1 ma’ruza “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi” ta’limni boshqarish metodologiyasining asosi sifatida
Ishlab chiqarishni malakali kadrlar bilan ta’minlash asoslari
Download 38.87 Kb.
|
1-семинар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savolllari
Ishlab chiqarishni malakali kadrlar bilan ta’minlash asoslari. Ma’lumki, kup yillar mobaynida bizning ishlab
chiqarishni boshqarish tizimimiz ekstensiv ravishda, ya’ni boshqaruvchilar sonini oshirish evaziga yuksalib keldi. Bundan tashqari, boshqarish o‘rni bilan boshqarish ob’yektlari o‘rni urtasida nomutanosiblik ruy beradi. Biz qator tizimlarni boshqaramiz, mehnatni, texnologik jarayonlarni, mehnat predmetlarini, iqtisodiy munosabatlarni va boshqalarni boshqaramiz. Bu tizimlar keyingi yillarda o‘z rivojlanishida katta uzgarishlarga uchradi. Boshqaruvda esa xaligacha avvalgi uslublar, harakatlar, avvalgi turdagi ma’lumotlar boshqaruv organlariga topshirilmoqda va qayta ishlanmoqda. Natijada, ziddiyatli ravishda iqtisodiy zararlar, ya’ni jonli va jonlangan mexnatning bekorga sarflanishi yuzaga keladn. Demak, aniq ko‘rinib turibdiki, xo‘jalik xisobidagi jamoalarni boshqarishda qat’iy burilish yasash kerak, ishlab chikarishni boshkarish amaliyotiga bozorga oid uslublar izchil va tizimli tarzda singdirilishi, eskicha qarorlar qabul qilish usullarini chiqarish kerak, shuning uchun, xozirgi paytda, ishlab chikarishga ilgaridagidan ilmlirok., moxir boshqaruvchilar. rahbarlar va menejerlar kerak. Xozirgi paytda bu nuqtai nazarga qushilmaydigan korxonani topish qiyin. Lekin buni amalga oshirish uchun rahbarlar ishini yangi mazmun bilan boyitish kerak. Rahbar ishini qayta baxolash, uning ishidagi samara bermaydigan, nomigagina bajariladigan barcha ishlarni qat’iy ravishda qayta baxolash kerak. Yangi sharoitda faqatgina yangi ilm zaxiralariga menejerlik asoslari to‘g‘risidagi bilimlarga ega bulganlargina rahbarlik qila olishiga hyech kim qarshilik keltirmasa kerak. Raxbar - bu oddiy unvon emaye, bu iste’dod. Jamiyat ijtimoiy taraqqiyotning yangi bosqichiga kutarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning eng dolzarb - bu kadrlar masalasidir. Chunki jamiyatni idora etishning yangi munosabatlari mexanizmi va usullari tamomila boshqacha tus olgan holda o‘ziga xos murakkablashib boradi. Ana shunday sharoitda kadrlar siyosati yana ham muhim ahamiyat kasb etib, jamiyat oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biriga aylanadi. Bu dolzarb muammoni har jihatdan puxta va mukammal xolda oqilona xal etish har qanday davlatning, u qaysi ijtimoiy- siyosiy tizimda bulishidan qat’iy nazar, eng zaruriy va ma’suliyatli vazifalaridan biriga aylanishi ob’yektiv konuniyatdir. Chunki hayot oqimini, jamiyat iqtisodiy- siyosiy rivojlanishidagi yulini belgilab olish va amaliy hayotda to‘g‘ri yo‘naltirish har tomonlama bilimdonlikni, katta hayotiy tarzini taqozo etadi. Uzbekistonda kadrlar siyosatini keng kullamda amalga oshirishda tashlangan katta qadam 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida» gi Qonuni va Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6 oktyabrda «Ta’lim tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish» to‘g‘risidagi qabul qilgan farmoni buldi. Ushbu dasturni qabul qilishdan asosiy maqsad, eng avvalo, ta’lim sohasini isloq qilish asosiy fuqarolar ongida saqlanib kolgan eski mafkuraviy qarashlar sarkitlaridan batamom xoli bo‘lish, ta’lim tizimining eng rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kutarish asosida kadrlarni ma’naviy barkamol inson, teran fikrlovchi, keng tafakkur qiluvchi shaxslar qilib tarbiyalashdan iborat. Uzluksiz ta’lim ijodkorlar, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yukori malakali rakobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun shart-sharoit yaratadi. Nazorat savolllari: Demokratik jamiyatda kadrlarga nisbatan olib boriladigan ijtimoiy ximoya siyosati deganda nimani tushunasiz? Xozir kadrlarning jamiyatdagi o‘rni va vazifalarini yangilash jarayoni boshlandi. Bu nima degani? Xozirgi kunda xodimlarga kuyilgan talab kanday? O‘zbekistonda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni qabul qilishdan kuzlangan asosiy maqsad nimada? Download 38.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling