1-ma’ruza “Radioelektron qurilmalarni konstruksiyasi va loyihalash” faniga kirish. Darsning maqsadi


Download 22.78 Kb.
bet1/2
Sana25.10.2023
Hajmi22.78 Kb.
#1722459
  1   2
Bog'liq
1-маъруза


1-ma’ruza
Radioelektron qurilmalarni konstruksiyasi va loyihalash” faniga kirish.
Darsning maqsadi: talabalarga zamonaviy RE qurilmalarini loyihalash va konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumotlar berish.
Reja:

  1. Zamonaviy RE qurilmalarini loyihalash.

  2. Loyihalash jarayonining asosiy tushunchalari.

  3. RE qurilmalarini rivojlanish tarixi.


Zamonaviy RE qurilmalarini loyihalash. Radioelektron qurilmalarni ishlab chiqarish hozirgi davrda juda yuqori sur’atlarda rivojlanmaoqda. Radioelektron va hisoblash texnikasi inson faoliyatining ko‘plab sohalariga turli xil shakllarda – eng oddiy elektr zanjirdan tortib, o‘z tarkibiga minglab komponentlarni kirituvchi eng murakkab hisoblash tizimlari shakllarida kirib keldi.
RE vositalarining zamonaviy rivojlanish bosqichlari ularning funksional murakkabligi, integratsiya darajasi, tezkorligi va elementlar bazasining issiqlik ajratishining oshib borishi bilan xarakterlanadi. Bularning hammasi qurilma konstrutsiyasining murakkablashib ketishiga, ishlab chiqarishga va ishlash samaradorligiga bo‘lgan talablarni oshib ketishiga olib keladi.
Muvoffaqiyatli konstruktorlik yechimlarni tanlash uchun yaratuvchilar RE qurilmalarnining sinflanishi, konstruktorlik loyihalash jaryonini tashkillashtirish, RE vositalarining konstruksion sistemalarining texnik hujjatlari, materiallar va elementlar bazalari, RE qurilmalari konstruksiyalaridagi elektr bog‘lanishlar, tashqi ta’sirlardan konstruksiyalarni himoyalash, puxtalik ko‘rsatkichlarini baholash kabilar haqida tasavvurlarga ega bo‘lishlari kerak. Keyingi yillarda loyihalashning sxemotexnik masalalari bilan konstruktorlik-texnologik masalalarining o‘rtasidagai bog‘liqlik kuchayib borishi kuzatilmoqda.
Yangi mahsulotni yaratish jarayonida birinchi navbatda uning tezkorligini, xalaqitbardoshligini, ishlab chiqarish qobiliyatini va narhini ta’minlash muhim hisoblanadi. Shuning uchun yangi mahsulotni ishlab chiqishda asosiy tamoyil bo‘lib tizimli yondoshuv tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyil o‘rganilayotgan ob’ektni atrofdagi ob’ektlar bilan o‘zaro aloqasi asosida o‘rganishga asoslanadi. Tizimli yondoshuv masalasi bo‘lib maxsuslashtirilgan aloqani tadqiq qilish, alohida tipdagi sistemalarga tegishli qoidalarni o‘rnatish va shular asosida aniq uslublarni ishlab chiqish va ularni izohlash, o‘rganish hisoblanadi.
Radioelektron mahsulotni loyihalashda qo‘yiladigan asosiy talab, ishlab chiqilayotgan qurilma o‘zining analogiga nisbatan samaraliroq bo‘lishi, ya’ni ishlash sifati, miniatyurasi darajasi, texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha undan oshib ketishi talab qilinadi. Konstruktorlik-loyihalash ishlarini tezlashtirish va loyihalanilayotgan mahsulot narhini arzonlashtirish, asosan tipli bazaviy konstruksiyalardan foydalanish va loyihalashga avtomatlashtirilgan uslublarni qo‘llash hisobigan amalga oshiriladi.
Radioapparaturalarni rivojlantirishdagi zamonaviy bosqich bo‘lib asosan yangi avlod elektron komponentlaridan foydalanish, yuzaga montaj qilish texnologiyalarini qo‘llash va nanoelektronika sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq hisoblanadi. Bunday sharaoitlarda RE qurilmalarini yaratuvchilardan komponentlarni, plata va materiallarni tayyorlash jarayonlarini fizik-kimyoviy asoslari haqida, ularni o‘rnatish, payvandlash haqida, loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish uslublaridan foydalanish haqida bilimlar talab etiladi.
Ushbu darslik “Radioelektron qurilmalarni va sistemalari” yo‘nalishi va “Radiotexnik vositalar va aloqa tizimlari” mutaxassisligi talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda RE qurilmalarini loyihalash, konstruksiyalarini yaratish bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.


Download 22.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling