1-maruza-taqdimot pdf


Paypaslab ko'rib o'rganish usuli


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.02.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1214608
1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza-taqdimot

Paypaslab ko'rib o'rganish usuli.
Perkussiya — barmoq yoki bolg'acha bilan urib ko'rib 
aniqlash usuli. Bu ikkala usul poliklinika va 
kasalxonalarda keng qo'llanilib, undan a'zolarning 
chegaralarini o'rganishda ham foydalaniladi.


Auskultatsiya usuli — maxsus eshitgich asboblari 
yordamida a'zolar (yurak, o'pka)ning ishlab turgandagi 
tovushi eshitib ko'riladi. Bu usul a'zolarning normal 
yoki kasallik holatini aniqlashda katta yor- dam 
beradi.
Mikroskopda ko'rib o'rganish usuli. Bunda hujay- 
ra, to'qimalarning nozik tuzilishi maxsus bo'yoqlar 
bilan bo'yab mikroskop yordamida o'rganiladi.
Fiziologiyada fizik, kimyoviy va texnik usullar ham 
keng qo'lla- nilib, ular yordamida a'zolarning 
muhim hayotiy vazifalari, shuningdek, turli 
tajribalar yordamida hayvonlarning a'zolari 
fiziologiyasi ham o'rganiladi


Gippokrat (miloddan avvalgi 460—337-yillar) tibbiyot 
sohasidagi o'zigacha bo'lgan ma'lumotlarni to'plab sistemaga 
solgan, kuzatish va tekshirishlari asosida 72 ta asar yozgan. Bu 
qo'llanmalardan tibbiyot olamida uzoq yillar mobaynida 
foydalanib kelindi. Gippokrat yurak va qon tomirlar tuzilishi 
to'g'risida ham ma'lumotlar berib, arteriya tomiridan havo (jon) 
yuradi, degan noto'g'ri fikmi oldinga surgan va nervlarni 
paylardan ajrata olmagan. Arteriya nomi ana shundan kelib 
chiqqan.
A r i s t о t е 1 (miloddan avvalgi 384—322-yillar) 
Yunonistonning atoqli olimi, faylasufi va anatomi. U 
nervlarning paylardan farqi borligini isbotlagan, olim 
Gippokratning qon tomirlar bosh miyadan boshlanadi degan 
noto'g'ri fikrini rad etib, qon tomirlar yurakdan boshlanishini 
is- botlab bergan. Ammo Aristotel nervlarning ichi bo'shliqdan 
iborat bo'lib, bosh miyada hosil bo'ladigan ruh, shu nervlar 
orqali organizmga tarqaladi, degan noto'g'ri fikrda bo'lgan.


Rus olimi M.V Lomonosov (1711—1765) anatomiyani 
bevosita kuzatish bilan uning istiqbolli yo‘llarini ko‘rsatib 
beradi. Uning shogirdi A.P. Protasov (1723—1796) 
anatomiya atamalari bilan mukammal shug‘ullanib, 
«Anatomik atamalar to‘g‘risida» nomli asar yozadi.
A.M. Shumlyanskiy (1748—1795) buyrakning mikroskopik 
tu zilishini tekshirib, «Buyrakning tuzilishi to
b
g‘risida» 
nomli mash- hur asarini yozgan. U buyraklarning tomir 
chigalini o‘rab turgan qo‘sh devorli parda — kapsulani 
birinchi bo‘lib izohlab beradi.
I.M. Sechenov (1829—1905) va I.P. Pavlov (1849—
1936)ning fiziologiya sohasida olib borgan ilmiy ishlari 
anatomiya va fiziologiya fanida funksional yo‘nalish 
yaratilishiga katta ta’sir ko‘rsatdi
.


Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo'lgan bu olim falsafa, adabiyot, 
matematika, kimyo, astronomiya, musiqa va tibbiyot bilimidan xabardor 
bo'lgan. U Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'ilgan. 
Dastlabki bilimni Buxoroda olgan va 17 yoshidayoq ko'p fanlarni 
mukammal egallagan. Abu Ali ibn Sino Xorazm va Eronda saroy tabibi 
bo'lib xizmat qilgan. Tibbiyot sohasidagi misli ko'rilmagan buyuk 
xizmatlari, kashfiyotlari uni butun dunyoga mashhur qilgan.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling