1 ma’ruza “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi” ta’limni boshqarish metodologiyasining asosi sifatida
Download 38.87 Kb.
|
1-семинар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim tizimini boshqarish tamoyillari va vazifalari. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy jihatlari.
2-mavzu. Pedagogik menejment metodologiyasi va tuzilishi asoslari (4 soat) 1 ma’ruza “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi” ta’limni boshqarish metodologiyasining asosi sifatida. Ta’lim tizimini boshqarish tamoyillari va vazifalari. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy jihatlari. 1.“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi” ta’limni boshqarish metodologiyasining asosi sifatida. O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lini tanladi va shu yo‘ldan shahdam qadamlar tashlamoqda. Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi inson, uni har tomonlama kamol toptirish va uning farovonligini oshirishdir. Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim - tarbiya tizimini shakllantirish, zaminini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga katta ahamiyat berildi. Shu boisdan ham, ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha huquqiy kafolat – “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, bosh dasturimiz hisoblanmish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ana shu tarzda yuqoridagi vazifalarni bajarish maqsadlarini ko‘zlangan holda ishlab chiqildi va ular 1997 yil 29 avgust kuni Oliy Majlis IX sessiyasida tasdiqlandi. Avvalam bor, bu ikki Qonunni ta’lim muassasalari amaliyotiga tatbiq qilish maqsadida alohida istiqbol dasturi ishlab chiqilib, bu hujjatlarning maqsad va mohiyati barcha vositalar orqali ta’lim muassasalarida, ota onalar. Aholi o‘rtasida keng tushuntirildi. Ta’limga oid me’yoriy hujjatlar: konsepsiyalar. Daslat ta’lim standatlari, talablari, o‘quv rejalari va dasturlari, Nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlar yuqoridagi ikki Qonun moddalariga muvofiqlashtirildi. Rsepublikada uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirildi. Iqtisodiyot, fan, madaniyat va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish mamlakat rivojlanishining muhim omili sifatida e’tirof etilgan. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim tizimining mazmuni va tuzilishini, shu jumladan uni boshqarishni modernizasiya qilishga qaratilgan. Uzluksiz ta’lim tizimida oliy ta’lim alohida o‘rin egallaydi. Umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negizidagi oliy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq amalga oshiriladi. Download 38.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling