1-maruza-taqdimot pdf


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana19.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1214608
1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza-taqdimot

Ibn Sino 100 dan ortiq asar yozgan, bulardan eng mashhuri «Tib qonunlari» 
1000-yillarda chop etilgan. Kitob besh jildlik bo'lib, birinchi jildi anatomiya 
va fiziologiyaga bag'ishlangan. Ibn Sino o'zining bu buyuk va o'lmas 
kitobida tibbiyot sohasidagi barcha ma'lumotlarni to'plabgina qolmasdan, 
o'z kuzatishlari, tekshirishlari va tushunchalari bilan asarni boyitgan. Kitob 
turli tillarda 40 marta qayta nashr qilindi va dunyodagi barcha 
mamlakatlarda 600 yildan ziyodroq vaqt ichida tibbiyot bilim yurtlarida 
o'quv qo'llanmasi bo'lib xizmat qilib keldi.
Ibn Sino odam organizmini o'rganishda uning konstitutsiyasiga birinchi 
bo'lib e'tibor berdi. «Tib qonunlari» jildlarida ichki kasalliklar, xirurgiya, 
farmakologiya, gigiyena va tibbiyotning boshqa sohalari to'g'risida 
ma'lumot berilgan. «Tib qonunlari» birinchi marta 1954—1956-yillarda 
Toshkentda o'zbek tilida bosilib chiqqan.


Irsiyat haqida.Tirik mavjudotlarning o'zlariga 
o'xshash nasllarni bunyod etish xususiyati 
irsiyat deyiladi. Avlodlardagi organizmning 
asosiy xossalari va xususiyatlari (tashqi 
belgilar, xarakterlar, ya'ni oliy nerv 
faoliyatlari) nasldan naslga o'tadi. Ammo 
tashqi muhit o'zgarishi bilan bu ko'rsatkichlar 
ham o'zgarib, nasi o'zining qator 
xususiyatlarini o'zgartirishi mumkin


Irsiyat - Bu organizmning o`z
belgilari va rivojlanish xususiyatlarini
kelgusi avlodga o`tkazib turish
xossasidir.
Irsiyat tufayli tur doirasidagi hamma
ildizlar o`xshash bo`ladi. Irsiyat tufayli 
inson uchun xarakterli belkgilar
avloddan-avlodga o`tadi
.


Hujayralarda xromosomalarning
borligi va ular odamning o`ziga
xos belgilarini nasldan-naslga
o`tkazishi , ular oqsilar va
nuklein kislatalardan tashkil
topganligi aniqlandi. Xromosomalar 
ipsimon va tayoqchasimon
shaklda bo`lib ularning soni
odamlarda 46 tani tashkil etadi.
Jinsiy xujayralarda esa 23tadan
xramosomalar mavjud. 


Erkak va ayol jinsiy hujayralari qo`shilib 46 
taga yetadi. Xromasomalarda genlar mavjud. Mana 
shu genlar irsiyat birligidir. Shuning uchun irsiy 
kasalliklar va belgilarini o`rganadigan fan Genetika 
deb ataladi.
Tibbiyotda 1500 dan ortiq patalogik irsiy belgilar 
aniqlangan. 
Irsiy kasalliklar nasldan-naslga o`tmasligi uchun
ularni to`g`ri aniqlash va ularga yo`l qo`ymaslik, 
davolash muhimdir. Buning uchun odam irsiyatning
metodlarini o`rganish kerak.



1-Лизосома; 
2-Рибосомалар; 
3-Митохондриялар; 
4-Гольжи комплекси; 
5-Центриола; 
6-Ғадир-будур эндоплазматик тўр; 
7-Ядро; 
8-Ядро мембранаси; 
9-Ядроча; 
10-Хроматин; 
11-Вакуол; 
12-Силлиқ эндоплазматик тўр; 
13-Цитоплазма мембранаси; 
14-Цитоплазма; 
15-Пиноцитоз пуфакча.
ҲУЖАЙРАНИНГ ТУЗИЛИШИ


Ҳужайра мембранаси








Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling