1-maruza-taqdimot pdf
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza-taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Yosh anatomiyasi va fiziologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanining rivojlanish tarixi. Reja; 1.Anatomiyani o’rganish usullari. 2.Anatomiya va fiziologiya fanlarining tarixi. 3.Irsiyat haqida tushuncha. 4.Odam gavdasining tuzilishi. 5.Hujayraning tuzilishi. 6.To’qimaning tuzilishi. Tayanch iboralar: anatome,fizis,logos so’zlari haqida,irsiyat,hujayra,to’qima,organiz m haqida ma’lumotlar. Anatomiya odam tanasining shakli, tuzilishi, uning funksi- yalari va odamning rivojlanishi to‘g‘risidagi fan. Bu fan organlarni va organlar sistemalarini bajaradigan funksiyasiga qarab o‘rganadi. Anatomiya yunoncha «anatome» so‘zidan olingan bo‘lib, kesaman ma’nosini anglatadi. Odam tashqi muhit bilan doimo aloqada bo'lgani uchun organizmdagi organlar va organlar sistemasi tashqi muhit bilan bog‘lab o‘rganiladi, bundan tashqari, odamning tuzi lishi va rivojlanishi uning mehnat faoliyati bilan bog‘liq. Odam organizmi million yillar davom etgan rivojlanish tarixi, ya’ni filo- genez davrida, shuningdek, nisbatan kam vaqt ichidagi indivi dual rivojlanish, ya’ni ontogenezi davrida shakllangan Odam anatomiyasini o'zlashtirishni osonlashtirish uchun bu fan shartli ravishda bir necha sistemaga ajratib o'rganiladi (sistematik anatomiya). Sistematik anatomiya suyaklar — osteologiya, suyaklarning o'zaro birlashishi (bo'g'imlar) — artrologiya, muskullar — miologiya, ichki a'zolar sistemasi — splanxnologiya, qon tomirlar sistemasi — angiologiya, ichki sekretsiya bezlari — endokrinologiya, sezgi a'zolari — esteziologiya va nihoyat, nerv sistemasi — nevrologiya bo'limlaridan iborat. Bu bo'lim a'zolarning tuzilishi, shakli, ulaming o'zaro munosabatlarini o'rganadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling