1 ma’ruza “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi” ta’limni boshqarish metodologiyasining asosi sifatida
Shaxslarga, ta’lim xizmati talabgori sifatida, davlat ta’lim standartlari orqali sifatli ta’lim va kasbiy tayyorgarlik kafolatlanadi. Shaxs –
Download 38.87 Kb.
|
1-семинар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat va jamiyat
- Uzluksiz ta’lim
Shaxslarga, ta’lim xizmati talabgori sifatida, davlat ta’lim standartlari orqali sifatli ta’lim va kasbiy tayyorgarlik kafolatlanadi.
Shaxs – ta’lim xizmati ko‘rsatuvchi sifatida, tegishli darajada malaka hosil qilib o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishda bilim malaka va ko‘nikmalarini shakllantiradi va boshqalarga beradi. Davlat va jamiyat kafolatlaydi: fuqarolar ta’limga, kasb tanlash va malaka oshirishga bo‘lgan huquqlarini amalga oishirishini; akademik lisey yoki kasb-hunar kolleji o‘qishga yo‘llashni tanlash huquqini majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb ta’limi olishni; davlat granti yoki xaq to‘lash-kontrakt asosida oliy va OTMni tugatgandan keyingi ta’lim olish huquqini; davlat ta’lim muassasalarini moliyalash; o‘qiyotganlarning o‘qish, yashash va dam olish sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha masalalarini yechishda jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirish; ta’lim jarayoni qatnashlilarini ijtimoiy muhofazalash va b. Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsni shakllantiruvchi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda oldinda borishlik uchun zarur sharoitlar yaratadi. Ta’limning turlari: maktabgacha, umumiy o‘rta, shrta maxsus, kasbiy, oliy, oliy ta’limdan keyingi, maktabdan tashqari, malaka oshirish va kadrlar qayta tayyorlash. Quyidagilar uzluksiz ta’limning asosiy tamoyillari hisoblanadi: - ta’limning ustuvorligi – uni rivojlantirish birinchi galdagi vazifaligi, bilimning, ma’lumotlikning va yuqori salohiyatning qadrliligi; - ta’limni demokratlashtirish – ta’lim va tarbiya ususllarini tanlashda ta’lim muassasasi mustaqilligini kengaytirish, ta’limni boshqarishda davlat-jamoatchilik tizimiga o‘tish; - ta’limni insonparvarlashtirish – inson qobiliyatini yuzaga chiqarish, uning turli ta’limga bshlgan ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash, shaxs, jamiyat va atrof muhit munosabatini uyg‘unlashtirish; - ta’limni gumanitarlashtirish – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni,yuqori ahloqiylikni, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; - ta’limni milliy yo‘nalganligi – uning millat tarixi, xalq an’analari va urf-odatlari hamda O‘zbekiston xalqlari madaniyatini boyitish, boshqa xalqlar tarixi va madaniyatiga hurmat bilan bog‘liqligi; - ta’lim va tarbiyaning ajralmasligi; - iqtidorli yoshlar bilan ishlash - ularga yuqori saviyada bilim, ko‘nikma va malaka olishlari, qobiliyatlarini o‘stirishlari uchun sharoit yaratish. Fan Kadrlar tayyorlash milliy modeli doirasida: kadrlar tayyorlash tizimida foydalanish uchun tabiat va jamiyat rivojlanishining qonuniyatlari to‘g‘risidagi g‘oyalarni o‘yg‘unlashtiradi va ular haqida yangi nazariya va amaliy bilimlar yaratadi; oliy malakali ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi; kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiy-tadqiqiy ta’minlash infratuzilmasini yaratadi; axborot texnologiyalardan foydalanish uchun bilimning turli sohalariga taaluqli ma’lumotlar jamg‘armasini tashkil qiladi. Download 38.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling