Gidrotexnika


Download 18.54 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi18.54 Kb.
#1150776
Bog'liq
Gidrotexnika


Gidrotexnika


Gidrotexnika  (gidro... va texnika) — texnikaning suv resurslari (daryo, koʻl, dengiz, okean, yer osti va atmosfera, suvlari)dan xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish va suv keltiradigan zararlarga qarshi kurashish hamda shu maqsadlar uchun ishlatiladigan gidrotexnika inshootlarini loyihalash va qurish masalalari bilan shugʻullanadigan sohasi. Gidrotexnika fan sifatida gidrologiya, gidrogeologiya, gidravlika, gidromexanika, tuproq mexanikasi, qurilish mexanikasi, muxandislik geologiyasi va b.ga tayanadi. Gidrotexnika suv oqimlarining gidrotexnika inshootlari va oʻzanlarga taʼsirini, suvning oʻpiruvchi, yemiruvchi taʼsirlaridan himoyalash usullarini oʻrganadi; daryolar oqimini rostlash usullarini ishlab chiqadi; gidrotexnika inshootlari va asoslarining chidamlilik nazariyasini ishlab chiqadi va b. Gidrotexnika sohasidagi nazariy izlanishlar gidrotexnika inshootlarini lab.larda modellarini yasab, sinovdan oʻtkazib, ularni hisoblash va qurish usullarini yaratishga imkon beradi. Gidrotexnika amaliyotda suv energiyasidan foydalanish (qarang Gidroenergetika), qishloq xoʻjaligi yerlarini melioratsiyalash, sanoat va b. obʼyektlarni suv bilan taʼminlash, aholi yashaydigan punktlar va korxonalarning hududlaridan ortiqcha, oqova va ifloslangan suvlarni chiqarib yuborish ( Kanalizatsiya), aholi yashaydigan punktlar, korxonalar, inshootlar va qishloq xoʻjaligi yerlarini toshqinlardan saklash bilan shugʻullanadi.
Gidrotexnika qadim zamonlarda paydo boʻlgan. Oʻzbekistonda ham qadimdan korizlar, sardobalar, toʻgʻonlar, qaynamalar, akveduklar, kanallar qurilgan, yerning shoʻri yuvilgan, Sirdaryo va Amudaryo vodiylarida gidrotexnika inshootlari barpo qilingan. Sirdaryoning togʻ va togʻ etagi qismlarida katta-kichik soy (Chortoqsoy, Kosonsoy, Isfaramsoy, Shohimardonsoy) va daryolar (Isfara, Chirchiq, Ohangaron)da koʻpgina kanallar qurilib, dehqonchilik qilishgan. Sirdaryo havzasidagi bir qancha soy (Shahrixonsoy, Margʻilonsoy, Andijonsoy) va kanal (Zax, Iskandar, Boʻzsuv, Salor, Xon va b.)lar, Surxondaryo, Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida, Janubiy Xorazm hamda Qoraqalpogʻistonda qurilgan bir qancha kanal va inshootlar bizgacha saqlanib kelgan.
Sharqning ulugʻ allomasi Axmad alFargʻoniy Nil daryosiga suv sathini oʻlchaydigan Gidrotexnika inshootini qurgan. Oʻrtaosiyolik Muhammad Latif oʻgʻli Hasan 18— 19-asrlarda Samarqandda Obirahmat arigʻini, Zarafshonda Mingdona arigʻini qazdirgan va 445 ga yerga suv chiqargan. Gʻuzordagi dasht yerlarga koriz qazdirib, 800 tanob yerni oʻzlashtirgan. Xorazm, Turkmaniston, Zarafshon vodiysi va b. joylarda muhandislik yechimi nihoyatda mukammal boʻlgan qadimiy toʻgʻonlar, kanallar va gidrotexnika inshootlari barpo etilgan.
Download 18.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling