1. Ma’ruza. Quymakorlik texnologiyalari faniga kirish


Download 30.68 Kb.
bet5/5
Sana01.11.2023
Hajmi30.68 Kb.
#1738571
1   2   3   4   5
Bog'liq
1- маруза

Avtomatbop po’latlar
Tez yurar avtomat dastgoxlarida kesib ishlash uchun mo’ljallangan po’latlar avtomatbop po’latlar deb ataladi. Bu po’latlar kam yuklanadigan detallar - bolt, gayka, vint va boshqalar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Avtomatbop po’latlar yaxshi kesib ishlanadi, ishlov berilgan yuzalari silliq va yaltiroq bo’lib chiqadi. Bu po’latlarning tarkibida 0,15...0,3 % oltingugurt, 0,05...0,15% fosfor bo’ladi. Bu elementlar kesuvchi asbobning turg’unligini oshiribgina qolmay, balki yo’nilgan yuzaning yaxshi, sifatli chiqishiga ham sabab bo’ladi.
Legirlangan po’latlar
Agar po’lat tarkibida ugleroddan tashqari boshqa elementlar ham mavjud bo’lsa, Fe-Fe3C digrammasidagi faza o’zgarish chiziqlari o’zgaradi. Ferrit, austenit, tsementit fazalaridagi uglerodning erishi va ularning muvozanat xarorati turlicha bo’ladi. Demak qotishmaga o’zga qo’shimchalar qo’shib, struktura o’zgarishlariga erishish orqali po’lat xossalarini boshqarish mumkin. Bunday maqsadda qo’shiladigan qo’shimchalarni legirlovchi elementlar, qotishmalarni esa legirlangan po’latlar deyiladi. Po’lat ishlab chiqarish amaliyotida legirlovchi elementlar sifatida Cr, Mo, Co, Ni, V, Ti, W, Zr, Nb, Mn va Si kabi elementlar qo’llaniladi, ular po’latning fizik-mexanik va texnologik xossalarini yaxshilaydi.
Legirlangan po’latlar kimyoviy tarkibi, mikrostrukturasi va ishlatilish soxasiga ko’ra turlarga bo’linadi.
Legirlangan po’latlar kimyoviy tarkibidagi legirlovchi elementlar soniga qarab xromli, molibdenli, kremniyli, xrom-nikelli, xrom-nikel- molibdenli va xk turlarda bo’linadi.
Legirlovchi elementlarning miqdoriga ko’ra kam legirlangan (2,5 % gacha LE), o’rtacha legirlangan (2,5...10 % LE) va ko’p legirlangan (10 % dan ko’p LE) po’latlar guruxlariga bo’linadi.
Legirlangan asbobsozlik po’latlari kesish, o’lchash, zarb berish va shtamplash asboblarini tayyorlashda ishlatiladi. Bu po’latdan yasalgan asbobning sifati uglerodli po’latdan yasalgan asboblarnikidan yuqori, u qattiqroq va yeyilishga chidamli legirlangan asbobsozlik po’latlari kesish, o’lchash, zarb berish va shtamplash asboblarini tayyorlashda ishlatiladi. Bu po’latdan yasalgan asbobning sifati uglerodli po’latdan yasalgan asboblarnikidan yuqori, qattiqroq va yeyilishga chidamli.
Download 30.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling