1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari


Download 0.51 Mb.
bet46/47
Sana23.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1111245
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
Temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalar

Nazariy savollar



  1. Ishlab chiqarish sanitariyasi deb nimaga aytiladi.

  2. Mehnat sharoitlari necha omilga bo’linadi?



20-MA’RUZA
TEMIR YO‘L TRANSPORTI QURILMALARGA
SANITAR-TEXNIK TALABLAR
Reja:
1. Temir yo‘llarni loyihalashning tartib va qoidalari;
2. Lokomotivlarga xizmat ko‘rsatish va boshqarish tashkili.


Tayanch so‘z va iboralar
Mehnat muxofazasi
1. Temir yo‘llarni loyihalashning tartib va qoidalari
Temir yo‘l obe’ktlarini loyihalashda, qurishda va ulardan foydalanishda avvalo tabiatni asrash va muhofaza qilish masalasi qo‘yilishi kerak. Temir yo‘l qurilishi izlanish ishlari va ularni loyihalashdan boshlanadi. Izlanishlarning vazifasi yangi yo‘llarni qurish va ishga topshirish sharoitlarini o‘rganish, loyihalash uchun kerakli materiallarni yig‘ib tayyorlashdan iborat. Loyihalashning asosiy vazifasi yangi temir yo‘lning ratsional loyihasini tuzish bo‘lib, bu temir yo‘l kelajakda tashish talablarini to‘liq qondirishi kerak.
Temir yo‘l loyihasida talabiy o‘tkazish va tashish qobiliyati, poezdlar harakat havfsizligi, kapital mablag‘lardan samarali foydalnish, qurilmalarning keyingi rivojlanish imkoniyatlari, qurilishda yangi texnik vositalar va progressiv texnologiyalarni qo‘llash ko‘zda tutilishi kerak. YAngi liniyalarning loyihasi sanoat, aholi yashaydigan punktlar, transportning boshqa turlari ehtiyojlari va atrof -muhitni saqlash talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak. Temir yo‘l transportida loyiha ishlarini Respublika temir yo‘l va transport qurilishi boshqarmalarining maxsus institutlari bajaradi.
YAngi yo‘l liniyalarini qurishda ularning iqtisodiy maqsadga va halq xo‘jaligi ehtiyojlariga muvofiqligini aniqlash uchun uning loyihasini ishlab chiqishdan oldin texnik-iqtisodiy asos tuziladi va unda mavjud aloqa yo‘llariga tavsif beriladi, har xil variantlar uchun qurilish qiymatlari va foydalanish ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ular asosida temir yo‘l liniyalarining maqbul yo‘nalishlari va mavjud temir yo‘l tarmoqlariga bog‘lanish punktlari tanlanadi, bundan tashqari qurilish muddatlari va sharoitlari, qurilish bazasining rivojlanishi haqida fikrlar bildiriladi.
Yo‘l xo‘jaligining asosiy vazifasi temir yo‘lning, barcha inshoot va qurilmalari joriy holatining doimiy shayligini va yo‘l uchastkalarida belgilangan tezlikda poezdlarning xavfsiz, ravon va osoyishta harakatlanishini ta’minlashdan iborat.
O‘zbekiston temir yo‘llarida yo‘l xo‘jaligi faoliyatini tashkil qilishga umumiy rahbarlik kompaniyaning yo‘l boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Temir yo‘l transportining qishki va murakkab iqlimiy sharoitlarda muntazam va bir tekis ishlashi yo‘lning qor va qum uyumlaridan, bo‘ronlardan va suv toshqinlaridan puxta himoyalanishiga, hamda qor va qum bo‘ronlaridan o‘z vaqtida tozalanishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Yo‘lning qor bilan ko‘milib qolishi uning har bir metriga eng noqulay qishki yog‘ingarchilik kunlarida yog‘adigan qorning m3 dagi hajmi bilan o‘lchanib, asosan yog‘adigan qor hajmi va jadalligiga, shamol tezligi va yo‘nalishiga, mahalliy sharoitlar va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.O‘zbekistonning ayrim mintaqalarida joylashgan temir yo‘llar kamdan-kam bo‘lsada qor va qum bo‘ronlariga uchrab turadi.
Yo‘lni qor yoki qum bo‘ronlari bosish darajasi mintaqaning iqlimiy va tabiiy sharoitlariga bog‘liq bo‘lib, ularni himoyalash va tozalash usullarini tanlashda hisobga olinishi kerak. Kuchli bo‘ronlarga duch keladigan joylarda maxsus loyihalar asosida himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi, 80-150 m oralatib balandligi 6,7 m bo‘lgan qo‘sh qator yog‘och panjarali devorlar o‘rnatiladi va h.k. ishlar bajariladi.
Eng ishonchli va tejamkor usullarning biri himoyalovchi o‘rmonzorlarni barpo etishdir. O‘rmon daraxtlari va butazor o‘simliklari turlari tuproq, iqlim, shamol kuchi va boshqalarni hisobga olib tanlanishi kerak. O‘simlik va dov-daraxtlar ko‘karmaydigan joylarda yo‘l yoqalab yog‘och panjarali devorlar yoki shchitlar o‘rnatiladi.
Eng ishonchli va tejamkor usullarning biri himoyalovchi o‘rmonzorlarni barpo etishdir. O‘rmon daraxtlari va butazor o‘simliklari turlari tuproq, iqlim, shamol kuchi va boshqalarni hisobga olib tanlanishi kerak. O‘simlik va dov-daraxtlar ko‘karmaydigan joylarda yo‘l yoqalab yog‘och panjarali devorlar yoki shchitlar o‘rnatiladi.




  1. Download 0.51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling