Nazorat savollari:
“O‘TY” AJ da “Mehnat muxofazasi, sanoat xavfsizligi va ekologik monitoring olib borish bo‘limi” qachon qayta tashkil etildi?
11-MA’RUZA
ISHLAB CHIQARISHDAGI SHOVQIN VA UNI PASAYTIRISH USULLARI
Reja:
1. Ishlab chiqarishdagi shovqin xarakteristikalari;
2. Temir yo‘l transportida shovqin va uni pasaytirish usullari.
Tayanch so‘z va iboralar
Mehnat muxofazasi
1. Ishlab chiqarishdagi shovqin xarakteristikalari
SHovqin – turli chastota va tezlikdagi tovushlarning tartibsiz birikmasidir. SHovqin mexanik, aerodinamik, gidrodinamik va elektromagnit kelib chiqishiga ega bo‘lishi mumkin.
Mexanik shovqin – ayrim detallar va umuman uskunalarning tebranishlari, zarbalari oqibatidandir.
Aerodinamik shovqin manbai gazlardir.
Gidrodinamik shovqin – suv va boshqa suyuqliklarning harakati oqibatida kelib chiqadi.
Elektromagnit shovqin – o‘zgaruvchan magnit kuchlarining elektromexanik qurilmalarga ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Temir yo‘l korxonalarida shovqin harakat tarkiblari, mashinalar, qayta ishlov beruvchi mashinalar, ventilyasiya moslamalar, elektr uskunalar va boshqalar ishi chog‘ida vujudga keladi.
Tovush tezligi – vaqt birligida to‘lqin tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar yagona yuza orqali tovushli to‘lqin bilan ko‘chadigan quvvat.
Inson tovushlarni tezliklarning keng diapazonida qabul qiladi. Turli chastotalardagi tovushlar bir xil qabul qilinmaydi. Insonning eshitish ostonasiga f = 1000 Gs va tezligi I = 10-12 Vt/m2 tovush mos keladi.
Tovush bosimi darajalari ish joylarida doimiy shovqinning energetik xarakteristikasi sanaladi (dB). Odam qulog‘i B birlikdagi tovushning o‘ndan birini ham yaxshi farqlaydi. SHuning uchun sanoat korxonalarida shovqinni o‘lchashning dB birligi qabul qilingan.
Odam quloђi ma’lum chastotadagi tovushlarni eshitish qobiliyatiga ega. Bu chastotalar 16 Gs dan 20000 Gs gacha bo‘lgan diapazonni tashkil qiladi. 16 Gs dan kichik va 20000 Gs dan katta bo‘lgan chastotadagi tovushlarni odam qulog‘i eshitmaydi va u tovushlar infra va ultra tovushlar deb ataladi.
Tovushga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilashda shovqinning o‘rta geometrik chastota oraliqlari belgilangan. Bu oraliqlar quyidagicha belgilanadi.
SHovqin insonning umumiy holatiga, tashvishlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, ahvoli yomonlashuvi yuzaga keladi, bu esa mehnat samaradorligini pasaytiradi, xatolar qilib, shikastlanishga sababchi bo‘lishi mumkin.
Sanitariya me’yorlari turar joy va jamoatchilik binolarining to‘siq moslamalarigacha manbalarining minimal masofalari va tovush quvvatining me’yoriy darajasini belgilaydi. SHovqinli sexlarni, shovqini kam sexlar, turar-joylar va jamoatchilik binolarga nisbatan shamol tomonda va ulardan olisroqda joylashtirish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |