Basketbolchining umumiy jismoniy sifatlarini tarbiyalashda maxsus mashqlardan foydalanish yo'llari
Download 84.55 Kb.
|
9 Basketbolchining umumiy jismoniy sifatlarini tarbiyalashda maxsus mashqlardan foydalanish yo\'llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Basketbolchining harakat faoliyati tavsifi
Basketbolchining umumiy jismoniy sifatlarini tarbiyalashda maxsus mashqlardan foydalanish yo'llari Reja: Basketbolchining harakat faoliyati tavsifi. Yosh basketbolchilarni jismoniy tayyorlashda ilmiy izlanishlari. Kuch va tezkorlikni tarbiyalash uslublari Basketbolchining harakat faoliyati tavsifi Basketbol o’yinida turli harakatlar, yurish, yugurish, to’xtash, aylana sakrash, tutish, uloqtirish va to’pni olib yurish xos bo’lib, bunday harakatlar raqobatdoshlar bilan tortishuv musobaqalarida ifodalanadi. Bunday turli harakatlar nerv tizimini mustaxkamlash harakat apparati, modda almashuvini yaxshilash tananing barcha tizimi faoliyatini yaxshilashga imkoniyat yaratadi. Basketbol - ko’pgina mehnatkashlar aynan aqliy faoliyat bilan shug’ulanuvchilar uchun faol dam olish vositasi sifatida xizmat qiladi. G’alabaga erishish uchun jamoa a’zolarining barchasini bir-biri bilan kelishganlik o’zini faoliyatini umumiy vazifalariga ta’lluqligidir. Xar bir o’yinchi harakati aniq yo’nalishga ega bo’lib, ularga asosan basketbolchilar ampulasi farqlanadi: Markazda o’ynovchi- baland bo’yli atletik tana tuzilishiga ega, a’lo darajadagi chidamlilik va sakrovchanlikka ega bo’lishi kerak; Chekkada xujum yurutuvchi – u birinchi navbatda baland bo’yli tezkor va sakrovchan, vaqtni va bo’shliqni sezish imkoniyatlarini yahshi rivojlangan, nishonga ola bilish qobiliyatli, o’yin vaziyatini to’g’ri baholay biladigan va jasur maqsadli xujumga o’ta oluvchi hususiyatlarga ega bo’lishi; Himoyachi-yuqori darajada tezlik, harakatchan va chidamlilik, aniq fikrlaydigan va diqqatlilik xususiyatlarga ega bo’lishi kerakligi nazarda tutiladi. O’yinchilarni vazifalariga ko’ra taqsimlash o’yin faoliyatini asosiy printsplaridan (tamoyillaridan) biri xisoblanadi . O’yinchilarni amplua bo’yicha farqlash va faqat o’yin usullari va ularni o’yin maydonida joylashtirishlari, balki ularni fiziologik xususiyatlariga xos farqlash xam nazarda tutiladi. O’yin faoliyatlarining muvoffaqiyati sensamotor muvofiqlashtirish ko’rsatkichlari bilan mustahkam bog’liqlikga egadir. O’zaro bog’liklik sensamotor ko’rsatkichlari ”vaqtni sezish” bo’lib, uni basketbolchini maxsus qobilyatining komponenti (ma’lum bir qismi) sifatida qarash mumkin uni asosida bir qator analizatorlar (sezgilar) kompleksi yig’indisi o’z ifodasini topadi vaqtni idrok qilish bo’shliqni, idrok qilish bilan bog’liq holatda ifodalanadi. Turli amplua tizimida ishtirok qiluvchi basketbolchi uchun vaqt bo’shligi masofasiga xos maxsus idrok xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Keyingi chiziqda ishtirok etuvchi o’yinchilar 5-10 daqiqa doirasidagi bo’shliq masofasiga to’gri mo’ljallangan bo’lishi kerak. Bu esa o’yinni tashkil qilish bilan markaz o’yinchisini 3 soniya bo’shliqda ajratilgan qoidaga asosan maydonidagi talablarga itoat qilishi oldingi qatordagi o’yinchilarni esa 1soniya davomida ko’proq darajadagi bo’shliq asosida to’pni irg’itish nazarda tutiladi. Xar bir jamoa o’z raqibidan yuqori turishga harakat qilganligini, maxfiy sir sifatida saqlab, shu vaqtni o’zida qarama-qarshi jamoani rejalarini aniqlashga harakat qiladi. O’yin, o’z jamoasidagi o’yinchilarni bir-birlari bilan muloqatga kirishish harakatlari asosida amalga oshadi, bunda qarama-qarshi jamoalarning bir-biriga nisbatan qarama-qarshiliklari barcha kuch va intilishlarini jalb qilish, to’pni egallab olish va xujumni tashkil qilish orqali amalgam oshadi. Buni asosida birinchi rejaga o’yinchini shiddatli hayol jarayoniga e’tibor qaratiladi. Sport o’yinlari vakillari qaror qabul qilishda boshqa ko’pgina sport turlari vakillariga nisbatan o’ziga xos yuqori imkoniyatlarga ega ekanligi tastiqlanadi. Hayol jarayonining tezligi vaziyatni o’zgarishi mumkun bo’lgan holatlarda zarurligi ifodalanadi, huddi shunday, his-tuyg’ularlarga xos sharoitlarda maxsus qaror qabul qilish orqali ifodalanadi. To’pni savatga tashlash uchun, sport qarama-qarshilik shaxsini yengib o’tish zarur, buning uchun o’yinchilar ma’lum bir texnika va taktika qoidalariga ega bo’lishlari, tez harakat qila bilishlari, kutilmaganda yo’nalish va harakat tezligini o’zgartira bilishlari kerak. Basketbolchilarning o’yindagi faoliyati va xujumga faqat himoya qilishning ma’lum bir uslublarini egallash, balkim harakatlar yig’indisi asosida umumiy maqsadga yo’naltirilgan umumiy dinamik (rivojlantiruvchi) tizimga ega bo’lishi kerak. Jamoalarda o’yinchilarning to’g’ri o’zaro harakatlari jamoa faoliyatining asosi sifatida, u jamoani umumiy maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan holatda xar bir o’yinchini faoliyati va tashabbusiga bog’liq. Har bir o’yinchi nafaqat xujumga o’tish balki o’z doirasini faol himoya qilishi kerak. Raqibini to’pini tutib olish yoki unga uloqtirish uchun imkoniyat bermaslik uchun raqibni barcha harakatlarini to’g’ri va o’z vaqtida aniq ifodalash uchun ularni va to’pni harakat doirasini aniq seza bilishi kerak. O’yin faoliyati mustaxkam shakllangan yoki o’zigaruvchan harakat malakalari bilan bog’liq, bu jarayonda jismoniy sifatlar sog’lomlik holati va o’yinchining intellekti (aqli) zarur. Basketbolchi musobaqalarda qatnashib katta ishlarni amalga oshiradi: o’yinchi o’yin davomida 5000-7000 m masofani bosib o’tadi (yuqori darajadagi mutaxassis), bu jarayonda 130-140 sakrash, ko’pgina oldinga tezlik bilan siljish (120-150gacha), tezlik va to’xtalishlarni amalga oshiradi. Katta tezlikdagi harakat to’pni savatga tashlash bilan bog’liq bo’lib ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko’ra o’rin almashtirishsiz o’yinda ishtirok etayotgan basketbolchi to’p bilan jami 3,5-4 daqiqa dovomida muomalada bo’ladi, boshqa vaqtlarda o’yinda to’psiz ishtirok qilar ekan. Keyingi davrlarda o’yin jarayoni ma’lum darajada tezkor tusga aylanmoqda. Uning asosida birinchi navbatda koordinatsiyani tezlashtirilishi o’yinchilarni harakat tezligini yuqori darajadaligi, o’yin maydonida o’ziga xos o’rin egallashga bo’lgan harakatchanliklar o’z ifodasini topadi. O’yin davomida serharakat jismoniy faoliyat juda katta darajadagi kuchni talab qiladi. O’yin foaliyatini energetik (kuch- g’ayrat) ta’minlash aralash tasnifga ega ekanligi tasdiqlangan (ular aerob-anaerob turlaridan iborat). Aerob asosiy ko’rsatkichlari imkoniyati basketbolchilar tomonidan kislarodni qabul qilish maksimum hajmini oshib borishi, ya’ni yuqori darajadagi mutaxassis basketbolchilar sport ustalarida 5,1 min (misol sifatida 60 ml 1 kg og’irlikka). O’yin davomida basketbo’lchilar 80-90 % maksimal darajada energiya imkoniyatlaridan foydalanadilar. Tanani funksional holati ko’rsatkichlaridan eng asosiysi yurak-tomir tizimi faoliyatidir. Yurak–tomir urish tizimi tezligi kardialogik natija ko’rsatkichi sifatida fiziologik yuklama miqdorini ifodalaydi. Basketbolchilarda yurak urish tizimi tezligi o’yin davomida 180-210 minutga urish tizimini ifodalaydi. Mashqlantiruvchi yuklama miqdori u yoki bu mashqlarni bajarish davomida tanaga ta’sir qilish darajasini ifodalaydi. Har bir murabbiyga bajarilayotgan mashqlarni ta’siri ularni tanada bo’layotgan o’zgarishlarga asosan tizimlashtirish zarurligini bilish zarurligini ifodalaydi. Tadqiqotlarni ko’rsatkichlariga asosan basketbolchilarda maxsus mashqlar tanani javob reaksiasiga asosan farq qilinadi. Masalan, jarima to’pini uloqtirishlarni bajarish davomida yurak tomir urish tizimi o’rtacha 128 urish daqiqada kislarod (xavo) istemol darajasi - 30% sifatida eng yuqori daraja miqdorida bo’lsa maxsus mashqlarni bajarishda yurak tomir urish tizimi o’rtacha miqdorda 140-150 urish daqiqada, kislarodni iste’mol qilish darajasi 50% hajmda, o’yin mashqlarini bajarishda yurak tomir urish darajasi 172- 187 urish daqiqada kislarod iste’mol darajasi 5-7 l daqiqasiga yetadi. O’yin davomida sportchi og’irligidan 2-5 kg yo’qatadi. Energiyasini sarf qilish turli yo’nalishdagi turli jinsdagi sportchilarda ularni guruhlashtirish ham turlicha (3). Agar o’yinchi nerv tizimini katta zo’riqishi hisobga olinmasa va g’alabaga erishish uchun ahloqiy kuchlanish harakatlari xisobga olinmasa o’yin mazmuni to’liq ochib berilmaydi. Basketbolchi faoliyatini har tamonlama bilish o’quv-mashqlantirish va musaboqa jarayonlarini to’g’ri rejalashtirish, o’quv - mashqlantirish jarayonlariga erishish uchun xizmat qiladigan normativ asoslarni va modul tavsifini aniqlash mumkin emas. Download 84.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling