2. Tarix nazariyasi va metodologiyasi. 3. Tarix fanining rivojlanishi Tarix obyekti va predmeti, uning maqsad va vazifalari - “Tarix” atamasi yunoncha “Istorika” so‘zidan olingan bo‘lib,“o‘tmish voqealari haqidagi hikoya”, “tadqiq qilinganlami bayon qilish” degan ma’nolami anglatadi.
- Tarix ilmiy atama sifatida ikki xil ma’noni bildiradi.
- Birinchisi -tarix jamiyatning rivojlanish jarayoni sifatida bo‘lsa, ikkinchisi tarix jamiyatning rivojlanishi haqidagi fan sifatida, ya’ni bu holatda fan obyekti va fanning o‘zi bitta atamani anglatadi. Ma’lumki, har bir fan obyektiv voqelikning muayyan kesimini tadqiq etadi.
- Tarix fanining obyekti insoniyat jamiyatining o‘tmishi, uning rivojlanishi va o‘zgarishidir. Tarix fan sifatida o‘tmishga aylangan va aylanayotgan ijtimoiy borliqni o‘rganadi. Bunda tarixchi o‘zidan ming yillar uzoqda bo‘lgan tadqiqot obyektini kuzatish imkoniyatidan mahrumdir. Shu sababli ham tarix fanida tarixiy tadqiqot natijalarining haqqoniyligini aniqlash muhimdir.
- Tarix bu inson haqidagi, jamiyatni inson faoliyati mahsuli sifatida o‘rganadigan fandir. Shundan kelib chiqqan holda tarix fanining vazifasi tarixiy jarayonni to‘liq o‘rganish, bayon qilishdan iboratdir.
- Mashhur olim I.D.Kovalchenko tarix fanining obyekti sifatida“subyekt (ya’ni tarixchi) bilan bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan voqelik”ni, predmet sifatida bilish jarayoniga jalb etilgan obyektning bir qismini ta’riflagan va tarixiy tadqiqot jarayoni rivojlanishi mobaynida “bilish predmeti kengayib boradi”, deb ta’kidlagan. I.D. Kovalchenkoning fikriga ko‘ra, bilish obyekti “ichki tabiati, asosiy belgilari va qonuniyatlari bo‘yicha boshqa obyektlardan farq qiluvchi ma’lum bir voqelik va jarayonlar yig‘indisidir”.
Tarix nazariyasi va metodologiyasi - Tarix jamiyatning ajralmas bir qismidir. Tarix fanining jamiyatdagi o‘mi haqida mashhur mutafakkirlar fikr bildirib o‘tganlar va ushbu mulohazalami bilish muhimdir. Jumladan, Sitseron: “Tarix hayot murabbiysi” deb ta’kidlagan bo‘lsa, Leonardo da Vinchi: “О‘tmishni va dunyo mamlakatlarini anglash inson zakovatining bezagidir” deb fikr bildiradi. N.M.Karamzin tarixning jamiyatdagi roli va o‘rni muammosi haqida quyidagi fikrlarni ta’kidlagan: “Tarix xalqlarning muqaddas, asosiy, zarur kitobidir; borliq va faoliyat oynasi, kashfiyotlar va qoidalar lavhasi, ajdodlaming avlodlarga vasiyati, hozirgi kunni tushuntirish va kelajak uchun namuna hisoblanadi”. Umuman, ko‘pchilik tarixchilar ajdodlar hayotini o'rganmasdan turib, inson o‘zligini anglay olmasligi, dunyoga inson niftia uchun kelganligi, nima uchun va qanday yashash kerakligi, nimaga va qanday qilib intilishni bila olmasligi to‘g‘risida fikr bildirganlar.
- Bu kabi fikrlarda mutafakkirlar yakdil emas edi. Ulaming ba’zilari tarix fanining foydali ekanligiga shubha bilan qarashgan.
Metod va metodologiya - . Metod bilish usuli sifatida o‘rganilayotgan obyektning jihatlari va xossalarini laboratoriyada, ilmiy tadqiqot moslamasida, tajriba maydonida, shuningdek, tadqiqotchining miyasida aks ettirish usulidir. Ilmiy bilishning epistemologiyasi va metodologiyasi ilmiy bilishning zarur sharti sifatida ilmiy asoslangan metodlardan tadqiqotchilik faoliyatida ongli ravishda foydalanishga xizmat qiladi.
- Metodologiya yun. metodos bilish yoki tadqiqot yo‘li, nazariya, ta’limot va logos - so‘z) - tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi ta’limotdir. Metodologiya metodlar haqidagi ta’limot yoki yalpi umumiy bilish metodi, deb ham ta’riflanadi.
Tarix fanining rivojlanishi - Tarix fan sifatida Yevropada qadimiy davr mualliflari - “tarix otasi” Gerodot, Polibiy, Plutarx, Tatsit va boshqalar tomonidan vujudga keltirildi.
- Ular o‘z davri haqida ma’lumotlami to‘plab, yozib qoldirdilar. Yunon olimi Gerodotning mashhur “Tarix” kitobi bizgacha yetib kelgan eng qadimiy tarixiy manbadir.
- Gerodot Kichik Osiyo (hozirgi Turkiya hududida) sohilidagi Galikamas shahrida tug‘ilgani uchun, uning ijodiga Sharq ta’siri kuchli bo‘lganligi tabiiydir. Sitseron zamondoshlari (milodning I asri) Gerodotni “Tarix otasi” deb atashgan. Aslida Gerodotning bu asari oxiriga yetkazilmagan (miloddan avvalgi 470 yilgacha bo‘lgan voqealar bilan tugallanadi) va uni hozirgi ma’noda ilmiy tadqiqot deb bo‘lmaydi. Shunga qaramay, uning kitobi voqealar va dalillar ko‘lami jihatidan hamda badiiy qiymati jihatidan o‘zidan avvalgi salafdoshlaridan anchagina yuqori turadi.
Adabiyotlar: - 1. Тойнби А. Постижение истории. - М., 1996. - С. 504.
- 2. Вяземский Е.Е., Стрелова О.Ю. Методика преподавания истории в школе. - М., 2001. - С. 16-17
- 3. Карамзин Н.М. История государства Российского. Том 1. - Спб, 1816. - С.З.
- 4. Вяземский Е.Е., Стрелова О.Ю. Методика преподавания истории в школе. - М., 2001. - С. 16-17.
Do'stlaringiz bilan baham: |