202-mashq. O‘qing. Kelishik va egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan ko‘rsatish olmoshlarini topib, gapdagi vazifalarini ayting. Ko‘chirib, ko‘rsatish olmoshlaridagi egalik qo‘shimchasi tagiga to‘g‘ri, kelishik qo‘shimchasi tagiga to‘lqinli chiziq chizing.
1. SHuni bilinglarki, posyolkani bor qiladigan ham, yo‘q qiladigan ham biz o‘zimiz. (P. Q.) 2. Agar biz bu ishlarni bilib-bilib qilsak, yaxshigina natijalarga erishishimiz turgan gap. (N. Biryukov.) 3. Buning endi haqiqatga yaqinroq. (E. Xeminguey.) 4. Qani endi rassom bo‘lsam-u, o‘sha musaffo go‘zal tongni, ko‘k bilan o‘pishgan azamat tog‘larni, shudring qo‘ngan ko‘m-ko‘k bedazorni, ariq bo‘yidagi bir tup kungaboqarni suratga solsam! (CH. Ayt.) 5. Tolqon... shunday mazali bo‘lardiki, uning ta’mini faqat yeganlargina bilardi. (N. S.) 6. — Yarash. Tinchlik yaxshi gap, — dedi partizan, — ammo kim kim bilan yarashmoqchi, bularing shuni tushundimikan? (N. S.) 7. «...U huzurli mehnat. Ko‘ngil ana shunisini tusayapti», —dedi Onaxon. (As. M.)
Do'stlaringiz bilan baham: |