1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari
Ijod– o‘quvchi va talabaning yaratuvchiligi, kashfiyoti Ijodkorlik
Download 0.49 Mb.
|
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchilarning ijodkorligi
- Ijodiy faoliyat
- Birinchi pog‘ona havas
Ijod– o‘quvchi va talabaning yaratuvchiligi, kashfiyoti
Ijodkorlik – yangi moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratish bilan natijalanadigan faoliyat turi Texnikijodkorlik – texnika sohasida yaratuvchilik faoliyati. (P.f.d., prof. R.X.Djuraev, p.f.d. O‘.Q.Tolipov va b. PEDAGOGIK ATAMALAR LUG‘ATI .T.-2008) O‘quvchilarning ijodkorligi – o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning keng tarqalgan ommaviy shaklidir. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati – buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalarni, dastgohlar va xakozalarni yaratadigan iste’dodli odamlarning qismatidir. Ijodiy faoliyat – insonning aniq mahsulot yaratish jarayonidir. Ijodiy faoliyatga ikkita ham pedagogik ham psixologik nuqtai nazardan qarash mumkin Ijodiy faoliyatda ehtiyoj bir necha o‘z rivojlanish pog‘onasini bosib o‘tadi. Birinchi pog‘ona havas. Bu ehtiyojning elementar holatiga to‘g‘ri keladigan namoyon bo‘lish shakli bo‘lib, u hali shaxs tomonidan ongli ravishda tan olinmagan bo‘ladi. Ehtiyojning rivojlanishini ta’minlaydigan ancha yuqoriroq ikkinchi pog‘onasi xohish hisoblanadi. Bu shaxsning ongli ravishda biron hodisa, predmet yoki kasbi bilan bog‘liq ob’ekt (ixtiro qilish, yaratish, takomillashtirish)ni o‘rganishga bo‘lgan munosabatlari majmuasini nazarda tutadi. Ehtiyojni rivojlantirishning ancha murakkab uchinchi pog‘onasi qiziqish hisoblanadi. Qiziqish aslida ehtiyoj asosida vujudga keladi. Ehtiyoj siz hech qachon qiziqish yuzaga kelmaydi Talabalar ijodkorligini rivojlanishi yo‘llari 1. Ijodkorlikni takomillashtirish. 2. Innovatsiya va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish 3. Talabaning yangi nazariy bilimlar bilan boyitish. 4. Talabaning tabiati, qobiliyati, ehtiyoji va moyilligiga moslashish. 5. Ijodkor shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni yo‘lga qo‘yish. 6. Intensiv-ekistinsiv ta’limni yo‘lga qo‘yish. 7. Ijodkorlikni modullashtirish, loyihalashtirish, algoritmlash, faollashtirish asosida texnologiyalashtirish. 8. Ijodkorlik darslari va to‘garak ishlarini takomillashtirish «Ijodkor yoshlar bilan ishlash dasturi»ni bajarish avvalo ijodkor yoshlarni qanday mezonlar asosida tanlab olish va uni qanday takomillashtirib, rivojlantirish kerakligini ilmiy asoslashni takozo etadi. Jumladan, hozirgacha ijodkor talabalarni tanlash va rivojlantirish ha xil kasb va sohalar yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy asoslangan dasturga va mezonga ega emas. Shu ma’noda ushbu yo‘nalish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish xozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi Ijodkorlik belgisi avvalo har bir soha, mutaxassislik yoki fan bo‘yicha mutasaddi murabbiylar tomonidan aniqlab olinadi. Bunda bitta «qolip»ga tushadigan mezon yoki o‘lchov bo‘lishi mumkin emas. Bu erda ijodkorlikni aniqlash individual imkoniyatlarni hisobga olish tamoyiliga asoslangan bo‘lishi muhim hisoblanadi Bu jarayon birinchi bosqichda shaxsni ijodkor deb tan olishni belgilovchi sifatlarning eng muhimlari ro‘yxatini tuzib olishni talab qiladi (dastlabki mezon). Ikkinchi bosqichda esa ana shu belgilarni takomillashtirish va rivojlantirish sharoitlari muvofiqligini ta’minlovchi vazifalarni shakllantirish va uni hal qilish yo‘nalishini to‘g‘ri belgilab olish zarur. Uchinchi bosqichda shaxsni tavsiflovchi ijodkorlik belgilarining qay darajada rivojlanib, takomillashib borayotganligini baholash ishlari amalga oshiriladi. Turtinchi bosqichda talabaning ijodkorligini belgilovchi kuchli va kuchsiz (bo‘sh) tomonlari ro‘yxati tuzilib, qaytadan takomillashtirish rejasi ishlab chiqiladi. Beshinchi bosqichda belgilangan muddatda takomillashtirish zarur bo‘lgan ijodkorlik belgilari holati natijalari tahlil qilinadi. Ijodkorlikning barcha belgi va sifatlarini umumiy holda ikkita guruhga bo‘lish mumkin (I- bosqich). I. Har tomonlama aloqador sifatlarini belgilovchi («kommunikativ») xususiyatlari guruhi: 1. O‘ziga bo‘lgan ishonchi; 2. Tanqidga, o‘ziga bildirilgan salbiy fikrlarga munosabati; 3. Ishni batartib bajarish qobiliyati (taktikaliligi); 4. Uddaburonliligi; 5. Jonkuyarligi; 6. Umum insoniy fazilati; 7. Kishilarga yoqimliligi, yaqinligi va hokazo. II. «Ishchi» xususiyatlari guruhi: Maqsad sari intiluvchanligi; Mohirligi va sifatlilikka moyilligi; Fikrida qat’iyligi; Vaziyatni tez va chuqur anglay olishi; Mustaqilligi; Harakatchanligi; Tashabbuskorliligi va hokazolar. Mazkur belgilanishlar etarli bo‘lmasa uni sharoitdan kelib chiqib, o‘zgartirish (kengaytirish) ham mumkin Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling