1-ma’ruza “Radioelektron qurilmalarni konstruksiyasi va loyihalash” faniga kirish. Darsning maqsadi
Loyihalash jarayonining asosiy tushunchalari
Download 22.78 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konstruksiya
- Konstruktorlik hujjatlar
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Loyihalash jarayonining asosiy tushunchalari.
Loyihalash – mahsulotning ishlashi, ulardan amaliyotda foydalanish uchun asosiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishdan iborat. Loyihalash jarayonining natijasi bo‘lib konstruksiya hisoblanadi. Konstruksiyalash – mahsulotning konstruktorlik va texnologik hujjatlarda elektr, mexanik, issiqlik va boshqa elementlar orasidagi bog‘lanishlarni tasvirlash, ko‘rsatishni tashkillashtirishning ob’ektiv jarayonidir. Bog‘lanishlarni tashkillashtirish real asbob va sistemalarni montaj qilish, elektr-prinsipial sxemasini yaratish, maketlashtirish va o‘rnatishni, issiqlik va boshqa maketlarini yaratish ularni tekshirish va mukammallashtirishni o‘z ichiga oladi Konstruksiya – bu insonlar tomonidan su’niy yaratiladigan, berilgan sharoitlarda zaruriy funksiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan va aniq parametrlar bilan xarakterlanuvchi, tugallangan shaklga ega bo‘lgan fizik jismlar to‘plamlaridir. Konstruksiya tushunchasi doimo insonning aktiv faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Konstruksiyaning xususiyatlari va parametrlari mahsulotning tashkil etuvchi qismlarining o‘zaro aloqasiga, undan tashqari mahsulotning atrof-muhit va insonlar bilan bilan aloqasiga bog‘liq bo‘ladi. Konstruksiyani izohlash, ya’ni loyihalashning konstruktorlik loyihalash bosqichi mahsulotning o‘lchamlarini, ko‘rinishini, shaklini va bir qancha boshqa parametrlarini o‘rnatish bilan bog‘liqdir. Ular texnik chizmalar, rasmlar, maketlar va boshqalar ko‘rinishida konstruktorlik hujjatlarda aks ettiriladi. Konstruktorlik hujjatlar - bu mahsulotni ishlab chiqarish, tayyorlash, nazorat qilish, qabul qilish, yetkazib berish, ishlatish va ta’mirlash uchun zaruriy bo‘lgan va ularni mo‘ljallanishiga bog‘liq ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan hujjatlar to‘plamlaridir. RE qurilmalarini rivojlanish tarixi. REV rivojlanish tarixi bo‘yicha bir qancha avlodlarni o‘z ichiga oladi. Bu avlodlarning har biri o‘zining funksional rivojlanishi va foydalanilgan elementlar bazasi bo‘yicha xarakterlanadi. Eng uzoqga cho‘zilgan bosqich birinchi bosqich bo‘lib, bu avlodning davri XX asrning 60 yillarigacha davom etdi. Bu davrda REV asosini elektrovakuumli asboblar, ya’ni oddiy diodlardan boshlab, murakkab ko‘psetkali lampalar tashkil etgan. Bunday REVlar og‘ir va hajmlari katta hisoblanardi. Konstruktorlarning asosiy vazifalari qurilmaning qism va elementlarini optimal kompanovka qilish orqali, uning massasini kichraytirish hisoblanardi. Konstruksiyalarda kirish va chiqish zanjirlarini alohidalash va REV ning nurlanuvchi elementlarini (O‘YuCh-elementlari, drossellar, transformatorlar) magnit va elektromagnit ekranlashtirishni amalga oshirish kerak bo‘lardi. Ikkinchi bosqich avlodlari 50 yillarning o‘rtalaridan boshlanib 80 yillarning boshlarigacha davom etgan. Bu bosqich REV larni loyihalashga yarim o‘tkazgichli elementlar, ya’ni diodlar tranzistorlar va tiristorlardan foydalanish bilan xarakterlanadi. Funksional imkoniyatlarining oshib borishi (10…15 marotaba) bilan birga, gabarit o‘lchamlari va energiya talabgorligi kamayib bordi. Undan tashqari REV ning narhining pasayishi maishiy xizmat ko‘rsatish vositalarining turlarini keskin ko‘payishiga olib keldi. Ko‘p miqdorda televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar ishlab chiqarila boshlandi. Shu davrdan boshlab bu apparaturalarning tashqi ko‘rinishlarini yaxshilash bo‘yicha izlanishlar olib borila boshlandi. Bu izlanishlarning natijasida ikkita ilmiy yo‘nalish, ya’ni ergonomika va sanoat estetikasi yuzaga keldi. Ergonomikaning asosiy talabi inson-operatorning imkoniyatlarini va xususiyatlarini REV sining chiqishidagi imkoniyatlari bilan birlashtirishdan iboratdir. 50 yillarning o‘rtalariga kelib yangi ishlanmalarning sanoat estetikasiga katta axamiyat berila boshlandi. XX asrning 70 yillariga kelib gibrid integral mikrosxemalarning va yarim o‘tkazgichlarning ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlanishi REV larining uchinchi avlodlarini yuzaga kelishiga olib keldi. Funksional imkoniyatlarini oshishi bilan birga ularning o‘lchamlari va og‘irligining ham sezilarli kamayishini yuzaga keltirdi. Bu davrga kelib, indikatsiya vositalarini rivojlanish sohasida ham ulkan o‘zgarishlar yuz berdi. Svetodiodlar va turli ko‘rinishdagi indikatorlar ishlab chiqarildi. Konstruktorlar maxsulotning yuza ko‘rinishini, dizaynini yaxshilash imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Katta integral mikrosxemalar sinfiga kiruvchi birinchi mikroprotsessorlarning yaratilishi bilan REVlarining to‘rtinchi avlodlariga asos solindi. Bu avlodning funksional yaratilishining asosiy xususiyati, sekin – asta signallarga analogli ishlov berishdan raqami ishlov berishga o‘tish bilan xarakterlanadi. Bu esa konstruktordan REVni loyihalashdagi qarashlarni o‘zgartirishni taqazo etadi. Elektromagnit moslashish va kichik hajmlarda normal issiqlik rejimini ta’minlash bo‘yicha muammolar yuzaga keldi va ular muvoffaqiyatli yechildi. Hozirga kelib inson hayotiga juda yuqori integrallash darajasiga ega mikrosxemalar asosidagi REV larning beshinchi avlodlari kirib kelmoqda. O‘zining tarkibida millionlab aktiv elementlardan tashkil topgpn qurilmalar juda yuqori tezkorlikda va ko‘p funksionallikda turli axborotlarga ishlov beradi. Bunday qurilmalarda signallarga ishlov berish raqamli ko‘rinishda, dastlabki va teskari o‘zgartirishlar kiritilib kerakli shaklga aylantirish amalga oshiriladi. zamonaviy boshqarish elementlarining va indikatsiya qilishning xarakterli xususiyatlari bo‘lib ularning ko‘p funksiyaliligi va o‘ziga o‘rnatilgan menyu orqali ishlashi hisoblanadi. REVlari qurilmalarining keskin murakkablashib ketishi loyihalovchi va yaratuvchilarning radiotexnika va radiosistema bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishlarini talab etadi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar RE qurilmalar rivojlanish bosqichlari qanday? Yangi mahsulotni yaratish jarayonini tushintirib bering. Radioelektron mahsulotni loyihalashga qanday talablar qo‘yiladi? Loyihalash jarayonining qanday asosiy tushinchalari mavjud? RE qurilmalarining qanday avlodlarini bilasiz? Download 22.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling