod) xolat diagrammasi har xil xaroratlarda temir bilan uglerod qotishmalarining fazaviy tarkibini va strukturasini ko’rsatadi. Amalda temir-uglerod qotishmalaridan tarkibida 6,67 % gacha uglerodi bo’lgan, ya’ni 100 % tsementit hosil qiladigan diagramma qismi muxim ahamiyatga ega. SHuning uchun temir-uglerod diagrammasining ana shu qismi taxlil qilinadi va u temir-tsementit diagrammasi deb ataladi.
CHo’yanlar.
Temir-uglerod qotishmasi tarkibidagi uglerod miqdori 2,14% dan ko’p bo’lgan qotishmalar shartli ravishda cho’yanlar deb ataladi.
CHo’yanlarning oq yoki qo’l rang bo’lishi, asosan, ular tarkibidagi qo’shimcha elementlarning miqdoroga, bu elementlarning o’zaro munosabatiga bog’liq. CHo’yanlarda doimo bo’ladigan elementlar (C, Si, Mn, P va S) ning cho’yan strukturasiga qanday ta’sir etishi bilan tanishib chiqamiz.
Uglerod. Uglerod cho’yan tarkibidagi muxim elementlardan biri bo’lib, uning miqdori oddiy quyma cho’yanlarda 3,2% dan 3,5% gacha, sifatli cho’yanlarda esa 2,7% gacha yetadi. CHo’yanda uglerod ikki xil ko’rininshda: grafit ko’rinishida, ya’ni erkin xolatda va kimyoviy birikma (Fe3C) – tsementit ko’rinishida bo’ladi. CHo’yanda uglerod qancha ko’p bo’lsa, grafit ajralib chiqishi ham shuncha ko’p bo’ladi.
Kremniy. Kremniy cho’yan quymalarining qotishida uglerodning erkin xolda, ya’ni grafit tarzida ajralib chiqishiga ko’maklashadi. Kremniy cho’yanlarning qolipga quyilish xossalarini yaxshilaydi. Odatda, qo’l rang cho’yanlarda kremniy miqdori 1,25% dan 4,2% gacha bo’ladi.

Download 30.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling