1-maruza-taqdimot pdf


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana19.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1214608
1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza-taqdimot

Antropometriya usuli. Bunda gavdaning uzunligi, 
kengligi va og'irligi o'lchanib, olingan ma'lumotlar 
organizmning ayrim bo'lak- lariga taqqoslanib, ularning 
o'sishi yoki o'zgarganligi kuzatib boriladi. Bu usullardan 
hozir ham foydalaniladi.
Kesib ochish bilan preparatlar tayyorlash usuli. 
Bunda skalpel (pichoqcha) va pinset (qisqich) bilan 
murda a'zolarini kesish orqali preparatlar tayyorlanadi.
Arralash usuli — birinchi marta N. I. Pirogov qo'llagan. 
Avval murdani qattiq muzlatib, so'ngra uning o'rganish 
kerak bo'lgan bo'lagini qavatma-qavat qilib arralanadi. 
Bu usulda a'zolar topografiyasini aniqroq o'rganish 
mumkin.


Inyeksiya usuli —kovak a'zolar va qon 
tomirlarga turli xil kimyoviy moddalar yuborib 
to'ldirib o'rganish usuli.
Yoritish, ravshanlashtirish u s u 1 i. Buning 
uchun a'zoni birorta kislota yoki ishqor 
suyuqligiga solib, kuzatib turiladi. Vaqt o'tishi 
bilan nurlarning turlicha sinishi natijasida har xil 
to'qimalar bir-biridan ajralib ko'rinadi.
Korroziya yoki yemirish usuli —kovak a'zolar 
ichini tez qotadigan modda bilan to'ldirib, so'ngra 
kuchli kislota yoki ishqor suyuqligiga solinsa, 
a'zolarning to'qimalari yemiriladi-da, bo'shlig'iga 
yuborilgan modda uning shaklini saqlab qoladi.


Rentgen nuri yordamida o'rganish usuli bu usul 
rentgen (1895) nuri kashf etilgandan buyon qo'llaniladi. 
U tirik odam tuzilishini o'rganishga keng imkoniyat 
beradi. Rentgen nurlari yordamida suyaklar tuzilishini, 
ayniqsa, uning rivojlanishini kuzatish mumkin. Kovak 
a'zolar rentgen nurlarini ushlab qololmaydi, shuning 
uchun ularga rentgen nurini tutib qoluvchi kimyoviy 
moddalar yuborib, ekranda ko'rish (rentgenoskopiya) 
yoki rasmini olish (rentgenografiya) yo'li qo'llanadi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling