1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


Download 0.49 Mb.
bet71/80
Sana04.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1691698
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80
Bog'liq
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini – tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi og‘zaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega.
SHu bilan birga o‘zgalar tomonidan to‘plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, foto lavhalar, hujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham o‘rganilayotgan shaxsni to‘laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida o‘rganib bo‘lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy hayol bilan bog‘liq jarayonlar: she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod, salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo‘lishi, rivojlanishi, o‘ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida o‘z ifodasini topadi.
Anketa metodi. Anketa odatda 3 xil bo‘lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga mo‘ljallangan savollardan iborat bo‘ladi, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketaga sinaluvchiga havola qilinganda kamida to‘rt-besh to‘g‘ri javoblar ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari qobiliyatlarini, o‘ziga, tengdoshlariga katta-kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter xislatlari, xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.
Tarqatilgan anketalar yig‘ib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasining ayrim tomonlarini o‘rganish uchun boy material to‘plash imkonini beradi, lekin unda olinadigan muammolar doimo holisona xususiyatga ega bo‘lavermaydi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi to‘g‘ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqish kerak.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling