1-maruza-taqdimot pdf
Paypaslab ko'rib o'rganish usuli
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza-taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auskultatsiya usuli
- Fiziologiyada fizik, kimyoviy va texnik usullar ham keng qolla- nilib, ular yordamida azolarning muhim hayotiy vazifalari, shuningdek, turli
- A r i s t о t е 1
- M.V Lomonosov
- . Shumlyanskiy
Paypaslab ko'rib o'rganish usuli.
Perkussiya — barmoq yoki bolg'acha bilan urib ko'rib aniqlash usuli. Bu ikkala usul poliklinika va kasalxonalarda keng qo'llanilib, undan a'zolarning chegaralarini o'rganishda ham foydalaniladi. Auskultatsiya usuli — maxsus eshitgich asboblari yordamida a'zolar (yurak, o'pka)ning ishlab turgandagi tovushi eshitib ko'riladi. Bu usul a'zolarning normal yoki kasallik holatini aniqlashda katta yor- dam beradi. Mikroskopda ko'rib o'rganish usuli. Bunda hujay- ra, to'qimalarning nozik tuzilishi maxsus bo'yoqlar bilan bo'yab mikroskop yordamida o'rganiladi. Fiziologiyada fizik, kimyoviy va texnik usullar ham keng qo'lla- nilib, ular yordamida a'zolarning muhim hayotiy vazifalari, shuningdek, turli tajribalar yordamida hayvonlarning a'zolari fiziologiyasi ham o'rganiladi Gippokrat (miloddan avvalgi 460—337-yillar) tibbiyot sohasidagi o'zigacha bo'lgan ma'lumotlarni to'plab sistemaga solgan, kuzatish va tekshirishlari asosida 72 ta asar yozgan. Bu qo'llanmalardan tibbiyot olamida uzoq yillar mobaynida foydalanib kelindi. Gippokrat yurak va qon tomirlar tuzilishi to'g'risida ham ma'lumotlar berib, arteriya tomiridan havo (jon) yuradi, degan noto'g'ri fikmi oldinga surgan va nervlarni paylardan ajrata olmagan. Arteriya nomi ana shundan kelib chiqqan. A r i s t о t е 1 (miloddan avvalgi 384—322-yillar) Yunonistonning atoqli olimi, faylasufi va anatomi. U nervlarning paylardan farqi borligini isbotlagan, olim Gippokratning qon tomirlar bosh miyadan boshlanadi degan noto'g'ri fikrini rad etib, qon tomirlar yurakdan boshlanishini is- botlab bergan. Ammo Aristotel nervlarning ichi bo'shliqdan iborat bo'lib, bosh miyada hosil bo'ladigan ruh, shu nervlar orqali organizmga tarqaladi, degan noto'g'ri fikrda bo'lgan. Rus olimi M.V Lomonosov (1711—1765) anatomiyani bevosita kuzatish bilan uning istiqbolli yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Uning shogirdi A.P. Protasov (1723—1796) anatomiya atamalari bilan mukammal shug‘ullanib, «Anatomik atamalar to‘g‘risida» nomli asar yozadi. A.M. Shumlyanskiy (1748—1795) buyrakning mikroskopik tu zilishini tekshirib, «Buyrakning tuzilishi to b g‘risida» nomli mash- hur asarini yozgan. U buyraklarning tomir chigalini o‘rab turgan qo‘sh devorli parda — kapsulani birinchi bo‘lib izohlab beradi. I.M. Sechenov (1829—1905) va I.P. Pavlov (1849— 1936)ning fiziologiya sohasida olib borgan ilmiy ishlari anatomiya va fiziologiya fanida funksional yo‘nalish yaratilishiga katta ta’sir ko‘rsatdi . Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo'lgan bu olim falsafa, adabiyot, matematika, kimyo, astronomiya, musiqa va tibbiyot bilimidan xabardor bo'lgan. U Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan. Dastlabki bilimni Buxoroda olgan va 17 yoshidayoq ko'p fanlarni mukammal egallagan. Abu Ali ibn Sino Xorazm va Eronda saroy tabibi bo'lib xizmat qilgan. Tibbiyot sohasidagi misli ko'rilmagan buyuk xizmatlari, kashfiyotlari uni butun dunyoga mashhur qilgan. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling