1 ma’ruza “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi” ta’limni boshqarish metodologiyasining asosi sifatida


Uzluksiz ta’lim tizimining turlari hamda ularning jamiyat rivojida o‘rni


Download 38.87 Kb.
bet6/7
Sana14.05.2023
Hajmi38.87 Kb.
#1460623
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-семинар

Uzluksiz ta’lim tizimining turlari hamda ularning jamiyat rivojida o‘rni. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash milliy modelini joriy etishning me’yoriy, shu bilan bir qatorda ilmiy-nazariy asosi bo‘lgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinganligiga ham 15 yil bo‘lmoqda. O‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusidagi vazifalarni belgilash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari sifatida shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish belgilangan. Mazkur andozada shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’yekti va ob’yekti sifatida, uzluksiz ta’lim tizimida tahsil olish orqali barkamol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli va ilmli bo‘lishi natijasida Vatan ravnaqiga munosib ulush qo‘shadigan, xalq farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan, millatlararo totuvlik va yurt tinchligini saqlaydigan, dunyo hamjamiyatidagi kasbdoshlari bilan ijtimoiy hamkorlikni amalga oshiradigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat orqali mustaqillik prinsiplariga sodiqligini ta’minlash nazarda tutilgan.
Mazkur Qonun g‘oyalariga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining mohiyatini ifodalovchi, uzluksiz ta’lim tizimini joriy etish orqali barkamol shaxsni voyaga yetkazish, nazarda tutilgan. Uzluksiz ta’lim tizimining turlari sifatida quyidagilar belgilangan:
1. Maktabgacha ta’lim.
2. Umumiy o‘rta ta’lim.
3. O‘rta-maxsus, kasb-xunar ta’limi.
4. Oliy ta’lim.
5. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim.
6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
7. Maktabdan tashqari ta’lim
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi joriy etilgandan buyon har biri bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Uzluksiz ta’lim tizimi turlari o‘rtasida ta’lim mazmunining uzviyligi va izchilligini amalga oshirish maqsadida fanlar bo‘yicha uzviylashtirilgan va modernizasiya-langan DTS va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.
Respublikamizda uzluksiz ta’limning joriy etilishiga bog‘liq holda umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil tur vujudga keldi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ikki yo‘nalish: akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiya tashkil etilib, qaysi yo‘nalishda tahsil olish o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Akademik lisey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
Akademik liseylarda o‘quvchilar tomonidan tanlangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, tabiiy, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo‘yicha fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan bilim, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari nazarda tutiladi. Bu bilim, ko‘nikmalar kelgusida o‘qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Milliy modelda kasb-xunar kolleji o‘quvchilarga tanlangan yo‘nalish bo‘yicha davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini berish, o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallashi, kelgusida oliy ta’lim muassasalarida tahsilni davom ettirishga zamin tayyorlash nazarda tutilgan.
Respublikamizda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilgan, jumladan, akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari klassifikatori, o‘quv rejalari ishlab chiqildi va ularga asosan o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha uzviylashtirilgan va modernizasiyalangan DTS va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. O‘quv fanlari bo‘yicha darsliklarning yangi avlodi yaratilgan. Bu boradagi ishlar keng ko‘lamda davom etmoqda.
Milliy modelning amaliy ahamiyatini belgilashda muhim o‘rin tutadigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘yicha ham samarali ishlar amalga oshirildi. Xususan, respublikamizda 1500 dan ortiq yangi kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar barpo etildi. Ulardagi zamonaviy o‘quv-laboratoriya, kompyuter va ishlab chiqarish asbob-uskunalari o‘quvchilar tomonidan umumta’lim hamda mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilimlarni puxta egallash imkoniyatini yaratib berdi. Shuningdek, o‘quvchilar bu turdagi ta’lim muassasalarida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan yaqindan tanishish, ularni to‘liq o‘zlashtirish imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqdalar.
Bugungi kunda respublikada 141 ta akademik lisey va 1396 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tashkil etilgandan so‘ng o‘tgan davr ichida ushbu ta’lim muassasalarini 2 million 300 mingdan ziyod o‘quvchilar bitirdilar. Hozirda esa ularda 1,7 million nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Joriy yilda esa 516 ming nafardan ortiq o‘quvchi akademik lisey va kasb-hunar kollejlarini tamomlaydilar. Shu sababli ularni ishga joylashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, bunda har bir bitiruvchining ish joyini oldindan belgilash, kollej ta’limi amaliyotining o‘quvchilar uchun belgilangan bo‘lg‘usi ish joyida o‘tkazilishiga hukumatimiz va mutassaddi tashkilotlar alohida e’tibor qaratmoqdalar. “Korxona – kollej” hamkorlik aloqasining yo‘lga qo‘yilganligi tufayli hozirda 127,4 ming ishlab chiqarish korxonalarida 15,3 mingta o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar olib boriladigan auditoriyalar tashkil etilgan.
Uch tomonlama tuziladigan shartnomalarga muvofiq birgina 2011 yilning o‘zida 390 mingdan ortiq kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ish bilan ta’minlandilar. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida mehnat bozoridagi o‘zgarishlar hamda iqtisodiyotning real sektoridagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqqan holda 2011 yilda ayrim hududlardagi 343 ta kollejda 34 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis tayyorlash to‘xtatilib, 576 ta kollejda 133 ta yangi kasb yo‘nalishlari tashkil etildi. 60 ga yaqin shu turdagi ta’lim muassasalari qayta ixtisoslashtirildi.

Download 38.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling