1 ma’ruza “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi” ta’limni boshqarish metodologiyasining asosi sifatida


Download 38.87 Kb.
bet3/7
Sana14.05.2023
Hajmi38.87 Kb.
#1460623
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-семинар

Bakalavriat – ixtisosliklar yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan nazariy va amaliy bilim beruvchi tayanch oliy ta’lim.
Magistratura – bakalavriat asosida o‘quv muddati ikki yildan kam bo‘lmagan, muayyan ixtisoslik bo‘yicha oliy ta’lim.


3.Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy jihatlari. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonning intellektual va ma’naviy axloqiy tarbiyasi bilan uzviy bog‘liq ravishda uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama rivojlangan shaxsni tarkib toptirishni ko‘zda tutadi.
Shaxs ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida davlat tomonidan sifatli ta’lim va kasbiy tayyorgarlik olishga kafolatlangan.
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z bilimi va tajribasini o‘rgatishda ishtirok etadi.
O‘zbekistonda raqobatbardosh iqtisodiyotni tashkil etish masalani yechishda Kadrlar milliy modeli asos bo‘lib, hisoblanadi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining asosiy sub’yekti va ob’yekti, ta’lim xizmatini talab etuvchi hamda amalga oshiruvchi;
Davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyati ko‘rsatishini nazorat qilish hamda ish olib borishining boshqarishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularga talabgorlik kafolati;
Uzluksiz ta’lim - o‘z tarkibiga barcha ta’lim turini, davlat ta’lim standartlarini, faoliyat ko‘rsatish tuzilmasi va muhitini olgan malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosi;
Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va talab etuvchi, ilg‘or pedagogik va informasion taxnologiyalarni ishlab chiqaruvchi;
Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan talabni, shuningdek, ular tayyorlanganlik sifat va darajasiga talabni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimlarini moliyalash va moddiy-texnik ta’minlash ishtirokchisi.

Download 38.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling